2.1-rasm. Tashkilotning yashash davri
Birinchi bosqich – tashkilotni tashkil qilinishi, uni vujudga kelishi. Bunda
asosiy vazifalar – bozorga chiqish, yanada rivojlanish uchun kо‘proq foyda
olishdir.
Ikkinchi bosqich – tashkilotning о‘sishi. Bu bosqichning asosiy maqsadi –
qisqa muddatli foyda va jadal о‘sish. Asosiy vazifa – bozorning bir qismini qamrab
olish.
Uchinchi bosqich – tashkilotning balog‘ati. Bunda asosiy maqsad barcha
yо‘nalishlar bо‘yicha samaradorlikni oshishidan iborat bо‘ladi. Eng muhim vazifa
- korxonaning obrо‘sini oshirish. Bu korxonaning tuzilishiga davriy ravishda
о‘zgartirishlar kiritishni talab qiladi.
Tо‘rtinchi bosqich - tanazzul, tashkilotni qarishi. Raqobat, bozorni
qisqarishi natijasida tashkilot о‘z mahsulotiga talabni kamayishiga duch keladi.
Tashkilotning asosiy maqsadi mavjud о‘rinlari saqlab qolish hisobiga barqarorlikni
ta’minlashdan iboratdir.
Tashkilot hayotining yana bir pallasini ajratish mumkin. Tashkilotdagi
ishlarning holati va menejmentning hulqiga kо‘ra quyidagi variantlar bо‘lishi
mumkin; tashkilotning qaytadan tiklanishi yoki uni tugatilishi. Kо‘pgina hollarda
tashkilotni boshqarishning asosiy maqsadi uni qaytadan tiklashdan iborat bо‘ladi.
Bunda tashkilot faoliyatini о‘zgartirish, uni qayta tashkil qilish va innovatsiyalarni
tadbiq etish asosiy vazifa bо‘ladi.
Bozor tomonidan о‘zini о‘zi boshqarish bozor xо‘jaligi subyektlarining
mehnat jamoalarini tashkil qiluvchi mulk egalari, tadbirkorlar, menejerlar,
111
yollanma xodimlarga yangicha ijtimoiy stratifikatsiyalanishi (bо‘linishi)ni, va
shunga kо‘ra, mulk egasini о‘zini о‘zi boshqarishi, tadbirkorni о‘zini о‘zi
boshqarishi, menejerning kasbiy boshqaruvi va mehnat jamoasi a’zolarining о‘zini
о‘zi boshqarishini kuzda tutadi. Bozor iqtisodiyoti subyektlari о‘rtasida vujudga
keladigan boshqaruv vazifalarini taqsimlanishi kо‘pgina omillarga bog‘liqdir.
Hammadan avval har bir subyektning imkoniyatli (xos bо‘lgan) vazifalarini
ajratish kerak. Masalan, mulk egasi uchun bu - egalik qilish, foydalanish,
boshqarish vazifasidir. Mulk egasining dastlabki boshkaruv munosabati bо‘lgan
о‘zini о‘zi boshqarishiga kо‘ra uning mulki vazifa sifatida bо‘ladi, uni u tо‘liq
hajmda yoki qisman bajarishi mumkin.
Tadbirkor, bozor iqtisodiyotining mustaqil subyekti sifatida sarmoya-mulkni
sarmoya-vazifadan ajralishi natijasida paydo bо‘lgan, buning oqibatida mulk egasi
va tadbirkorlar bir birlariga nisbatan avtonom bо‘lib qolganlar (mulk egasi-
tadbirkor, tadbirkor esa mulk egasi bо‘lolmasligi mumkin). Tadbirkor, bozor
iqtisodiyotining asosiy arbobi sifatida, о‘z nomidan, о‘zining tavakalchiligi va
javobgarligi ostida foyda olish uchun bozorni tovarlar va xizmatlar bilan
tо‘ldirishga qaratilgan tashabbusli faoliyatni tashkil qiladi.
Menejment va uning subyekti- menejerni har tomonlama ta’riflash mumkin.
Birinchidan, menejmentni, tashkilot davlatniki bо‘lsa ham, davlatga emas, balki
tadbirkorlik tuzulmasi (tashkilot)ga tegishli ekanligini tasdiqlash zarur.
Ikkinchidan, menejmentning, turli- tuman bilimlarni talab qiluvchi, kasbiy
yо‘lantirilganligi ajratiladi. Uchinchidan, menejment boshqaruv tamoyillari,
vazifalari, usullari va shakllarining yig‘indisi sifatida bо‘ladi. Menejer tashkilot
faoliyatining samaradorligi uchun javob beradi va buning uchun tegishli daromad
oladi.
Mehnat jamoasining boshqaruv faoliyati sohasi hammadan avval mehnat
munosabatlari va ishning sifatini qarab oladi. Xodimlar tomonidan bajariladigan
boshqaruv vazifalarining doirasi ularning rivojlanganligi darajasi, ijtimoiy
sherikligi, malakasi , shaxsiy sifatlari va boshqa ominlarga bog‘liqdir.
112
Shuni ta’kidlash keraki, mulk egasi-tadbirkorni о‘zini о‘zi boshqarishi,
menejerni kasbiy boshqaruvi va mehnat jamoasini о‘zini о‘zi boshqarish
о‘rtasidagi chegaralar shartli va harakatchandirlar. Tadbirkor, menejer, xodimlar
tashkilotning aksiyasi yoki payi (ulush)ni xarid qilib, uning birgalikdagi egasi
bо‘ladilar. Bunda mulk egasi, tadbirkor, menejer, mehnat jamoasi a’zosi
vazifalarini ma’lum darajada bunday birlashishida ularni bir vaqtdagi
chegaralanishlari birmuncha samaraliroq bо‘ladi.
Tashkilotning bevosita va kundalik boshqaruvida menejerlar va, ayniqsa,
ularning yuqori darajasi muhim rol о‘ynaydi. Bunda mulk egasining о‘zini о‘zi
boshqarishi daslabki boshqaruv munosabati bо‘ladi.
Umumiy kо‘rinishda tashkiliy aloqalar va munosabatlarning iqtisodiyotni
boshqarishdagi о‘rni shu bilan belgilanadiki, ushbu munosabatlar va aloqalar
boshqaruvning asosiy qismlari hisoblanadi.
Boshqaruv tizimining yagonaligiga vertikal va gorizontal boshqaruv
tashkiliy aloqalari va munosabatlarining о‘zaro hamkorligi orqali erishiladi:
vertikal tashkiliy aloqalar yuqori turuvchi va quyi turuvchi boshqaruv organlari,
rahbarlar va qо‘l ostidagilar о‘rtasida о‘rnatilib, subyektlardan birining
hukumronlik vakolatlariga asoslangan; gorizontal tashkiliy aloqalar esa teng
huquqli subyektlar о‘rtasida shartnoma asosida о‘zaro hamkorlikning uyg‘unligini
ta’minlash mexanizmi sifatida iqtisodiy va ijtimoiy-ruhiy usullardan foydalangan
holda shakllanadi. Uzoq muddatli о‘zaro hamkorlikka nisbatan tashkil etish
tamoyillarini ifodalovchi shartnoma majburiyatlari iqtisodiy va ijtimoiy-ruhiy
mexanizmlarning ta’sirini kuchaytirib, ma’lum muddatga va faoliyatning muayyan
sohalarida ijtimoiy tizim kooperatsiyalashuvchi bо‘g‘inlarining belgilanayotgan
iqtisodiy va ijtimoiy maqsadlarga erishish uchun uyg‘unlashtirilgan о‘zaro
hamkorligi kafolati bо‘lib xizmat qiladi.
Iqtisodiyotni
boshqarishning
ma’muriy-buyruqbozlik tizimi faoliyat
kо‘rsatishi sharoitida hukumronlik xususiyatiga ega bо‘lgan, ya’ni vertikal
munosabatlar ustunlik qildi. Boshqaruvning iqtisodiy usullariga о‘tish gorizontal -
ixtiyoriy, teng huquqli, sheriklik munosabatlari amal qilishi sohasining sezilarli
113
darajada kengayishi bilan bog‘liq. Bunda ularning ustunligi iqtisodiy usullar
rolining oshganligi bilan emas, balki iqtisodiy rivojlanish jarayonining obyektiv
tarzda о‘zaro bog‘langan ishtirokchilarini gorizontal bо‘yicha birlashtirish, takror
ishlab chiqarish barcha bosqichlarining monand ishlashini tashkiliy jihatdan
ta’minlash zarurligi bilan shartlangan.
Boshqaruvni tashkil etishda yakkaboshchilik tamoyili muhim о‘rin tutadi,
ya’ni rahbarlar bilan qо‘l ostidagilar о‘rtasidagi munosabatlar ushbu tamoyil
asosida belgilanadi. Kо‘proq gorizontal aloqalardan foydalanish yо‘lini tutish
subyektlar tomonidan hukumronlik vakolatlari qо‘llanishi zarurligini chetga surib
qо‘ymaydi.
Tashkiliy munosabatlarning nafaqat “tashkil etishni” boshqarish funksiyasi
bilan, balki barcha qolgan funksiyalar bilan ham о‘zaro bog‘liqligi dialektikasi
juda murakkab. Ushbu bog‘liqlikning о‘ziga xos xususiyati, birinchi galda,
tashkiliy munosabatlar subyektlari boshqaruvning barcha funksiyalarini amalga
oshirishida namoyon bо‘ladi. Boshqaruv ishlarining maxsus turlari ularni
bajarishning shunday tashkil etilishini nazarda tutadiki, bunda mazkur
funksiyalarni amalga oshirishning tashkiliy shakllari va usullari ishlab chiqiladi.
Lekin ushbu shakllar va usullarni boshqaruv tizimlarining subyektlari о‘rtasidagi
uzoq muddatli, barqaror bog‘liqliklar kabi tashkiliy munosabatlar bilan bir xil deb
hisoblab bо‘lmaydi. Bunda, boshqaruv funksiyalarini amalga oshirishning tashkiliy
shakllari va usullari tashkilotda о‘rnatilgan aloqalar va munosabatlarga zid bо‘lishi
mumkin. Yuzaga kelgan ziddiyatlarni bartaraf etishda ular о‘zgartiriladi.
Tashkiliy va iqtisodiy munosabatlarning о‘zaro bog‘liqligi kо‘p qirrali.
Birinchidan, yuqorida ta’kidlanganidek, tashkiliy va iqtisodiy munosabatlar
tashkiliy
munosabatlar
subyektlarining
о‘zaro bog‘liqligini ta’minlash
mexanizmining asosiy qismlaridan biri rolida ishtirok etishi mumkin. Ikkinchidan,
ular individlar, guruhlar, jamoalar, jamiyatning iqtisodiy manfaatlarini, demak,
ushbu manfaatlarni qondirishga yо‘naltirilgan iqtisodiy natijalarni amalga oshirish
vositasi hisoblanadi. Tashkiliy munosabatlar, aynan mazkur belgilar bо‘yicha
tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar turiga kiradi.
114
Tashkiliy munosabatlar va aloqalar iqtisodiy obyektlarni va ijtimoiy
tizimlarni boshqarish tashkiliy tuzilmalarining asosiy qismlari hisoblanadi, chunki
ularning ishtirokchilarini birlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: |