Idrok va mohiyatga asoslangan bilim reprezentasiyasi reja: 1 Bilimlarning reprezentasiyasi


Maktab yoshidagi bolalarda idrokning o’sishi



Yüklə 303,37 Kb.
səhifə8/8
tarix28.11.2023
ölçüsü303,37 Kb.
#166855
1   2   3   4   5   6   7   8
5 kognitiv

Maktab yoshidagi bolalarda idrokning o’sishi
Maktab yoshidagi bolalarda idrokning hamma turlari, aso­san, ta’lim va tarbiya tufayli mazmun, aniqlik, ravshanlik jihatdan ko’p daraja takomillashadi.
Ta’lim va tarbiya jarayonida bolalarda ixtiyoriy idrok va kuzata bilish qobiliyati o’sadi. Kuzata bilish muvaffaqiyatli o’qish uchun zarur shartlardan biridir. O’quvchilarda kuzata bilish qobiliyati ularning tafakkuri, irodasi, qiziqish - havaslari bilan birgalikda o’sib boradi. Kuzatish obyektlarini tanlashda o’quvchilarning o’zlari tashabbus ko’rsata boshlaydilar. O’quvchilar o’z idroklarini mustaqil idora qila oladilar. Ammo hamma boshqa ixtiyorsiz - jarayonlar singari, ixtiyorsiz idrok ham maktab yoshidagi bolalarda hali ko’p uchraydi. Shuning uchun ham o’quvchilarga beriladigan ma­terial, ular tomonidan ixtiyorsiz va ixtiyoriy idrok qilishini mo’ljallab berilmog’i kerak.
Fazo tasavvurlari ham maktab yoshida ancha takomillashgan bo’ladi. Jumladan, o’quvchilarda ko’z bilan chamalash qobiliyati ancha taraqqiy qilgan bo’ladi. Boshlang’ich maktab o’quvchilari endi bu chog’da katta yoshdagi odamlardan deyarli qolishmasdan, to’g’ri chiziqni ko’z bilan chamalab ikki teng bo’lakka bo’la oladilar, narsa va chiziqlarni katta-kichiklik darajasiga qarab taqqoslay oladilar, narsalarning fazoda turgan o’rnini bulardan qaysi biri yaqinrok yoki uzoqroq, qaysi biri balandroq yoki pastroq joylashganini tahminan to’g’ri belgilay oladilar. IV–V sinf o’quvchilari idrok qilinayotgan masofani ko’z bilan chamalab, shu masofani bosib o’tish uchun talab qilinadigan vaqtni ham tahminan hisoblab oladigan bo’ladilar.
Ta’lim va tarbiya jarayonida o’quvchilarning ko’z bilan chamalash hamda narsalarning shakli va katta-kichikligini ajrata bilish qobiliyatining yana yaxshiroq o’sishiga jismoniy tarbiya, chizmachilik, rasm, geometriya, fizika darslari bilan shug’ullanish, shuningdek, geografiya kartalari va o’lchov asboblaridan foydalanish katta yordam beradi. Katta masofalarni ko’z bilan chamalash qobiliyatining o’sishga ekskursiyalar, sayrga chiqishlar, kattalar bilan birgalikda dala va boshqa yerlarda mehnatga ishtirok qilish yordam beradi.
Maktab yoshida vaqtni idrok qilish ham takomillashadi. O’quvchilar vaqtning, hozirgi paytning «tez» yoki «sekin» o’tayotganini aniq sezadilar. V-VI sinf o’quvchilari, katta yoshdagi odamlar singari, ikki minut, o’n minut, bir soat, uch soat va shu kabi vaqtlarning o’tishini tahminan ayta oladilar.
O’quvchilarda vaqtni yana aniqroq idrok qilish qobiliyati, asosan, maktabda o’qish mashg’ulotlari to’g’ri uyushtirilishiga, mashg’ulotlarni muayyan vaqtga qarab taqsimlanishi va vazifalarni ma’lum bir o’quv soati (45 minut) ichida tamom qilish talabiga bog’liq holda o’sib boradi. O’quvchilarning o’zlari ham mustaqil suratda bajarishlari lozim bo’lgan turli darslarini tayyorlash uchun vaziyatni har bir fanga taqsimlab chiqishga majbur bo’ladilar. Darsga kech qolmasdan maktabga borib yetish to’g’risida g’amho’rlik o’quvchilardan vaqtning o’tishiga e’tibor berishni talab etadi. O’quvchilar ma’lum bir ishni bajarish uchun lozim bo’lgan ozmi-ko’p muddatni fikrda hisoblab chiqishga majbur bo’ladilar. Vaqt o’lchovlarini o’rganish, doimo soatdan foydalanish ham vaqtni aniq va to’g’ri idrok qilish qobiliyatini o’stiradi.
Katta yoshdagi odamlar singari, maktab bolalari ham su­ratda tasvirlangan voqyea va harakatni to’g’ri ko’ra va tushuna oladilar. To’qqiz-o’n bir yashar bolalar narsalarning fazoda tutgan o’rnini va ularniig bir-biriga nisbatlarini o’z rasmlarida to’g’ri tasvirlay oladigan bo’ladilar.
Maktab bolalari murakkab muzika asarlarini zavq bi­lan tinglaydilar, ular ton va yarim ton kabi ohanglarni ajrata oladilar, maktab xorida ishtirok qiladilar va har xil cholg’u asboblarida chalishni o’rganadilar.
Yoshlar – o’g’il va qiz bolalar – murakkab muzika asarlarini eshitish, badiiy rasmlar ko’rish bilan shu asarlarning g’oyaviy ma’nosiga ham tushunadigan bo’ladilar.
Idrok qobiliyati bolalar ulg’ayib, ancha voyaga yetib qolgan davrlarda yanada o’sib boradi. O’qish va mehnat jarayonida o’smir va yoshlarda muayyan idrok obyektlari ustida o’z diqqatlarini ancha uzoq vaqtgacha to’plab turish, murakkab kompleksli obyektlardan nazariy va amaliy maqsadlarga qarab muhim va zarurlarini ajrata bilish qobiliyati hosil bo’ladi va mustahkamlanib boradi. Yuqori sinf o’quvchilari endi shu yoshda tabiat va jamiyat hayotiga doir hodisalar ustida ilmiy yo’sindagi kuzatishlar olib bora oladilar.
Yüklə 303,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin