132
xizmatlarni kо‘rsatish borasidagi barcha harakatlarini bir xillashtirish va
standartlashtirishga yordam beradi. Franchayzer rejalashtirish va boshqarish,
shuningdek savdo operatsiyalarini yuritish yuzasidan maslahat beradi. U
franchayzing bо‘yicha sheriklarga moliyaviy yordam kо‘rsatadi.
Savdo korxonasining faqat franchayzer bilan yoki uning texnologiyasi
bо‘yicha ish yuritish majburiyati franchayzingning muhim sharti hisoblanadi.
Ushbu shaklning afzalliklari jumlasiga quyidagilar kiradi: yirik ixtisoslashgan
firmalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlarning yuqori sifatini ta’minlash
imkoniyati; tovarlar va xizmatlarning standartlashtirilishi; past narxlar; bozor
talablarining imkon qadar hisobga olinishi. Kamchiligi quyidagilardan iborat:
franchayzning о‘z faoliyatida, xususan, foydalaniladigan texnologiyani olishda
cheklanganligi, kichik kontraktlarning rad etilishi, mayda firmalar va tadbirkorlar
mustaqilligining cheklanishi. Franchayz shakliga «Makdonalds», «Koka-kola»
kabi firmalarning jahon bozorlaridagi faoliyati misol bо‘ladi.
Dostları ilə paylaş: