144
intuitiv qarorlar va fikr-mulohazalarga asoslangan oqilona qarorlarga bо‘lish
mumkin.
Intuitiv qarorlar - bu faqat u tо‘g‘riligini his etish asosida qilingan tanlov.
Mazkur holatda qaror qabul qiluvchi shaxs barcha “ham” va “qarshi”larni ongli
ravishda chamalamaydi, balki kо‘pincha hatto vaziyatni
ongli ravishda tahlil
qilishga urinmaydi ham. Yuqori bо‘g‘in menejerlari 80 foizining tasdiqlashlaricha,
jiddiy muammolarni hal etishda, asosan, norasmiy axborot va ichki his-tuyg‘uga
tayaniladi. Lekin bunda shuni hisobga olish lozimki, tо‘g‘ri intuitiv qarorlar
kо‘pincha boy amaliy ish tajribasiga ega bо‘lgan menejerlar tomonidan qabul
qilinadi, ya’ni ongsiz ravishda tо‘plangan va ishlov
berilgan katta hajmdagi
axborot ichki his-tuyg‘uga asos bо‘ladi.
Fikr-mulohazalarga asoslangan qarorlar bilimlar va tajriba bilan
mustahkamlangan, ongli ravishda qilingan tanlovni о‘zida namoyon etadi. Ushbu
holatda inson, hozirgi vaziyatni о‘tmishdagi shunga о‘xshash vaziyatlar bilan ongli
ravishda taqqoslagan holda, kо‘pincha ilgari muvaffaqiyat keltirgan muqobil
variantni tanlaydi. Boshqaruv faoliyatida bunday
qarorlar katta ahamiyatga ega,
chunki rahbar kо‘pincha bir-biriga о‘xshash vaziyatlarga duch kelishiga tо‘g‘ri
keladi. Mazkur qarorlar ikkita yaqkol afzallikka ega:
- ularni qabul qilish uchun faqat rahbarning intellekti zarur, ya’ni ular katta
vaqt sarflarini talab qilmaydi;
- rahbar, u nima uchun aynan ushbu qarorni qabul qilayotganligini
tushuntirish holatiga tushib qoladi, ya’ni bu yerda personalga о‘rgatish holati
ishtirok etadi.
Shu bilan birga, yakka
tartibda qabul qilinadigan, fikr-mulohazalarga
asoslangan qarorlar uchta yaqqol kamchilikka ega:
- ular rahbarning tо‘g‘ri fikriga asoslangan, u haqiqat bilan farq qilishi
mumkin;
- avvalgi tajribadan foydalanish zarurligi qarorlarni asoslash usulini
prinsipial jihatdan yangi vaziyatlarda qо‘llash mumkin bо‘lmasligiga olib keladi;
- avvalgi tajribadan foydalanish “Biz hamma vaqt shunday qilganmiz!”
145
degan yondashuvda о‘z
ifodasini topishi mumkin, bu hol qarorni rahbarga tanish
bо‘lgan yо‘nalishlarga buradi, shu sababdan u о‘ziga ma’lum variantlarga
qaraganda yanada samarali bо‘lishi mumkin bо‘lgan yangi muqobil variantni boy
berishi mumkin.
Oqilona qarorlar xolisona tahliliy jarayon va obyektiv usullar
yordamida asoslanadi. Bunda shuni ta’kidlash lozimki,
qabul qilinayotgan qaror
qanchalik murakkab va kо‘lamli bо‘lsa, uning oqibatlari qanchalik kо‘p sonli
insonlar uchun muhim bо‘lsa, uning ilmiy jihatdan asoslanganligi shunchalik
muhim bо‘ladi va uni qabul qilishda о‘ta ixtiyoriy jihatlarga shunchalik kam yо‘l
qо‘yiladi. Qarorning hayotiy sikli quyidagi bosqichlarga ega:
Dostları ilə paylaş: