T A R J I M A Y I H O L Ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuv tarjimayi hol deyiladi. Tarjimayi hol bir xil andozaga ega emas, mufassal yoki muxtasar yozilishi mumkin. U muallif tomonidan mustaqil tuziladigan hujjatdir.
Tarjimayi holning asosiy zaruriy qismlari:
1. Hujjatning nomi (Tarjimayi hol)
2. Matn:
a) muallif ismi va otasining ismi, familiyasi;
b) tug‘ilgan yil, kun, oy va tug‘ilgan joyi, ijtimoiy kеlib chiqishi;
c) millati;
d) ota-onasi haqida qisqacha ma’lumot (ismi va otasining ismi, familiyasi va ish joyi, lavozimi);
e) ma’lumoti (qayеrda, qanday o‘quv yurtini tugatganligi va ma’lumotiga ko‘ra mutaxassisligi);
f) ish faoliyatining turlari;
g) oxirgi ish joyi va lavozimi;
j) mukofot va rag‘batlantirishlar;
z) jamoat ishlarida ishtiroki;
i) oilaviy ahvoli va oila a’zolari;
k) pasport ma’lumotlari;
l) turar joyi (uy adrеsi), tеlеfoni.
3. Sana.
4. Imzo.
Barcha ma’lumotlar davriylik (xronologik) asosida, aniq sanala bilan (iloji boricha yili, oyi, kuni ko‘rsatilgan holda) bеriladi. Barcha raqamlar arab raqamlarida ifodalanadi. Tarjimayi hol shunday tuzilishi kеrakki, u bilan tanishgan kishi muallifning hayot yo‘li, faoliyati haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lsin.
Tarjimayi hol namunasi:
T A R J I M A Y I H O L Men, Sobirov Nodirbek Nozimjon o‘g‘li, 1993-yil 27-iyunda Buxoro shahrida xizmatchi oilasida tug‘ildim. Otam –Nozimjon Raxmatovoch Sobirov, viloyat yo‘l qurilishi boshqarmasining bosh muhandisi, Onam –Nasiba Sodiqo‘vna Nomozova, 18-o‘rta maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaydilar. 2000-2001-yilarda Buxoro shahridagi 18-maktabda o‘qidim. Maktabda sinf devoriy gazetasi muharriri bo‘ldim. Ona tili va adabiyot fanlariga juda qiziqaman. Bu fan bo‘yicha viloyat olimpiadasida 2-o‘rinni egallaganman. Tennis bo‘yicha respublika musobaqalarida faxrli o‘rinlarni olganman. 9-sinfni tugatib, 2001-yilda Buxoro davlat universitetining akademik litseyiga o‘qishga kirdim. 2011-yilda Buxoro davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetiga o‘qishga kirdim. 2014-yilda universitetni imtiyozli diplom bilan tugatib, O‘zbekiston jahon tillar universitetining “Xorijiy jurnalistika” mutaxassisligi bo‘yicha davlat budjeti asosida magistraruraga qabul qilindim. 2016-yili magistrlik diplomiga ega bo‘ldim. Shu yildan boshlab O‘zAda muxbir lavozimida ishlayapman. Uylanganman. Turmush o‘rtog‘im – Sobirova Laylo, 1997-yilda tug‘ilgan. Buxoro tibbiyot institutining 2-kurs talabasi. Mening turar joyim: Buxoro shahri, Yangiyer ko‘chasi, 51-uy.