Hujjat va uning turlari Boshqaruv jarayonining murakkabligi va serqirraligiga muvofiq ravishda idoraviy ish yuritish qog‘ozlari, hujjatlar ham xilma-xil va miqdoran juda ko‘p. Hujjatlarning maqsadi, yo‘nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir.
Hujjatshunoslikda hujjatlar bir necha jihatlarga ko‘ra tasnif qilinadi: Tuzilish o‘rniga ko‘ra:
ichki hujjatlar - ayni muassasaning o‘zida tuziladigan va shu muassasa ichida foydalaniladigan hujjatlar;
tashqi hujjatlar – boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladigan hujjatlar.
farmoyish hujjatlar – buyruq, ko‘rsatma, farmoyish;
ma’lumot–axborot hujjatlar – dalolatnoma, ma’lumotnoma, ariza, tushuntirish xati, hisobot, ishonchnoma, tavsifnoma va sh.k;
xizmat yozishmalari mazmunan xilma – xil bo‘ladi. Ularda muassasa faoliyatining turli masalalari bilan bog‘liq talab, iltimos, taklif, kafolat xati kabilar aks ettiriladi. Shu ma’noda xizmat yozishmalari hujjatlarning yuqorida ko‘rsatilgan har uch guruhi bilan ham aloqador.