Gigiyena, sanitariya, epidemiologiya fanlarining bir-biri-ga bog`liqligi.
Gigiyena - tibbiyot fani bo‘lib, yunoncha “gigiyeya”-“sog‘-liq hadya etaman” degan ma’noni anglatadi. Gigiyena fani har bir odam, jamoa, aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilish, turli xil (yuqumsiz va yuqumli) kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan gigiyenik qoida, talab va me`yorlarni ishlab chiqadi, ularni hayotga tadbiq etishni tavsiya qiladi.
Sanitariya - tibbiy fan bo‘lib, gigiyena fani ishlab chiqqan gigiyenik qoida, talab va me`yorlarni amaliy hayotga tadbiq etilishini ya’ni bajarilishini nazorat qiladi. Shuning uchun turli xil (yuqumsiz va yuqumli) kasalliklarning oldini olishda gigiyena fani ishlab chiqqan qoida, talab va me`yorlarning bajarilishini nazorat qilishga qaratilgan tadbirlar birgalikda sanitariya-gigiyena tadbir-lari deyiladi.
Epidemiologiya-tibbiy fan bo‘lib, yuqumli kasalliklarni yuzaga kelish sabablarini, kasalliklarni ayrim hududlarning aholisi o‘rtasida tarqalishini o‘rganadi. Shuningdek, yuqumli kasalliklar-ning oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqadi. Bu tadbirlarning bajaralishini sanitariya fani bilan birgalikda nazorat qiladi, bunga sanitariya-epidemiologiya nazorati deyiladi.
Sanitariya epidemiologiya markazi.
Tuman, shahar, viloyat, respublika miqyosida sanitariya-epidemiologiya markazlari faoliyat ko‘rsatadi. Ularda gigiyena, sanitariya, epidemiologiya bo‘limlari va laboratoriyalari mavjud. Ular gigiyena, sanitariya, epidemiologiya tadbirlarini ishlab chiqadi va bajarilishini nazorat qiladi. Bu muassasa mazkur hududda yuqumli kasalliklarning paydo bo`lish sabablarini aniqlab, ularning tarqalishiga qarshi chora ko`radi. Shuningdek, yuqorida bayon etilgan endemiya, epidemiya jarayonlari yuzaga kelishining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va sog`liqni saqlash tizimi faoliyatiga tadbiq etadi.
Dostları ilə paylaş: |