108
- xodimlar va bо‘linmalar mehnatini taqsimlanishi va ixtisoslashishi;
- tashkiliy korporativ madaniyatni shakllanishi;
- xodimlar tomonidan kasbiy tajriba va bilimlar bilan almashish, ulardan
yaxshiroq foydalanish;
- birlashtirilgan moddiy va moliyaviy resurslardan yaxshiroq foydalanish va
ular bilan manerv qilish;
- har bilan kishi uchun uning shaxsiy va ishga doir sifatlariga mos keluvchi
ish joyi va lavozimni tanlab olish, ulardan har birining
bilimlari va kasbiy
kо‘nikmalaridan yaxshiroq foydalanish;
- har xil odamlarnnig tajribasi, bilimlari va malakalarini bitta tashkilot
(bо‘linma)da birlashtirish va h.k.
Shuning bilan birga odamlarni tashkilotga birlashtirish hamma vaqt ham
sinergetik samarani olishni kafolatlamaydi, ba’zida esa salbiy samara beradi.
Tashkiliy uyushmaganlik buning asosiy sababi bо‘ladi.
Tashkilot, kunlarning birida vujudga kelib, uni tashkil qilgan odamlar bilan
ma’lum
munosabatlarga kirib, kо‘proq darajada, ba’zida esa butunlay ularga
bog‘liq bо‘lmagan mustaqil hayot bilan yashay boshlaydi. Uning doira- sida
odamlar tashkilotdan uni tashkil qilishdan maqsadga erishish uchun foydalanadilar.
Xususan, ular tashkilot ularga qiziqarli, muhim, obrо‘li faoliyat bilan shug‘ullanish
imkoniyatini berishi, kerakli axborotlar bilan ta’minlashi, kerakli huquqlar,
mustaqillik,
hukmronlikni berishi, xavfsizlik va ijtimoiy himoyalanganlikni
kafolatlashiga umid qiladilar.
Tashkilot о‘z navbatida, о‘z tomonidan birlashtirilgan odamlarning
imkoniyatlaridan о‘zini mustahkamlash va rivojlantirish uchun foydalanadi.
Shuning uchun о‘z a’zolaridan ma’lum tajriba, bilimlar, malakalarini mavjudligini,
ishlarda faol ishtirok etishni, ijrochilikni, javobgarlikni, intizomlilikni, о‘rnatilgan
qoidalar va xulq meyorlariga bо‘ysunishni, о‘z maqsadlari va boyliklarini
taqsimlashlarini kutadi.
Ideal holda inson va tashkilot о‘rtasidagi о‘zaro
munosabatlar
muvofiqlashtirilgan bо‘lishlari kerak, ammo muvozanat u yoki bu tomonidan
109
suiiste’molliklar natijasida buzilishi mumkin, bunda yo tashkilot odamlarni
kichkina vintchalar darajasiga tushuradi yoki odamlar tashkilotdan о‘zlarining
g‘arazli maqsadlari yо‘lida foydalanadilar va shuning bilan uning salohiyati va
obrо‘siga ziyon yetkazadilar. Ushbu va boshqa holda ham natija bilan xil bо‘ladi-
tashkilot kuchsizlanadi va о‘z vazifalarini normal bajarishdan tо‘xtaydi.
Tashkilot a’zolari erishishga harakat qiluvchi maqsadning mavjudligi uning
muhim alomati hisoblanadi. Maqsad ularni birlashtiradi
va jipslashtiradi,
tashkilotni mavjud bо‘lishiga ma’no, uning harakatlariga aniqlik, aniq yо‘nalish
beradi. Maqsadsiz tashkilot bо‘lmaydi va bо‘lish ham mumkin emas, chunki
odamlar о‘z faoliyatlari erkinligini oddiygina yо‘qotishni va о‘zlari ichlaridan rozi
bо‘lmagan umumiy talablarga bо‘ysunishga rozi bо‘lmaydilar. Shuni nazarda
tutish kerakki, tashkilotning maqsadlariga faqat
kuchlari va qobiliyatlarini
birlashtirilishi kerakli hosillarni beruvchi, ishtirokchilarning ba’zi bir “jiddiy” soni
mavjudligidagina erishish mumkin.
Ajralib turishlik tashkilotning boshqa alomati bо‘ladi, u ichki jarayonlarning
ba’zi bir yopiqligida aks ettiradi, buni tashkilotni tashqi muhitdan ajratib turuvchi
chegaralarni mavjudligi ta’minlaydi. Bu chegaralar “shaffof” yoki “noshaffof”
devorlar kо‘rinishidagi materiallardan yoki u yoki bu harakatlarga nisbatan turli
xildagi yozma buyruqlar va cheklashlarga asoslangan “ideal” bо‘lishlari mumkin.
Tashkilot faoliyatini
о‘zini о‘zi boshqarish tamoyili asosida amalga oshirish
uning muhim alomati bо‘ladi, u qо‘yilgan maqsadlarga erishish uchun mavjud
qonunchilik doirasida har qanday qarorlarni mustaqil qabul qilish va amalga
oshirish imkoniyatini kо‘zda tutadi.
“О‘zini о‘zi boshqarish” atamasi о‘zini о‘zi
boshqarishning mustaqilligi va shaxsiy atamashunosligini aks ettiradi.
Tashkilotlarning о‘zini о‘zi boshqarishi asosida ularning
iqtisodiy va boshqa
manfaatlari yotadi.
Tashkilotning yashash davrini kо‘rib chiqish mumkin. Uning eng keng
tarqalgan varianti 2.1 – rasmda berilgan.