120
1) korxonaning
tashqi muhitini tahlil qilish, u tashqi muhitning
iste’molchilar va ularning ehtiyojlari, korxona mahsuloti narxining hozirgi va
prognoz
qilinayotgan darajasi, investitsiyalarni olish imkoniyati, |talab etiladigan
malakaga ega bо‘lgan ishchi kuchining mavjudligi va korxona joylashgan
mintaqadagi unumdorlik kabi jihatlariga taalluqli;
2)
korxonaning ishlab chiqarish (boshqariladigan)
kichik tizimini tahlil
qilish ishlab chiqarish personali, ishlab chiqariladigan mahsulot, mehnat vositalari
va buyumlari, ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlab chiqarishni tashkil etish
usullarini о‘z ichiga oladi;
3)
korxonani boshqarish tizimini tahlil qilish
- bu korxona faoliyatining
maqsadlari, boshqaruv tamoyillari, boshqaruv tizimi personali, boshqaruvning
funksional va ta’minlovchi
kichik tizimlari, boshqaruv jarayoni va tashkiliy
tuzilmalari, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilish texnologiyasi;
4)
hozirgi va kelgusi talablar nuqtai nazaridan boshqaruv tizimining
kamchiliklarini aniqlash;
5)
loyihalashtirilayotgan boshqaruv tizimiga nisbatan qо‘yiladigan
talablarni ifodalash.
Loyihalashtirishdan maqsad joriy etish uchun tayyor bо‘lgan boshqaruv
tizimi modelini tuzishdan iborat.
Loyihani joriy etish bosqichida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
1)
joriy etishga moddiy-texnik tayyorgarlik kо‘rish,
u alohida binolarni
qurish yoki qayta qurish, loyihada nazarda tutilgan yangi boshqaruv texnik
vositalarini xarid qilish, montaj qilish va sozlashdan iborat;
2)
boshqaruvning yangi tizimi sharoitida personalni ishga ijtimoiy-ruhiy
tayyorlash joriy etilayotgan boshqaruv tizimining butun korxona uchun ham, har
bir alohida xodim uchun ham ustunliklarini tushuntirish
maqsadida turli
seminarlar, suhbatlar va treninglar о‘tkazishdan iborat bо‘lib, bunda personal yangi
tizimda ishlashga moslashadi;
3) boshqaruv kadrlarini tayyorlash ularning malakasini oshirish va ularni
yangi boshqaruv tizimi sharoitida ishlash uchun qayta ixtisoslashtirishdan iborat;
121
4) loyihaning joriy etilishini rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqish loyihani
amalga oshirish vaqti uchun maxsus (о‘quv) mukofotlarni joriy etishdan iborat.
Ushbu mukofotlar,
bir tomondan, personalni innovatsion faoliyatga undashi,
ikkinchi tomondan esa, yangi sharoitda mehnat unumdorligining pasayishi tufayli
ish haqidagi ehtimoliy yо‘qotishlarning о‘rnini tо‘ldirishi lozim;
5) loyihani bevosita joriy etish;
6) uni joriy etish jarayonini nazorat qilish.
Dostları ilə paylaş: