Iii ma’ruza. Quduq konstruksiyasi va uning elementlari Reja


Smit D.K. (AQSH «Amoko prodekshn» firma) fikriga ko‘ra quduqni samarali sementlash uchun mustahkamlash tizmasi va quduq ustuni xalqa oralig‘idagi masofa 76 mm-dan katta bo‘lishi (kamida 38mm –dan katt



Yüklə 30,17 Kb.
səhifə4/13
tarix16.05.2023
ölçüsü30,17 Kb.
#114685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Iii ma’ruza. Quduq konstruksiyasi va uning elementlari-fayllar.org

Smit D.K. (AQSH «Amoko prodekshn» firma) fikriga ko‘ra quduqni samarali sementlash uchun mustahkamlash tizmasi va quduq ustuni xalqa oralig‘idagi masofa 76 mm-dan katta bo‘lishi (kamida 38mm –dan katta) kerak.

Texnik qoidalarga muvofiq neft, gaz va gazkondensat konlaridagi quduqlarini qurish ishlarida oraliqlarni sementlashda quyidagi talab e’tiborga olinishi kerak:

- konduktor orqasi – quduq tepasigacha sementlanadi;

- neft quduqlarining chuqurligi 3000 metrgacha bo‘lsa, geologik sharoitlardan kelib chiqqan holda tizma bashmogidan 500 metrdan kichik bo‘lmagan masofa sementlanadi;

- razvedkaviy, izlov, parametrik, tayanch gaz quduqlarida chuqurligiga bog‘liq bo‘lmagan holda va neft quduqlarida 3000 metr chuqurlikdan katta bo‘lsa oraliq tizmalari quduq tepasigacha sementlanadi;

- neft quduqlarida ishlatish tizmalarida boshmoqni bekitish hisobiga olingan holda oldingi tizma 100 metrdan kichik bo‘lmagan oralig‘i sementlanadi. Bunday shart gaz va qidiruv quduqlarida shartlardan kelib chiqqan holda, mustahkamlash quvurlarini germetikligini ta’minlashi (payvandli birikmalarni, maxsus yuqori germetikli rezbali birikmalarni va boshqalarni). Boshqa hamma holatlarda sementlashda sement quduq tepasigacha ko‘tariladi.

Ishlatish tizmalarini orqasida sementni ko‘tarilish balandligini aniqlashda quduqni ishlatish davrida paydo bo‘ladigan temperaturani kuchlanishini va bosimini hisobga olish kerak.

Agarda quduq ustunida jadal yutilish zonalari mavjud bo‘lsa, sement ko‘tarish balandligidan kelib chiqqan holda, pog‘onali sementlashni qo‘llash va sementlashda maxsus muftadan, zichligi past bo‘lgan aralashmalardan foydalanish kerak.

Mustahkamlash quvurlarining jihozlari.

Mustahkamlash quvurlarini osti jihozlariga quyidagilar kiradi: boshmoq, yo‘naltiruvchi tiqin, boshmoq yoki qisqa yon teshikli kalta quvurlar, teskari klapanlar, tayanch xalqalar, qattiq xalqalar va turbulizatorlar. Ishlatish va oraliq tizmalari uchun paskti qismini komplekt jihozlari, markaziy chiroqlar va qirgich.


Yüklə 30,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin