Ibtidoiy jamoa davri san’ati Qadimgi tosh asri (Paleolit)


O‘rta tosh asri (Mezolit, miloddan avvalgi 12-7 minginchi yillar)



Yüklə 132,17 Kb.
səhifə2/6
tarix30.09.2023
ölçüsü132,17 Kb.
#150713
1   2   3   4   5   6
oltmish varaq

2. O‘rta tosh asri (Mezolit, miloddan avvalgi 12-7 minginchi yillar).
O‘rta tosh asriga kelib odamlar katta bo'lmagan jamoalarga birlashib katta m aydonlami egallay boshladilar. Suv havzalari yaqinlarida, tog‘yonbag‘irlaridagi yerlarda, daryolar oralig'idagi orolchalarda yashaydigan manzillar paydo bo‘ldi. Ovchilik, baliqchilik va termachilik bilan shug'ullanish rivojlandi. Bu davrga kelib toshga ishlov berish ham murakkablashdi. Hayvonlami xonakilashtirish kengayib bordi. It va boshqa hayvonlar ibtidoiy odamning yordamchisiga aylandi. Inson hayotidagi bunday o‘zgarishlar uning m a’naviy olamida ham o‘z ifodasini topa boshladi. Uning tevarak-atrofga munosabati ham o‘zgardi. Fikr yuritish, o'zini anglash va hislariga e ’tibor berish rivojlanib bordi, ruh, o ‘zga olam tushunchalari murakkaBlashdi. Bu o‘zgarishlar uning yaratgan buyumlari, ishlagan rasmlarida o'z ifodasini topdi. Shu davrdan san’at rivojlanishiga xos xususiyatlar sezilarli darajada o‘sdi. Agar qadimgi tosh asrining so‘nggida yaratilgan rasmlar — tasvirlarga e’tibor bersak ularda hayvonlarning alohida ko‘rinishi turgan, yotgan holda ishlanganligini ko‘ramiz. Xo'jakent, Suratsoy rasmlari tahlilida shuning guvohi boMgan edik (1-3-rasmlar). Ularda ibtidoiy rassom hayvonlar alohida tasvirlarining haqqoniy boMishiga, o‘ziga xosligini ko‘rsatishga harakat qilgan va ma’lum darajada shunga erishgan. O'rta tosh asriga kelib ana shu ibtidoiy realizm susayib hayvonlar tasviri shartli belgi yoki sharpasifat shakllarga aylana boshladi. Bu san’at rivojining tabiiy jarayoni edi. Chunki ibtidoiy rassom borliqni alohida-alohida tasvirlab, uni o'iganib o'zlashtirgani sari shu tajribalari asosida murakkab ko‘rinishlar tasvirini ishlashga o'ta boshladi. Endi rassom uchun borliq ko'rinishlarini, misolimizda hayvonlar ko'rinishlari tasvirini ishlash asosiy maqsad emas, balki shu tasvirlami umumlashtirib o‘z fikr, his-tuyg‘ularini ko'rsatish edi. 
Buning uchun ibtidoiy rassom chaqalash, qirish, chizish asosida rasm chizish uslubini davom ettirgani holda uni yanada murakkablashtira boshladi, rassomlikka rang kirib keldi, tasvirlarida odamlar, uy hayvonlari, jumladan, itlar surati paydo bo‘ldi. Shu o'rinda Surxondaryo, Jizzax, Faig'ona vohasi rasmlari e’tiborli. Shu rasmlar ichida Zarautsoy rasmlari alohida o'rin egallaydi. Ayniqsa, Zarautsoy—Kam ar g'oridagi ov manzarasi rasmi mashhur. Zarautsoy rasmlarining boshlanish davri rasm larida alohida yoki bir nechta hayvon tasviri ishlangan. Ibtidoiy rassom bu ishlarda o'zini kuzatuvchan va ko'rgan narsasini to 'liq aks ettirishga intilgan va buning uchun juda oddiy va sodda shakllardan foydalangan. Bu rasnilardan ko'rinib turibdiki, ibtidoiy rassom hayvonlardan buqa xususiyatlarini yaxshi his etgan, ularning qudrati, kuchi va harakatdagi vaqtini ishonarli va haqqoniy tasvirlagan. Zarautsoy rasmlaridan «Ov qilish» kompozitsiyasi birmuncha murakkab, mazmuni esa davr kishilari hayoti, yashash tarzi va fikr yuritish qobiliyatini namoyish etadi. Odamlar kuchli hayvonlami ov qilishda o'zlari uchun nafaqat kamon balki, himoyalanish, hayvon psixologiyasini bilgan holda uning oldiga niqobda yashirinib borishi mumkinligini ko'rsatadi. Odamlar somondan pichan g'aramini eslatuvchi niqob yasab olganliklari ularni hayvon oldiga yaqin borish imkoniyatini bergan. Ovchilarning ko'rinib tuigan oyoqlari ulaming harakatini bildiradi. Qo'llaridagi qurollari ulaming hujumga tayyor ekanligidan dalolat beradi. Odamlarga hamrohlik qilayotgan itlar ular bilan birga buqa oldiga yaqinlashmoqda (Rasmda buqa ortida ustiga niqob tashlab olgan odam yonidan ko'rsatilgan). Kompozitsiyada tasvirlangan baquwat buqa (nowos) odamlar kelishini sezib qolgandek oyoqlarini oldinga tashlagan holda harakatga tushgandek. Bir qarashda sodda, oddiy bo'lgan ana shu ibtidoiy san’at asarining davr mohiyati, inson tafakkuri rivojini bilishda ahamiyati katta. Zarautsoy rasmlari paleolitning so'nggi bosqichida ishlangan bo'lib, murakkab kompozitsiyalar esa biroz keyinroq, mezolitning boshlariga to'g'ri kelishini olimlar e’tirof etishgan. Jizzax vilovatining Taqatosh, Farg'ona vodiysining Soymolitosh manzillaridan topilgan ibtidoiy rasmlar ham murakkab kompozitsion yechimi bilan ajralib, ijtimoiy hayotning yangi-yangi qirralari — ovchilarning jamoa bo'lib, ovga chiqishlarini ishonarli talqin etadi.

Yüklə 132,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin