122
Korxona - yuridik shaxs huquqiga ega bо‘lgan, mahsulot yoki xizmatlarni
sotuvchi mustaqil xо‘jalik yurituvchi subyekt. Korxona о‘z
tarkibida yuridik
shaxslarga ega bо‘lmaydi. Korxonaning yana bir о‘ziga xos xususiyati shundaki, u
о‘z faoliyatini xо‘jalik hisobi tamoyillari asosida amalga oshiradi.
Mulk shakllariga kо‘ra korxonalar davlat yoki xususiy bо‘lishi mumkin.
Biroq, amaliyotda korxonalarni davlat, xususiy va jamoaviy korxonalar sifatida
tasniflash tez-tez uchrab turadi, bu konstitusiyaviy normaga zid kelmaydi, chunki
jamoaviy mulk - bu jamoa har bir a’zosi mulkining yig‘indisi,
shuning uchun u
xususiy mulkka kiradi. Bundan tashqari, mulkning qо‘shma va aralash shakllarga
asoslangan korxonalar ham bо‘lishi mumkin.
Korxona faoliyat kо‘rsatib turgan korxonalar, birlashmalar tarkibidan
jamoaning tashabbusiga kо‘ra (agar bunga mol-mulk egasi rozi bо‘lsa) bir yoki bir
necha tarkibiy bо‘linmalarning ajralib chiqishi natijasida tashkil etilishi mumkin.
Korxonalar mol-mulkini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat:
muassislarning pul va moddiy badallari; tovarlar
va xizmatlarni sotishdan va
faoliyatning boshqa turlaridan olinadigan daromadlar; qimmatli qog‘ozlardan
olinadigan daromadlar; banklar kreditlari; kapital qо‘yilmalar va byudjetdan
dotatsiyalar; beg‘araz yoki xayriya badallari; qonun bilan ta’qiqlanmagan
boshqa
manbalar.
Birlashma — о‘zaro bog‘langan xо‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab
chiqarish jarayonlarining texnologik umumiyligiga, ishlab chiqarilayotgan
mahsulotning bir xilligiga, birlashayotgan xо‘jalik yurituvchi subyektlarning
hududiy yaqinligiga,
ixtisoslashtirish, ishlab chiqarish, kooperatsiyalash,
kombinatsiyalashning rivojlanganligiga asoslangan yagona ishlab chiqarish -
xо‘jalik majmuidir. Birlashmalarning ikkita ikkita turi mavjud.
1.
Birinchi turning asosida firmalararo kelishuv yotadi, unga kо‘ra taraflar
birgalikda egalik qiladigan yangi kompaniyani
tashkil etmaydi va mavjud
korxonalar aksiyalarini qayta taqsimlamaydi. Ularning munosabatlari shartnoma
bilan tartibga solinadi.
123
2.
Ikkinchi turning asosida ikki yoki bir necha korxonani birlashtirish yotadi,
buning natijasida mustaqil xо‘jalik yurituvchi subyekt hosil bо‘ladi. Birlashma ikki
yoki bir necha yuridik shaxs, jismoniy shaxs yoki tashkilot tomonidan tashkil
etilishi mumkin. Mulk huquqi birlashtirilgan kapitalga qо‘shilgan hissaga
mutanosib ravishda taqsimlanadi. Birlashmalarning eng keng tarqalgan shakllari
jumlasiga quyidagilar kiradi:
konsernlar, korporatsiyalar, xoldinglar, franchayz
birlashmalar, ofshor kompaniyalar, moliya-sanoat guruhlari.
Dostları ilə paylaş: