Ichki va ziyorat turizmi tushunchasi va uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə3/16
tarix07.06.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#126439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
dissertatsiya 2-iyun

2000-yildan boshlab 2017-yiIgacha davom etdi. Bu davrda xususiy turistik tashkilotlar assotsiatsiyasi asos qo‘yildi (Gid-tarjimonlar assotsiatsiyasi, Mehmonxona egalari assotsiatsiyasi, Transportchilar assotsiatsiyasi) va « O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining bir qator vakolatlarini o‘tkazish ustida izlanishlar olib borildi. Bu o’lkamiz turizm xizmatlar bozorida faoliyat yurituvchi korxonalarning yanada tezroq sur’atlarda rivojlantirishga yordam berdi. Turizm sohasi bo‘yicha 2014-yilda xalqaro anjuman Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) Butunjahon turizm tashkiloti Ijroiya kengashining 99-sessiyasining aynan Samarqand shahrida bo‘lib o‘tishi ham bejiz emas. Samarqand shahri 2014-yiIda AQSHning mashhur “The Huffmgton Post” internet nashri tomonidan e’lon qilingan reytingga muvofiq, sayyoramizning turistlar borib ko‘rishi lozim bo‘lgan 50 ta eng go‘zal shaharlari qatoridan o‘rin oldi. E’tiborlisi, MDH davlatlari shaharlaridan ushbu ro‘yxatga faqat Samarqand shahri kiritilgan.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2016-yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qabul qilgan Farmoni tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, iqtisodiyotda birinchi marotaba turizm sohasiga strategik sektor maqomi berildi. Natijada O‘zbekistonda turizmning xorijiy hamda ichki turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi turdosh sohalari va tarmoqlarining rivojlanishini ta’minlashda milliy turizm sohasining yangi bosqichi boshlandi.
2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yunalishlari boʻyicha qonun xujjatlari ishlab chiqildi. 2018-yil 15-iyuldan elektron vizalarni rasmiylashtirish va rasmiylashtirish tizimi ishlay boshladi; Bundan tashqari, Oʻzbekiston hududidan uchib oʻtuvchi 101 ta davlat fuqarolari uchun chegara oʻtkazish punktlari orqali Oʻzbekistonga vizasiz kirish, vaqtincha boʻlish va Oʻzbekistondan chiqib ketish sxemasi joriy etildi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin