d) quduqlarni tugallash usulining oldindan belgilanishi;
e) quduqlarning burg‘ilash usuli;
f) burg‘ilash texnologiyasini, texnikasini tashkillashtirish darajasi va burg‘ilash ishlari olib boriladigan rayonning geologiyasini о‘rganilganligi;
g) burg‘ilash brigadasining malakasi va material-texnik ta’minlanganligining tashkillashtirish darajasi;
h) quduqlarning о‘zlashtirishni texnik usullari, ishlatish va ta’mirlash.
Quduq konstruksiyasining umumiy kо‘rinishi.
Mustahkamlash tizma va burg‘ini o‘lchamini tanlash, sementni ko‘tarish balandligi.
Mustahkamlash tizmalarini va burg‘ini diametri ishlatish tizmasidan pastdan yuqoriga qarab tanlanadi. Ochiq ustun bilan tugallangan quduqni mustahkamlash tizmalarini va burg‘ilarni tanlash ustunini ochiq qismidan boshlanadi. Ishlatish tizmasining diametri quduqni tugallash usuli, ishlatish sharti va burg‘ilash ishlarini buyurtmachisi tomonidan berilishiga bog‘liq.
Burg‘i diametri Db – quyidagicha aniqlanadi: Db=Dm+2σ.
Bunda : Dm –mustahkamlash quvuri tizmasiga tushiriladigan muftaning diametri, mm.
σ – mustahkamlash quvuri muftasi va devori oralig‘idagi masofa kattaligi, mm.
Oraliq kattaligi σ – ning qiymati mustahkamlash quvuri diametri va birikish turi, quduq profili, geologik sharoitlarning murakkabligi, burg‘ilash va oraliqlarni mustahkamlashdagi gidrodinamik bosimiga, oldingi tizmasining boshmoqiga bog‘liq.
σ – ning kattaligi burg‘ilash va mustahkamlash natijalarining tahlili, shu rayonda olib borilgan tanyach –texnologik quduqning o‘tishdagi tadqiqot ishlarini natijalariga muvofiq holda tanlanadi.