2019–2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi transport logistikasini rivojlantirish, ichki va tashqi yoʻnalishlarni kengaytirish, transport xizmatlari sifatini turizm mahsuloti va xizmatlarini diversifikatsiya qilish, respublika ichida turizm xizmatlariga boʻlgan ehtiyojni qondirishga yoʻnaltirilgan turizm faoliyati subyektlarining faolligini ragʻbatlantirishni taʼminlovchi ichki turizmni rivojlantirish, Oʻzbekiston Respublikasi turizm mahsulotini xalqaro va ichki turizm bozorlarida targʻib qilish, mamlakatning sayohat va dam olish uchun xavfsiz sifatidagi imidjini mustahkamlash,turizm tarmogʻi uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish kabilar belgilab olindi. 2019–2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha 2019 yilga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasi“ziyorat” turizmi yoʻnalishi orqali turistlar oqimini oshirish,shu jumladan, Indoneziyadan doimiy aviaqatnovlarni ochish uchun aviakompaniyalarni jalb qilish masalalarini tezkorlik bilan hal etish; Quyidagilar Ishchi guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin: xorijiy mamlakatlar fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini olish huquqi taqdim etilsin ushbu huquq: Toshkent viloyati va Toshkent shahrida – 400 000 AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda; Samarqand, Buxoro, Namangan, Andijon, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida – 200 000 AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda; Qoraqalpogʻiston Respublikasi va respublikaning boshqa viloyatlarida – 100 000 AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda koʻchmas mulkni sotib olgan taqdirda beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvar “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli farmonida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida respublika bo‘ylab mahalliy sayyohlar sonini 12 mln nafardan oshirish hamda respublikaga tashrif buyuradigan xorijiy turistlar sonini 9 mln nafarga yetkazish vazifasi belgilanib olindi. «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil» dasturi doirasida 2022 yilda 11,4 millionta ichki sayyohat amalga oshirildi. Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2021 yilga nisbatan 1,9 barobar ko‘p. Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 1 sentabrdan ichki sayohat xarajatlarining bir qismi keshbek sifatida qaytarilishi yo‘lga qo‘yilgan. «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil» dasturi doirasida 2022 yilda 11,4 millionta ichki sayyohat amalga oshirildi.Bu yil yurtboshimiz tomonidan xam katta e’tibor qaratilmoqda. Mahalliy sayyohlarni xam ortishi yanada quvonarli xolat. Mazkur tizimga ko‘ra, «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» dasturi doirasida «Sayohat qil va keshbek ishla» shiori asosida respublika hududlari bo‘ylab ichki sayohatlarni amalga oshirgan mamlakat fuqarolariga xarajatlarining bir qismi qaytarib beriladi.9
O‘zbekiston hududida boshqa dinlar singari islom madaniyati va uning so‘fiylik oqimiga oid ko‘plab muqaddas joylar mavjud. Eng qimmatbaho yodgorliklar YUNESKO ning Butunjahon merosi obyektlari sifatida tan olingan. Ular orasida Islom olamida Muborak Buxoro maʼnosini anglatuvchi Buxoroyi-Sharif deb nomlangan Buxoro shahri. Ko‘plab bebaho yodgorliklarga ega Samarqand shahri. Amir Temurning vatani hisoblanmish Shahrisabz shahri. Albatta, bu shaharlar qadimiy va boy tarixga ega bo‘lib, butun hayoti davomida jiddiy o‘zgarishlarga duch keldi.
Nasroniylik obyektlari
Markaziy Osiyoda nasroniylikning paydo bo‘lishi birinchi mingyillikning boshlarida ushbu hududda missionerlik qilgan havoriylar Foma va Birinchi chaqirilgan Andrey ismlari bilan bog‘liq. O‘shandan beri dunyodagi eng muhim ikkita din - Islom va Nasroniylik dinlari birga tinch yashab kelmoqda. O‘zbekistonda 10 dan ortiq muqaddas va eʼzozlangan nasroniy va musulmon joylari, ziyoratgohlar mavjud.Hozirgi zamongacha, O‘zbekiston hududida nasroniylar ham, musulmonlar ham hurmat qiladigan "Iova buloqlari" mavjud bo‘lib, ularning eng mashhuri Buxoroda joylashgan. To‘g‘ridan-to‘g‘ri, O‘zbekistondagi pravoslav cherkovi O‘rta Osiyoda rus pravoslav cherkovining paydo bo‘lishi bilan, bu mintaqaning asosiy qismi Rossiya imperiyasiga qo‘shilganidan keyin va Turkiston general-gubernatorligi tashkil etilishi (1867) bilan bir qatorda shakllana boshlangan.
Buddizm merosi
1968 yilda qadimgi Termiz hududida Budda haykali topilgan va o‘sha vaqtdan beri bu yer ko‘pgina arxeologlar tomonidan o‘rganiladigan asosiy obyektga aylandi. Keyinchalik eng qadimgi budda ibodatxonalari majmualari ochildi: Fayoztepa (mil. av. 1-asr – milodiy 3-asr), Kampirtepa, Qoratepa. Qadimgi musiqachilarning tasviri bilan mashhur Ayritom frizining elementlari topilishi bu mintaqa hududida buddizm targ‘ib qilinganligi va ellinistik madaniyat elementlari oshkor bo‘lganligidan dalolat beradi. Hozirda naqshli hoshiyaning terrakota bareleflari Sankt-Peterburgdagi Davlat Ermitajida saqlanadi.
1.2.1-rasm10
Rasmdan ko‘rinib turibdiki eng keng tarqalgan ikkita din Xristian va Islom dini e`tiqodchilari ko‘pchilikni tashkil etadi.Xristian dini e`tiqodchilari Quddusga ziyorat qilishsa Islom dini ziyoratchilarining muqaddas joyi Makka hisoblanadi.Iudaizmdastlab Falastindagi ikki davlat — Isroil va Yaxudiya davlatlarining, keyinroq ular birlashgach, yagona yahudiy davlatining dini boʻlgan. Buddizm - boshqalardan farq qiluvchi din hozirgi Markaziy Osiyoning katta qismi, Pokiston, SHimoliy Hindiston va ehtimol hozirgi Uyg’ur avtonom respublikasi erlarini o`z doirasiga olgan.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, diniy ziyoratgohlar kam mablag‘ hisobiga katta daromad manbaiga aylanishi shubhasiz. Mamlakatimizning barcha viloyatlaridan o‘nlab, yuzlab diniy qadamjolar mavjud va biz ulardan yetarlicha foydalanmayapmiz va ularni ziyorat etish marshrutlari aniq tuzilmagan. Achinarli holati shundaki, islom dunyosida katta xizmat qilgan, avliyo darajasiga ko‘tarilgan siymolarimiz abadiy qo‘nim topgan maskanlarini faqatgina mahalliy darajada, ya’ni tuman yoki viloyat miqiyosidagi bilamiz, xolos. Binobarin, bunday muqaddas ziyoratgohlarni respublika va xalqaro darajadagi diniy ziyoratgoh ob’ektlariga aylantirish mumkin. Buning uchun muqaddas ziyoratgohlarni kengroq targ‘ib qilishimiz va ular xaqida ko‘proq ma’lumot yig‘ishimiz kerak. Vaholanki, mamlakatimiz diniy ziyoratgohlarga boy mintaqa hisoblanib, kelajakda diniy turizmni rivojlantirishga yanada e’tiborni yanada kuchaytirish ham moddiy, ham ma’naviy yuksalishida muhim ahamiyat kasb etadi.