Ibtidoiy jamoa davri san’ati Qadimgi tosh asri (Paleolit)



Yüklə 132,17 Kb.
səhifə5/6
tarix30.09.2023
ölçüsü132,17 Kb.
#150713
1   2   3   4   5   6
oltmish varaq

4. Kaltaminor madaniyati.
5. Qovunchi madaniyati.
5. Kushonlar davrida Termiz (Termed), Chingiztepa, Qoratepadagi budda ibodathonalar.
6. Dalvarzintepadagi Chag’aniyon shahri me’morchiligi. Xorazm va Baqtriyadagi inshootlar.
Arxaik yoki ibtidoiy madaniyat- mavjud insoniyat madaniyatning ibtidosi va eng uzoq davom etgan davridir. Bu davr insoniyat tarixi umumiy ko‘lamining 99 foizini tashkil qilgan holda zamonaviy madaniyatga beqiyos ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda. O‘sha vaqtda vujudga kelgan arxaik madaniyatning ayrim ko‘rinishlari bo‘lmish fikrlash tarzi, fe’l-atvor hozirga qadar yo’qolgan emas. Insoniyat hayotining boshlang‘ich davri keyingi barcha o‘zgarishlarga zamin tug‘dirgani sababli bu davrni o‘rganish insoniyat evolyusiyasi asoslarini, uning madaniyati negizini tushunish va sharhlashga yordam beradi.

«Moziyga qaytib ish ko‘rish xayrlikdir» – degan edi A. qodiriy. «Dunyoda turmoq uchun, – deb yozadi M. Behbudiy, – dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo‘lur».


Ibtidoiy bosqichdagi madaniyat rivojining qiyofasini qayta tiklash o‘ta qiyin vazifa. «Shahsiy guvohnoma, tarjimai hol, qiyofadan mahrum, sukunatdagi o‘tmish, hodisasiz «uzoq», (F. Brodel) «mudroq», (E. Lerua-Ladyuri) tarix uchun ideal namuna kasb etib, tabiiy-ilmiy mantiqni yaratish, uslublar miqdori yoki ijtimoiy-iqtisodiy tushunchalar va dastlabki (ibtidoiy jamoa) ijtimoiy tuzum ta’limotini izohlash uchun mo‘lajallangandir»[1].
Olimlar to‘plagan ma’lumotlar 2 xil bo‘lib:
I. Antropologik va arxeologik topilmalar-ibtidoiy odamning jismoniy va madaniy rivojlanishini, ovchilik jamoasining turmush tarzini yorug‘ olamga chiqardi. Bu ma’lumotlar o‘ziga xos belgilari bilan emperik (tajriba) tahlilni yuzaga chiqardi va ibtidoiy bosqichni umum qabul qilgan tasnifiga asos soldi:
1. Paleolit-qadimgi tosh asri,
2. Neolit – yangi tosh asri.
Paleolit bosqichining o‘zi ham ilk (quyi) va so‘nggi (yuqori) davrlarga bo‘linadi. Shuningdek, poleolit va neolit bosqichining o‘rtasi mezolit – o‘rta tosh asri davriga bo‘linadi.
II. Etnografik ma’lumotlar- zamonaviy xalqlar va hozirgi vaqtda ham ovchilik va termachilik bilan kun ko‘ruvchilarning hayoti haqida. Bu ma’lumotlar saqlanib qolgan arxaik madaniyat ko‘rinishini etnik, ijtimoiy va ruhiy o‘xshashliklar bo‘yicha qayta tiklashga yordam beradi.
Tosh asrining davri bundan 2,6 mln. yildan (Keniyaning Rudolf qo‘li sohilidan topilgan qadimgi tosh qurollari) to eramizgacha 2 ming yilgacha (mehnat qurollarini jezdan tayyorlay boshlagan davrgacha) bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. O‘z navbatida paleolit bosqichidagi eng uzoq davr ilk poleolit bo‘lib, bundan 40-35 ming yil oldin tugaydi. Ilk poleolitda antropogonez jarayonining sodir bo‘lishi, qazib topilgan gominid qoldiqlarining alohida turlari yashagan davrlarda (zinjantrop, avstralopitek, pitekantrop, sinantrop, neandertal va boshqalar,) madaniyatning alohida ilk namunalari vujudga keldi: qo‘pol tosh qurollari tayyorlash (kesgich, tosh nayza, qirg‘ich), olovdan foydalanish, oddiy turar joylarning qurilishi, muomala vositalarining rivojlanishi, atrof-muhit haqida dastlabki murakkab tasavvurlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

Desentrizm farazi insoniyat paydo bo‘lishini ikki o‘choq-Afrika va Osiyo bilan bog‘laydi, zero hozirgi vaqtda eng qadimgi odam qoldig‘i ham Afrika mintaqasidan topilgan. Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston xududida qazib topilgan gominidlar ham ilk paleolit davriga oiddir. Arxeolog U. Ismoilov Selung‘ir g‘oridan topgan «fergantrop» qoldig‘ining yoshi 700 ming yilga teng.


Ilk paleolitning oxirgi davri ko‘pincha alohida davrga ajralib «o‘rta» yoki «muste» deb nomlanadi (200 minginchi yildan 40 minginchi yilgacha). Bu qonuniy hodisa bo‘lib, muste davrida madaniy ijodkorlik jarayonining o‘sishi seziladi, ya’ni bu davrda neandertallar paydo bo‘ldi. Neandertallar keng xududlarga tarqalib murakkab va turli xil qurollar tayyorlagan, eng muhimi ulardan ma’lum marosim va madaniyatni rivojlantirish boshlandi. Neandertallar yashagan g‘orlaridan ayiqning bosh suyagi topilgan, maxsus o‘rnatilgan tosh supa olovdan qoraygan, unda ma’lum marosim o‘tkazilgan. Neandertallar qabri ko‘pincha Sharq-g‘arb yo’nalishi bo‘yicha joylashib, murda «yonbosh uxlayotgan holatda, tizzalari engagiga qayirilgan, yoniga tosh qurollar qo‘yilgan». Bu marosim udumi o‘limdan keyingi hayot mavjudligi haqidagi tasavvurning madaniyatdagi eng qadimgi va barqaror paydo bo‘lganligidan dalolatdir. Neandertal qabri O‘zbekistonning Teshiktosh g‘oridan (Surxandaryo viloyatidan) ham topilgan, shuningdek, o‘sha davrga oid ko‘plab manzilgohlar ochib o‘rganilgan (Omonqo‘ton, Zirabuloq, Obirahmat, Ko‘lbuloq, Uchtut va bosh.).
Ilk paleolitda madaniy muhitning mavjudligi alohida joylar bilangina chegaralansa so‘nggi paleolitda esa madaniyat tizim sifatida shakllanadi. So‘nggi paleolitning boshlarida gominid evolyusiyasi yakunlanib zamonaviy «aqlli odam» turi paydo bo‘ladi. So‘nggi paleolitda turli-tuman tosh va boshqa qurollar notekis tarzda ko‘payishi natijasida tarkibiy qurollar-tasma, uchlik, shuningdek, to‘qimachilik paydo bo‘ladi. Nihoyat, dastlabki tartibli ijtimoiy tashkilot-urug‘ tashkil topadi. Bu inqilobning mahsuli insonlarning asosiy antropologik, ruhiy fiziologik, ruhiy ijtimoiy va ma’naviy birligi bo‘lib, insonlar uyushmasining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, til, maishiy rivojlanishidagi tafovutlarga qaramasdan tarixda saqlanib qoldi.
Ma’naviy madaniyat dastlab juda sodda bo‘lib, o‘sha davr kishilarining mehnat faoliyati bilan uyg‘unlashib ketgan edi. Ibtidoiy odamlarning bilim darajasi ancha cheklangan bo‘lsada, biroq yashash uchun kurash jarayonida atrof-muhitni kuzatib tajriba to‘plaganlar. Natijada yangi tushuncha va tasavvurlar paydo bo‘lib, tafakkur va nutq rivojlana bordi. Bu esa jamiyat ma’naviy rivojlanishini tezlashtirdi. O‘zlashtiruvchi ho‘jalikdan ishlab chiqaruvchi ho‘jalikka o‘tilishi bilim va tajribaning to‘planishi natijasida yuzaga keldi.
Dastlab, ibtidoiy odamlar oziq-ovqat qidirib o‘zi yashayotgan muhitni yaxshiroq o‘rgana boshladilar. Bu esa ularning geografik bilimini oshirgan. Tabiatdagi mavjud iste’mol qilishga yaroqli o‘simlik va mevalarni qidirib topishi va kuzatishi natijasida botanika bilimlari to‘plangan. Yovvoyi hayvonlar ovlash jarayonida hayvonlarning fe’li, turi, yashash joylarini kuzatish tufayli ibtidoiy odamlarda zoologiya bilimi shakllana boshladi. Bu jarayonlarni o‘rganish ibtidoiy odamlar uchun zaruriy, hayot uchun kurash, tirikchilik manbai edi.
Kasallikni davolash uchun o‘sha zamonning o‘ziga xos sodda tabobati bo‘lib, davolashda o‘simliklar, mevalar, hayvonlar, mineral jismlardan foydalanganlar. Shuningdek, silash, uqalash usuli bilan ba’zi kasalliklarni davolaganlar va folbinlik, sehrgarlik va jodugarlik usullaridan ham foydalanganlar.

Ibtidoiy odamlar tabiatni, iqlimni sharoitdan kelib chiqib kuzatishi asosida ob-havoni oldindan aytib berish qobiliyati paydo bo‘ladi. Tarbiya ham mehnat va turmush bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, odat va udumlar asosiy ahamiyat kasb etgan.


Ma’naviy madaniyatning ko‘rinishlaridan biri ibtidoiy san’at ham odamning mehnat faoliyati bilan uyg‘un holda vujudga kelgan. Urug‘chilik jamoasining paydo bo‘lishi davrida ibtidoiy odamlar san’atning nimaligini to‘la anglamagan holda tirikchilik jarayonida san’at shakllana boshladi. Ibtidoiy sanoat xilma-xil bo‘lib, bir necha turlarga bo‘linadi:
1) Suyak, tosh parchasi, shox, kulolchilik buyumlariga chizilgan belgilar, odam, hayvon va har xil narsalarning tasvirlari.
2) g‘or devorlariga har xil ranglar bilan ishlangan hayvon, odam va buyumlar tasviri. Ularda ov, mehnat, jang va boshqa manzaralar tasvrilangan. Bunday tasvirlar Turon, Sahroi Kabir, Markaziy Osiyo, g‘arbiy Yevropada ko‘plab uchraydi.
3) qoya toshlarga o‘yib, chizib, ishqalash usuli bilan ishlangan tasvirlarda hayvon, buyum, qurollar va ibtidoiy kishilarning kundalik mehnati bilan bog‘liq manzaralar o‘rin olgan. qoya tosh tasvirlari Osiyo, Afrika va Yevropada ko‘p uchraydi.
4) Arxaik san’at turlaridan yana biri xaykaltoroshlik ham urug‘chilik jamoasining rivojlangan davrida paydo bo‘lib, asosan ayollar, qisman erkaklar, shuningdek, hayvonlar xaykallari ishlangan. Bunday xaykalchalar, suyak, tosh va boshqa narsalardan tayyorlangan. Haykal tasvirlarda ibtidoiy mahnat va e’tiqod ramzlari nomoyon bo‘ladi.
5) Ishlab chiqaruvchi xo‘jalik (neolit) faoliyati bilan bog‘liq sopol buyumlarga chizilgan rasmlarda oddiy chiziqlar, hayvon va o‘simlik tasvirlari uchraydi.
6) Ibtidoiy san’at turlaridan biri – niqoblar qadimgi odamlarning ovchilik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, niqob tutib hayvon qiyofasiga kirgan, hayvonlarni qo‘rqitib o‘zlarini himoya qilgan. Niqoblardan marosim va udumlarda foydalangan.
7) Musiqa, qo‘shiq, o‘yin ibtidoiy san’at turlari hisoblanib, ibtidoiy odamlar urib, chertib, puflab chaladigan asboblarni kashf qilishgan.
8) Xalq og‘zaki ijodi-asotir, rivoyat va afsonalar ham ibtidoiy davr mahsuloti bo‘lib, ibtidoiy odamning turmushi, o‘y-fikri va kayfiyatini ifodalagan, diniy tasavvurlarning shakllanishiga asos bo‘lgan.
Umuman, ibtidoiy san’at kishilarning dastlabki umumiy ijodi bo‘lib, u odamlarning mehnat faolyati, ichki ruhiyati va diniy tasavvurlari bilan uyg‘un bo‘lgan. Aytish mumkinki, diniy tasavvur va e’tiqod shakllari madaniyatning moddiy va ma’anviy turlarining rivojiga samarali ta’sir ko‘rsatgan.
Diniy tasavvur va e’tiqod jamoa tuzumining keyingi davrlarida shakllanib, ayrim unsurlari o‘rta paleolit davrlarida vujudga kelgan. Ibtidoiy odamlar atrofidagi hodisalarning sabablarini tushuna olmagan. Tabiatdagi turli hodisalarning sir-asrorlari ularga ma’lum bo‘lmagan. Bu hodisalar negizida sirli, g‘ayritabiiy kuchlar yashiringan deb tushunib, shu g‘ayritabiiy kuchlarga e’tiqod qilingan.
Ibtidoiy odamlar turli mintaqalarga tarqalib, turli xil tirikchilik bilan shug‘ullana boshlaydi. Tabiatning va tirikchilikning xilma-xilligi turli e’tiqodlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Tabiat va jamiyat hodisalarga bog‘liq g‘ayritabiiy kuchlarga ishonish ibtidoiy e’tiqod deyiladi. Uning totemizm, animizm, sehrgarlik, feteshizm kabi turlari ibtidoiy jamoa tuzumi davrida keng tarqalgan.
Totemizm-jamoaning hayvon yoki o‘simlik turi bilan g‘ayritabiiy qarindoshlik aloqasiga ishonishi bo‘lib, ovchilik va termachilik rivojlangan davrda paydo bo‘lgan. Bu e’tiqodda totem-hayvon yoki o‘simlik nihoyatda hurmat qilingan. Totemizmning ilk bosqichida hayvon muqaddas sanalib, uni o‘ldirish yoki go‘shtini iste’mol qilish ta’qiqlangan. Faqat urug‘ning urf-odat marosimlaridagina bu hayvon go‘shti iste’mol qilingan.
Animizm –«rux», «jon» ma’nosini bildirib, bu dunyoda ruhlar, jonlar shaklidagi g‘ayritabiiy kuchlarnig borligiga ishonish. Tabiatdagi narsalar, odam va boshqalarning ruhlari- shular jumlasidandir. Urug‘chilik jamoasining rivojlanishi bilan urug‘ boshliqlar, harbiy yo’lboshchilar ruhiga-ajdodlarga sig‘inish paydo bo‘lgan. Matriarxat davrida ruhlar ayollar nomi bilan atalgan. Xo‘jalik shakllari paydo bo‘lgach tabiatdagi narsalar (quyosh, suv, yer) ning ruhiga topinish kuchayadi. Sehrgarlik- odamning g‘ayritabiiy kuchlarga ta’sir ko‘rsatish qobiliyatiga asoslangan amallardir. Bu ibtidoiy san’atda ham o‘z ifodasini topgan. qoyatosh tasvirlaridagi yaralangan hayvon ifodasida ovchilar bo‘lg‘usi ovning baroridan kelishini ko‘zlab, hayvonlarni sehrlaganligini kuzatish mumkin.
Gominidning uch million yillik evolyusiyasi nihoyasidagi kuchli evrilish natijasida anglash, nutq, din, san’at vujudga keladi. Arxaik madaniyatning xususiyati haqida uni haqli ravishda «gomo sapiens» yaratganligiga etnografik va arxeologik ma’lumotlarga asoslanib tasavvur qilish imkoniyatlariga egamiz. Birinchi navbatda biz, ibtidoiy odamning o‘ziga xos fikrlash xususiyati haqida xukm chiqarishimiz mumkin.
Ibtidoiy odamning fikrlashi aniqlik, ta’sirchanlik, butunlikda farqlanadi. Ibtidoiy odam asta- sekin turli tashqi hodisalarni seza boshlaydi. U issiq va sovuqni, to‘q va ochlikni, yaxshi va yomonlikni his qiladi, yorug‘lik va qorong‘ulikni ajratadi. Hodisalarning ro‘y berishini kuzata boshlaydi. O. Freydenbergning fikricha, unda kuzatish ta’suroti ustun bo‘lgan. Ibtidoiy odamning ta’sirchan, aniq tasavvuri hali hodisalarni umumlashtirish qobiliyatidan yiroq edi. U tevarak-atrofdagi voqea hodisalarning mohiyatini tahlil qilmasdan faqat yuzaki qayd qiladi, narsa va jarayonlarga, ularning xususiyatiga bir xil yondoshgan. Ibtidoiy tafakkur uchun sababiy bog‘lanishlar o‘ta shartli bo‘lib, qandaydir hodisaning sababi tez-tez qaytarilib turilishi natijasida vaqt o‘tishi bilan idrok qilingan.
A.N. Ramonovning ta’kidlashicha, «yozuvsiz madaniyatning o‘ziga xos xususiyati-nutqning nokategorial shaklidir». Bu mustaqil faoliyatning ijodiy manba’larini cheklovchi jarayon hisoblanadi. Insonga kerakli barcha yangilik va bilim faqat faoliyat jarayonida namoyish qilish usulida berilgan. Shuning uchun ibtidoiy madaniyatda marosimga o‘xshash shakllar ustunlik qiladi. A. Ramonov aytganidek, marosim- aniq va maqsadli faoliyat bo‘lib, uni amalga oshishi ijtimoiy guruhlar nuqtai nazarida ishlab chiqarish faoliyati kabi hayotini saqlash uchun ham o‘ta muhim hisoblanadi. Marosim pragmatikona va faqat ma’lumot beruvchi emas, balki ularga berilayotgan ma’lumot to‘liq holda bo‘lib so‘z orqali izohlanmaydi. Unda ishlab chiqarish faoliyati ham, bilim ham, sehr- jodu ham, san’at ham aralash holda bir butunlikda namoyon bo‘ladi.
So‘ngi paleolit davrida animistik e’tiqodlar va sehr-jodu ma’naviy madaniyatning negizi sifatida qat’iy rasmiylashdi. qadimgi e’tiqodlarning shakllanishi manbaida tabiatning tashqi ko‘rinishi va odamlar jamoasi haqida tasavvurlarning uyg‘unlashib ketishi ibtidoiy odam uchun xos bo‘lgan inson va tabiatning sub’ekti va ob’ekti birligi ta’sirida, ehtimol jamoa nima bilan shug‘ullansa o‘shanga bog‘liq bo‘lgan hayvonlar, o‘simliklar, toshlar, ya’ni uning faoliyati doirasida nima mavjud bo‘lsa barchasi uchraydi. Dunyoda yashayotgan aholining ko‘plab ruh va jonlar bilan munosabatda bo‘lish vositasi sifatida sehrgarlikni keltirib chiqardi. Sehrgarlikning eng qadimgi turlaridan biri ovchilik sehrgarligi bo‘lib, o‘lja yaqinlashishi bilan uni tutish mashqini o‘rganadi. Biroq, barcha harakatlar faqat mashq bilan tugamaydi. Uni amalga oshirish jarayoni asosiy masala hisoblanadi.
Dastlabki sehrgarlik harakatlari mazmunida totemizm –hayvonlar ajdodiga topinishni keltirib chiqardi. Ibtidoiy jamoa turmushi, ovi, urushi, hayvonlarni tutib yeyishi, tug‘ilish va o‘limini – umuman inson hayotini totemistik, ya’ni, totemlar kurashi va to‘qnashishi orqali tasavvur qiladi. Bu tasavvurlar oqibatda kosmogonik manzaraga asos soladi, qaerda har bir totem-koinot borki yeydi, yo’qoladi va tiriladi, qari koinot o‘rniga yoshlar keladi. Ularning o‘rin almashishi va yosharishi yoki tirilishning borligi o‘limdadir.
Sehrgarlikka o‘xshash hayot nafaqat paydo bo‘layotgan tushunchalarni o‘zida jamladi, balki madaniyatning eng qadimgi shakli bo‘lib qoldi. Undan hozirgi vaqtgacha olamni o‘zida aks etgan din, san’at, fan sohalari paydo bo‘ldi. Barchasi suyakka chizish va naqsh solish, kichik haykaltoroshlik, belgi – muhr bosish, bo‘yoqli hoshiyalar chizish, g‘or devorlariga betartib chiziq shakllar solishdan boshlandi va natijada mashhur Altamir, Lasko, Montospan va boshqa g‘orlardagi tasvir galereyasi vujudga keladi. g‘or tasvirlari tabiiy, aniqrog‘i hayotiy aks ettirilgan. g‘or tasvirlarining dastlabki bosqichida jonvorlar tasviri alohida o‘rin tutadi: otlar, yovvoyi qoramol, mamontlar o‘ta yorqin tasvirlangan. Paleolit kishisining tasvir faoliyatida nafosat uyg‘unligi yoki rasm yozuvlar (piktografiya) emas, balki tasvirni «fotografik» tarzda ifodalash ustun bo‘lgan. Bu tasvirlar marosim tafsilotlaridir. Mashhur san’atshunos A. Arnxeymning ta’kidlashicha paleolit davrida san’at hayotiy zarur vazifani bajargan. U kishiga mislsiz kuch baxsh etib, tirik mavjudod va narsalardagi ma’nisizlikka»sehr baxsh» etish imkonini yaratgan. Ibtidoiy odam chizilgan tasvirga jonivorlarning joni o‘tadi, shu tufayli ularga ta’sir qilish mumkin deb o‘ylagan. Arxaik san’at insonni hayvonlar ruhiyati bilan qiziqishida alohida vosita bo‘lib, unda haqqoniyat va marosim uyg‘unlashib ketadi.
Skiflar miloddan oldingi VII asrlarda tarix sahnasiga chiqdilar. Skiflar
tarixi, ularning turmush tarzi, harbiy san`ati va boshqa ko`plab moddiy va ma`naviy hayotiga oid
qarashlar turli–tumandir. Goh Janubiy Rossiya, goh Shimoliy Kavkaz, goh O`rta Osiyoga nisbat
berilayotgan skiflarning turmush tarzi bilan bog`liq qarashlar bugungi kunga kelib o`zgarib bormoqda.
1952 йили А. Фармозов Боғчасарой яқинида ибтидоий одам яшаган манзил топди. Мустъер маданияти деган ном ўша жойнинг номидан олинган. Bu xalq to`g`risida yunon tarixchisi Gerodot ba`zi afsonalarni keltiradi. Jumladan, quyidagi afsonaga murojaat etaylik: Gerakl Gerionning chorvasini haydab, o`sha paytda inson oyog`i etmagan yurtga borib qolgan ekan. (Hozir bu erlarda skiflar yashaydilar.) Gerion Pontadan uzoqda — Okean orolida, Gerakl Ustunlari ortidagi Gadirda istiqomat qilardi (bu orolni ellinlar Eritiya deb aytishadi).
Ellinlar hikoya qilishlaricha, Kun chiqishdan boshlab butun er shari bo`ylab okean oqar
ekan. Lekin o`zlari ham buni aniq isbotlay olmaydilar. Shunday qilib, Gerakl hozirda Skiflar mamlakati deb aytiladigan joyga o`sha yoqdan kelib qolgan ekan.
Bu tasvir skif - hayvonot uslubi aks etgan afsonalarning bizga ma`lum bo`lgan ilk namunasidir. Ilk afsonalarda inson va hayvonni yaxlit tasavvur qilish natijasida yana yarmi ho`kiz, yarmi odam shaklida ilk inson yuzaga kelgan. Jumladan, mashhur arxeolog S.P.Tolstovning aytishicha, ilk inson Qayumarsning tanasi yarmi inson, yarmi ho`kizdan iborat bo`lgan ekan. Antik davr madaniyatiga oid tasvirlarda uchraydigan jonzotlar - ot, tuya, tog` echkisi, hatto ilon, baliq ham qanotli shaklda tavvirlangan. Qadimgi Sharqda, Kichik Osiyoda bunday san`at namunalari ko`p uchraydi. Qadimgi Sharq xalqlarining badiiy va ilmiy tafakkurini birlashtiradigan omillardan biri ana shu hayvonot uslubidir. Xet, Bobil, Ossuriya, Tadmur kabi Sharqdagi eng qadimiy davlatlarda majusiylik mahsuli sifatida hayvon va qushlar tasvirini yasash udum bo`lgan edi. Bu davlatlarda yashagan aholi turmush tarzini ana shu jonzotlar tasviriga bog`lab izga solganlari qat`iy qoida tusiga kirgan edi.
Ossuriya, Bobil, Urartu davlatlarida shakllangan san`at asarlari bilan Markaziy Osiyodagi san`at asarlari o`rtasida uyg`unlik bor. Bu uyg`unlik tarixiy - madaniy munosabatlar mahsulidir. Miloddan oldingi VII asrda skiflar O`rta Osiyodan Sharqqa yurish qildilar va Urartuni tor - mor qildilar. Midiya va Bobil bilan ittifoq tuzib, Ossuriyani mag`lub qildilar. Skiflar Sharqda 100 yil davomida hukmronlik qildilar. Sharq hayotining hamma tomonlariga skiflar katta ta`sir ko`rsatdilar.
Ba`zi olimlarning tadqiq qilishlaricha, skiflar saltanati yunon davlatiga va fors davlatiga o`xshamaydi. Aniqrog`i, ularning davlat tuzilishi alohida, o`ziga xos bo`lib, bir necha marta Qoradengiz atrofida va Janubiy Rus o`rmonlarida barpo bo`lgan. Xazarlar va Oltin O`rdaning madaniy obidalari ham Janubiy Rus o`rmonlaridagi skiflarniki bilan bir xil bo`lgan edi.
Gerodotning xabar berishicha, skif vafot etganda, azadorlar quloqlarini, qo`llarini tiladilar, sochlarini qiradilar, peshonalarini, burunlarini shiladilar, chap qo`liga nayza tiqadilar. Skiflar marhumlarni dafn qiladigan joy Gera eri bo`lib, o`sha joyga olib borgunlaricha, yo`l ustidagi boshqa skif qabilasiga marhumning jasadini beradilar. Mazkur qabila ham xuddi oldingi skif qabilasi singari aza marosimini o`tkazadi va bu marosim o`sha Gera eriga borguncha davom etaveradi.
Turkiy qavmlar ota-bobolarining dafn odatlari to`g`risida Xitoy yilnomalarida yozib qoldirganlar. Xunlar ham, skiflar singari, marhum uchun aza tutayotganlarida, qon ko`z yoshlari bilan aralashib oqishi uchun yuzlarini tilganlar. Turk xoqonligida lashkarboshi Kultegin vafot etganda (VIII asr), aza marosimida ishtirok etish uchun Xitoy elchisi Lu Sin boshchiligida 500 odam keladi. Ular dafn marosimiga oltin, kumush, xushbo`y tutatqilar olib keladilar. Marhum uchun yig`lab, sochlarini yulganlar, quloqlarini kesganlar, eng yaxshi otlarini qurbonlik qilganlar.
Madaniy bosqichlarning keyingi davrlariga aniqliklar kiritishda ham sharq xalqlarining tarixiy – madaniy munosabatlari muhim ahamiyatga egadir. Sharqda hayvonlarning yakka holdagi tasviri odatda ma`budlar qiyofasini yoki ma`budlarning ramzini ifodalagan.
Kaltaminor madaniyati -Oʻzbekistonda neolit davriga oid ilk topilgan arxeologik madaniyat (miloddan avvalgi 7—3-ming yillik). Kaltaminor koʻli yonidan topilgan. 1939—40 va 1945-yillar Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi tekshirgan. Kaltaminor madaniyati Amudaryoning qadimiy Oqchadaryo deltasi, Qizilqum, Yuqori Oʻzboy, Mohondaryo, Orolning shimoliy-sharqiy boʻylarida,


Yüklə 132,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin