Idrok va mohiyatga asoslangan bilim reprezentasiyasi reja: 1 Bilimlarning reprezentasiyasi



Yüklə 303,37 Kb.
səhifə5/8
tarix28.11.2023
ölçüsü303,37 Kb.
#166855
1   2   3   4   5   6   7   8
5 kognitiv

IDROKNING KONSTANTLIGI
Idrokning konstantligi shundan iboratki, bironta narsani idrok qilishdan hosil bo’lgan obraz, idrokning fizik sharoiti o’zgarib tursa ham, doimo shu obraz holicha qolaveradi.
Idrokning konstantligi ko’rish idroklarida, narsalarning katta-kichikligini, ularning shakli va ranglarini id­rok qilishda ayniqsa yaqqol ko’rinadi. Bizga ma’lumki, biror narsadan uzoqlashsak, uning ko’zimiz to’r pardasidagi surati (aksi) kichrayadi, ammo shu narsaning obrazi bu bilan o’zgarmaydi, o’zgarganda ham bilinar-bilinmas o’zgaradi. Masalan, ayni bir qalamni 20 sm va 1 m masofadan turib idrok kilinsa ham, baribir uning uzunligi o’zgarganligi sezilmaydi, holbuki uning ko’z to’r pardasiga tushgan surati o’zgaradi, ya’ni qalamni 20 sm masofadan turib ko’rishga nisbatan, 1 m masofadan ko’rilganda, qalamning ko’z to’r pardasiga tushadigan surati 5 marta qisqaradi. Shu qalamning sezilarli darajada kaltaroq ko’rinishi uchun uni hiyla uzoq, masofadan turib ko’rish kerak bo’ladi. To’g’ri burchakli stol bizdan 1 m yoki 10 m uzoqroqda tursa ham biz unga to’g’ridan yoki yondan qarasak ham, uning kattaligi va shaklining aksi ko’z to’r pardasida har safar o’zgarib turishiga qaramay, bari bir hamisha o’z shakli va katta-kichikligini o’zgartirmagandek, boyagicha idrok qilinaveradi. Kosaga to’g’ridan qarasak, shakli dumaloq ekanini ko’ramiz, ammo ana shu kosaga yondan karasak, qarash burchagi o’zgarganligidan uning ko’z to’r pardasiga tushgan surati tuxumsimon cho’zinchoqroq, shaklda bo’ladi. Biz esa doimo uni dumaloq shaklida idrok qilamiz. Bu safar ham narsaning idrok qilinayotgan shakli, uning xaqiqiy, obyektiv shakliga muvofiq bo’lib, doimo to’g’ri idrok qilinadi.
Ayni shu kabi konstantlik ranglarni sezishda ham ro’y beradi. Yorug’lik
ILLYuZIYaLAR
Ba’zi hollarda narsalar noto’g’ri, yanglish idrok qilinishi mumkin. Narsalarni bu tariqa noto’g’ri idrok qilishni illyuziya deb ataladi. Masalan, agar biz 35-rasmda ko’rsatilganidek, ko’rsatkich va o’rta barmog’imizni chalishtirib, no’xat yoki bironta dumaloq narsani chalishtirilgan ikkala barmog’imizning uchi bilan bosib turib, ayni bir vaqtda aylantiraversak (biz no’xatni aylantiraylik), barmoqlarimiz tagida bitta emas, balki ikki no’xat bordek his qilamiz. Rasm-35. Ana shu holda bir narsaning ikki bo’lib sezilishini Aristotel (Arastu) illyuziyasi deyiladi. og’irligi aynan teng, ammo kattaligi har xil bo’lgan ikki buyumni ketma-ketiga ushlab turilsa, kattasi yengilroq ikkinchisi og’irroqdek tuyuladi. Metaldan ishlangan 1 kg tarozi toshi,1 kg paxtadan og’irroqdek his qilinadi.
Bu hol geometrik illyuziyalar deb nom berilgan illyuziyalarda ayniqsa yaqqol ko’rinadi. Masalan, uzunligi baravar bo’lgan ikki chiziqning chetlariga ikki xil burchaklar chizilsa, illyuziya paydo bo’ladi, ya’ni burchaklari tashqariga qaratilgan, chiziqqa nisbatan, burchaklari ichkari tomonga qaratilgan chiziq kaltaroq bo’lib ko’rinadi.
Bir nechta parallel chiziqlar ustidan qiya chiziqlar chizilsa, bu chiziqlar parallel emas, balki har xil tomonga qarab ketgan chiziqlardek tuyula­di. Rasm-36. Ikkita teng burchakdan bittasi chiziqlar bilan to’latilsa, ikkinchisiga qaraganda kattaroq bo’lib ko’rinadi, Ik­kita baravar doira shaklini chizib, bulardan birini shu doiradan kattaroq, ikkinchisini esa o’zidan kichikroq, doiralar ichiga olinsa, ikkinchi doira kattaroq ko’rinadigan bo’lib qoladi.
I llyuziyaning yuqorida keltirilgan namunalari hamma aqli raso odamlarda albatta bo’ladigan illyuziyalardandir. Bunday illyuziyalarning muayyan qonuniyatlari bor. Masalan, yuqorida bayon qilingan Aristotel illyuziyasining paydo bo’lish sababi shuki, bunda bitta narsa barmoq uchlarimizning terisi yuzidagi shunday ikki nuqtaga tegadi, odatdagi tabiiy sharoitda esa bitta nar­sa ana shu ikki nuqtaga hyech qachon birdaniga tegib turmaydi. Og’irligi baravar bo’lib, kattaligi har xil bo’lgan buyumlardan kichikrog’i kattarog’iga qaraganda og’ir ko’rinishining sababi shundaki, odam hajmi kattaroq buyumning hajmi kichikroq buyumdan og’ir ekanini o’z tajribasida doimo sinab kelgan, binobarin, hajmi har xil buyumlarni ko’z bi­lan idrok qilganda beixtiyor shu tajribasiga tayanadida kattaroq buyumni ushlaganida ko’proq zo’r beradi, kichikroq buyumni qo’liga olganida, uncha zo’r bermaydi, natijada og’irligi baravar bo’lgani bilan zo’r berish yoki muskullarning qarshilik ko’rsatishi uchun sarf qilingan kuch darajasi har xil bo’lganligidan, kichikroq, buyum og’irroqdek his qilinadi.
Idrok qilib turgan shaxsning psixikasida ro’y beradigan o’zgarishlar bilan tug’iladigan tasodifiy illyuziyalar ham bo’ladi. Masalan, cho’lda suvsagan kishi uzoqda yarqirab turgan sho’rxok yerni ko’l deb o’ylashi (lekin, bu illyuziyami sahrodagi sarobdan farq, qila bilish kerak), yoki o’rmondagi to’nka odamning ko’ziga bironta yirtqich hayvonga o’xshab ko’rinishi va hokazo shu kabi illyuziyalar jumlasidandir.
Gap nutq sohasida ham illyuziyalar ko’p uchrab turishi hammaga ma’lum. Bu xil illyuziyalar shundan iboratki, birovning nutqidagi ayrim so’zlar boshqa tovush tarkibidagi yoki boshqa bir ma’noda aytilgan so’zdek eshitiladi. Bunday hollarda odamlar odatda «yaxshi eshitmay qoldim», «boshqacha tushunibman» deb gapiradilar. Eshitish organining sog’ bo’lishiga qaramay, birovning nutqini noto’g’ri eshitish sababi suhbatdoshlardan birining gap borayotgan narsa haqida yetarli ma’lumoti bo’lmasligida yoki e’tibori boshqa narsaga chalg’ib ketib, gapni chala eshitganligidadir. Illyuziyani gollyusinasiyadan farq qilish lozim. Illyu­ziya shu onda sezgi organlarimizga ta’sir qilib turgan bir narsani yanglish, noto’g’ri idrok qilish bo’lsa, Gollyusinasiya yo’q narsalarni, tashqi ta’sirotsiz «idrok qilinishidir»: o’rni tagida yo’q narsaning ko’zga bordek ko’rinishi, yo’q ovozlarning quloqka eshitilishi, yo’q narsalarning isi dimoqqa urilishi va boshqa shu kabilar gollyusinasiya mahsulidir. Gollyusinasiya shaxsning go’yo biror narsani ko’rgandek, eshitgandek, ushlagandek, is bilgandek va boshqa shu kabi tasavvuridir, xolos.
Gollyusinasiya ko’pincha kasallikdan darak beruvchi alomatdir, u nerv sistemasi bironta zaharli narsa (alkogol, kokain, nasha) bilan ta’sirlanganda, nerv sistemasini buzadigan kasalliklar oqibatida ro’y beradi.

Yüklə 303,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin