154
miqdoriy kо‘rsatkichlarni solishtirish orqali amalga oshiriladi.
Muqobil variantlarni eksperimental tekshirish tamoyilini hamma vaqt
о‘tkazgan ma’qul, lekin u faqat buning imkoni mavjud bо‘lgan hollarda
о‘tkaziladi. Albatta, qabul qilinayotgan yangi avtomobilni ishlab chiqarishni
boshlash tо‘g‘risidagi qaror tajriba modeli bilan eksperimentlar о‘tkazish orqali
tasdiqlanadi. Lekin bunday eksperimentlar qimmat turadi va kо‘p vaqt sarflashni
talab qiladi, shuning uchun avtomobil konstruksiyasiga kiritilgan har bir kichik
yangilikni eksperimental tekshirishdan ma’no yо‘q.
Yagona muqobil variantni tanlash qaror qabul qilish jarayonida amalga
oshiriladi. Agar muammo tо‘g‘ri aniqlanib, qarorning muqobil variantlari puxta
baholangan bо‘lsa, u holda qaror qabul qilish qandaydir qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Biroq, agar muammo murakkab bо‘lib, axborot kо‘proq subyektiv bо‘lsa, u holda
tadbirkor tajribasi, jur’ati va tо‘g‘ri fikrining roli ortadi. Tadbirkorga yagona
muqobil variantni tanlashga yordam beruvchi usullardan biri ranjirlash bо‘lib, u
muqobil variantlarni ularni afzal kо‘rish yо‘sinida tartibga keltirishni о‘zida
namoyon etadi.
Dostları ilə paylaş: