Quduqlarni filtratsiya va geostatik yuklar ta’sirida tog‘ jinslarini mustahkamligi saqlanib qolganda - zich kollektorlar deb ataladi.
Quduqlarni filtratsiya va geostatik yuklar ta’sirida tog‘ jinslarini mustahkamligi saqlanib qolganda - zich kollektorlar deb ataladi.
Kuchsiz sementlangan kollektorlar deb – mustahkam bo‘lmagan tog‘ jinslari, ishlatish jarayonida flyuidlar bilan qum zarrachalari aralashib yer ustiga chiqsa.
Quyidagi gradientlarga mos kelsa yuqori, normal va past qatlam bosimi bo‘lib hisoblanadi.
grad Pqat > 0,1 MPa / 10 m – yuqori.
grad Pqat = 0,1 MPa / 10 m – normal.
grad Pqat < 0,1 MPa / 10 m
Agarda grad Рqat ≤ 0,08 МPа / 10 м bo‘lsa – anomal past bosimli qatlam hisoblanadi.
Agarda grad Рqat ≥ 0,11 МPа / 10 м – anomal yuqori bosimli hisoblanadi. Agarda qatlamning g‘ovakligi (Кg`) yoki yoriqligini (Кyo) o‘tkazuvchanligi mos holda 0,1 mkm2 ва 0,01 mkm2 qiymatga ega bo‘lsa, yuqori o‘tkazuvchan kollektor hisoblanadi. Kg` ва Кyo larni qiymatlari ko‘rsatilgandan kichik bo‘lsa, unda kollektor kam o‘tkazuvchan hisoblanadi.
Quduq konstruksiyasini turini aniqlovchi asosiy omillariga obyektni ishlatish uslubi, kollektorning turi, mahsuldor qatlam tog‘ jinsining mexanik xossalari va ularning joylashuv sharoitlari kiradi.
Mahsuldor qatlam ishlatish usuliga bog‘liq holda alohida, birgalikda va birgalikda – alohida turlarga bo‘linadi. Obyektlarni alohida ishlatishda yuqorida keltirilgan hamma turdagi quduq tubi konstruksiyalarini qo‘llash mumkin (3.1-rasm). Mahsuldor qatlam birgalikda yoki birgalikda alohida ishlatilganda mahsuldor qatlam bir-biridan alohida ajratilgan bo‘lishi kerak, shuning uchun ular bir-biridan butun yoki ichidan kiruvchi tizma bilan ajratilib, sementlanadi.
Ochiq turdagi quduq tubi konstruksiyasini qo‘llanilish shartlari: quyidagi kollektor granulli bir jinsli yoki yoriqli turda, tamponaj materiallarini qo‘llashga yo‘ l qo‘yilmaydi; kollektorning qirqimida yaqin joylashgan suvli yoki gazli qatlamlar mavjud emas, uning tubida suv yo‘ q; kollektor mustahkam tog‘ jinslaridan tashkil topgan; obyektni ishlatishda alohida usullardan foydalaniladi.

Gaz quduqlarining tubini jihozlari ko‘pgina omillarga bog‘liqdir: 1) tog‘ jinsinig litologik va fatsial tarkibiga va sementlanadigan materialga; 2) tog‘ jinsining mexanik mustahkamligiga; 3) qatlamning qirqimi bo‘yicha kollektorlik xossasining har xilligiga; 4) mahsuldor qatlamning qirqimida gaz-, neft- va suvlilikning mavjudligiga; 5) quduqning tuzilmada va gazlilik maydonida joylashuviga; 6) quduqning qanday maqsad uchun (qazib oluvchi, haydovchi, kuzatuvchi) mo‘ljallanganligiga.