Idrok va mohiyatga asoslangan bilim reprezentasiyasi reja: 1 Bilimlarning reprezentasiyasi



Yüklə 303,37 Kb.
səhifə4/8
tarix28.11.2023
ölçüsü303,37 Kb.
#166855
1   2   3   4   5   6   7   8
5 kognitiv

HARAKATNI IDROK QILISh.
Biz narsalarning harakatsiz, sokin holatinigina idrok qilib qolmay, balki fazoda joy almashtirib turgan holatini, narsalarning harakatini ham idrok qilamiz. Harakatning hamma xillari singari, narsalarning ana shu mexa­nik harakatlari ham vaqt davomida voqye bo’ladi. Shu sababli, harakat tez yoki sekin bo’lmog’i mumkin. Harakatning tezlik darajasini obyektiv o’lchash uchun vaqtning bir miqdori, masalan, bir sekund olinib, bu harakatning tezligi jism shu vaqt ichida bosib o’tgan masofa bilan aniqlanadi. Jism bir sekund ichida qancha katta masofa bosib o’tsa, harakat shuncha tez hisoblanadi va aksincha.
Binobarin, harakatni idrok qilish ayni zamonda ham fazoni, ham vaqtni idrok qilish demakdir. Masalan, yurayotgan mashinani ko’rib turar ekanmiz, biz ayni vaqtda uning bizga nisbatan joyini ham va biror nuqtaga nisbatan masofasi o’zgargan (yaqinlashgan yoki uzoqlashgan) vaqtini ham idrok qilamiz.
Idrok qilinayotgan harakatning tezligi shu narsa harakatining obyektiv (xaqiqiy) tezligiga hamisha teng – baravar bo’lavermaydi. Ayni bir xildagi harakat tezligi, vaziyatga qarab, har xil idrok qilinishi mumkin: goho ildamroq, goho sekinlashgandek ko’rinadi.
Tanamizga bevosita tegib turgan narsalarning harakatini biz teri sezgisi, muskul va ko’ruv organlari vositasi bilan idrok qilamiz. Bizga nisbatan muayyan masofada turgan narsalarning harakatini ko’z bilan ko’rib idrok qilamiz.
Harakatni ko’z bilan ko’rib idrok etish ikki xil usul bilan; birinchidan, harakatda bo’lgan narsaga ko’zni uzmasdan qaraganda uning surati ko’z to’r pardasida hosil bo’ladi, ikkinchidan, ko’zimizni harakatda bo’lgan narsa tomon yuritish, harakatini kuzatib borish bilan voqye bo’ladi. Ko’zimizni harakatlanuvchi narsa tomon yuritib idrok qilingan harakatga qaraganda, ko’zimizni uzmasdan (yuritmasdan) idrok qilingan harakat ancha tez harakatdek ko’rinadi. Odatda, harakat ana shu ikkala usul bilan bir yo’la idrok qilinadi. Ikki usulning birlashgani uchun idrok qilinayot­gan harakatning tezligi ancha aniq bilib olinadi.
Harakat idrokini nisbiy va g’ayri nisbiy idrok deb ataladigan ikki xilga bo’lish rasm bo’lgan.
Harakatni nisbiy idrok qilish deyilganda, biz harakatlanuvchi narsa va shu narsaning harakati bog’langan yoki yonidan o’tgan sokin nuqta ham ayni vaqtda birgalikda id­rok qilinishini tushunamiz. G’ayri nisbiy idrok deb harakatda bo’lgan narsani boshqa narsalardan ayrim holida idrok etishni aytiladi. Obyektiv tezligi baravar bo’lsa ham, nisbiy harakat ancha tez, g’ayri nisbiy harakat esa ancha sekin harakatdek idrok qilinadi.
Harakatning tezdek yoki sekindek ko’rinishi shu harakat­ning obyektiv tezligiga hamda harakatda bo’lgan buyumning ko’zimizdan uzoq-yaqin bo’lishiga bog’liq: u bizdan qancha uzoq bo’lsa, uning harakati ham shuncha sekindek ko’rinadi. Idrok qilinayotgan harakatning tez yoki sekindek ko’rinishi buyumning muayyan vaqt davomida o’tadigan harakatini idrok qilganda hosil bo’ladigan qarash burchagining katta-kichikligi bilan belgilanadi. Harakatda bo’lgan buyumlarni idrok qilgan paytda qarash burchagi kattalashadi. Qarash burchagi harakatlanuvchi buyum bosib o’tayotgan fazo nuqtalaridan bir-birini kesib ko’zga keluvchi nurlardan hosil bo’ladi. Muayyan vaqt ichida (masalan, bir sekund ichida) hosil bo’lgan qarash burchagi qancha katta bo’lsa, harakat ham shuncha tez harakatdek idrok qilinadi.
Harakatda bo’lgan buyum ko’zimizdan qancha uzoqlashsa, qarash burchagi ham shuncha kichrayadi, binobarin, harakatning xaqiqiy (obyektiv) tezligi o’zgarmasa ham, harakat sekindek ko’zga ko’rinadi. Odam idrok qilmog’i mumkin bo’lgan - eng sekin harakat shunday harakatdirki, bunda harakatni nis­biy va to’g’ri qarab idrok qilganda hosil bo’ladigan qarash burchagi sekundiga 1-2 ga baravar keladi. G’ayri nisbiy harakatni to’g’ri qaraganda ana shu burchakning kattaligi sekundiga 15-20 dan kam bo’lmasligi shart. Sekundiga 15 dan kichikroq qarash burchagi hosil qiladigan harakat to’g’ri kelganda bevosita idrok qilinmaydi (masalan, soat strelkasining, quyosh, yulduz va hokazolarning harakati), harakatni yondan qarab idrok qilganda qarash burchagi hiyla katta bo’lmog’i kerak. 15 dan kichikroq qarash burchagi hosil qiladigan harakat haqida narsalarning vaqt-vaqt o’z o’rnini o’zgartirganliklariga qarab hukm qilamiz. Masalan, soat strelkalarining, quyosh, yulduz va shu kabilarning harakati haqida ana shu yo’l bilan xulosa chiqaramiz. Harakatda bo’lgan narsaning ovoziga qarab, ya’ni harakatni eshitib ham idrok qilamiz. Masalan, yurayotgan poyezdning o’zini ko’rmasak ham, lekin bizdan uzoq, yaqin yurib ketayotganligini poyezd ovozining kuchayishi yoki pasayishidan bilamiz. Lekin bu harakatni bevosita idrok qilish emas, balki bevosita (ovoz orqali) idrok qilishdir. Harakatni bavosita idrok qilishda, asosan, o’tmishdagi tajribamizga va bilimlarimizga suyanamiz.

Yüklə 303,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin