Iii ma’ruza. Quduq konstruksiyasi va uning elementlari Reja



Yüklə 30,17 Kb.
səhifə5/13
tarix16.05.2023
ölçüsü30,17 Kb.
#114685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Iii ma’ruza. Quduq konstruksiyasi va uning elementlari-fayllar.org

Yo‘naltiruvchi bashmoq tiqini – mustahkamlash tizmasini bashmoqiga mahkamlanib, uni tushirishda yo‘naltirish uchun xizmat qiladi. Yo‘naltiruvchi tiqin o‘rnatilmasa, tizma bashmoqi quduq devorlaridagi loyli po‘stloqlar va jinslar tizma ichiga kiradi, natijada quduq ustuni kuchli ifloslanadi, tizmani pastki qismiga yopishib qoladi, quduqda patronli qisilmalar paydo bo‘ladi yoki yuvuvchi suyuqliklarni haydash imkoniyati bo‘lmaydi.

Bir necha turdagi yo‘naltiruvchi tiqinlar mavjud: yog‘ochdan, betonli va cho‘yanli;

3.1. Quduq tubi konstruksiyasini jihozlari


  • Quduq tubini konstruksiyasi deganda mahsuldor qatlam oralig‘ini mustahkamligini ta’minlash tushunilib, stvol mustahkamlanadi, bosimli qatlamlar ajratiladi, qatlamga texnik–texnologik ta’sir etishni amalga oshirish, ta’mirlash– bekitish ishlarini hamda optimal debit bilan quduqlarni uzoq muddat ishlatish ta’minlanadi.

  • Neft uyumlarini geologik joylashuvi shartlariga, mahsuldor qatlam tog‘ jinslarining xossasi va kollektorlarning turi bo‘yicha, quyidagi asosiy turdagi ishlatish obyektlariga bo‘linadi.

  • Kollektorlar bir jinsli, mustahkam, granulli yoki yoriqli turda, unga yaqin joylashgan suv bosimli va gazlilik gorizontlari yo‘ q, qatlam tubida suv mavjud emas. Kollektor bir jinsli, mustahkam, granulli yoki yoriqli turdagi. Qatlam usti qismida – gaz do‘ppisi yoki yaqin joylashgan naporli obyektlar mavjud.

Kollektor bir jinsli va tog‘ jinsining litologiyasi bo‘yicha noyaxlit, filtratsiya tasnifi bo‘yicha g‘ovakli kollektorga yoki yoriqli turga mansubdir.


  • Kollektor bir jinsli va tog‘ jinsining litologiyasi bo‘yicha noyaxlit, filtratsiya tasnifi bo‘yicha g‘ovakli kollektorga yoki yoriqli turga mansubdir.

  • Kollektor kuchsiz sementlashgan granulli, katta g‘ovakli va o‘tkazuvchan, normal yoki past qatlam bosimli. Uni ishlatishda qatlam buzilishi yoki quduqdan qum chiqishi mumkin.

  • Quduqlarda mahsuldor qatlamni burg‘ilash boshlanishi bilan quduqni qurish bo‘yicha tugallash ishlari boshlanadi.

  • Quduqlarni tugallashni mas’ul bosqichlaridan biri quduq tubi konstruksiyasini to‘g‘ri tanlanishidir. Birinchi turdagi kollektor ochiq turdagi konstruksiyaga mansubdir, ikkinchisi uchun – aralash turdagi konstruksiya, uchinchi tur uchun – yopiq tubli konstruksiya, to‘rtinchisi uchun qumlarni chiqishini oldini oluvchi quduq tubi konstruksiyasi. 3.1-rasm a-dagi quduq tubi konstruksiyasi yopiq turda bo‘lib, mahsuldor qatlam alohida – alohida ajratiladi. Mahsuldor qatlam obyekti butunlay yoki ichidan kiruvchi tizma bilan bekitiladi va sementlanadi.

Yüklə 30,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin