Ta’lim metodlari: “Kim hakam” o’yini, “Taqdimot-tadqiqot” usuli, “Piramida” o’yini, “Matn tuzib ko’r, aqling bo’lar zo’r”,“Sinkveyn ” usuli, Psixologik test usullari
Baholash metodlari: “ 5 “ balli tizim
Izoh.Baholash. Har bir o’quvchi to’plagan ball va guruhlar to’plagan ball e’lon qilinadi. Guruhlar bahosi doskadagi “Everest” tog’ cho’qqisiga kim oldin chiqishi bo’yicha yig’ilgan kartochkalar orqali aniqlanadi. G’olib guruhga sovg’alar topshiriladi.
Axborot manbalari va texnik vositalari: 1. A.Nurmonov va boshqalar “Hozirgi o’bek adabiy tili” TOSHKENT — «ILM ZIYO» — 2010; -betlar, 2.N.MAHMUDOV,A.NURMONOV,A.SOBIROV,D. NABIYEVA, A. MIRZAAHMEDOV. Ona tili. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik. To‘ldirilgan va qayta ishlangan 4-nashri Toshkent «Ma’naviyat» 2017.
121-135 betlar.
Videoproyektor, ko’rgazmali qurollar, tarqatma savollar, jadval, nazorat topshirig’I, proyeksion qo’llanma.
Dars turi: nazariy, amaliy
Darsga ajratilgan vaqt miqdori : 80 minut
Uyga vazifa: Mavzuni o’rganish, darslikdagi mashqlarni bajarish.
O’qituvchi: Bozorova G.N
NAZARIY DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
t/r
Mashg’ulot bosqichlari
Ajratilgan vaqt
Mashg’ulot mazmuni
Ta’lim metodlari
Ta’lim vositalari
1.
Tashkiliy qism
10daqiqa
Davomatni aniqlash
O’quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish
Psixologik iqlim yaratish
O’quvchilarni guruhlarga ajratish.
Darsni kundalik hayot bilan bog’lash.
Videoproyektor
2.
Kirish qismi
(Motivatsiya)
10daqiqa
O’tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida “Kim hakam” o’yini olib boriladi. Bunda o’quvchilardan diqqat, tezkorlik, hozirjavoblik talab etiladi, O’quvchi fikrini jamlashga harakat qiladi.O’qituvchi tomonidan ma’lumotlar tezkorlik bilan o’qiladi. Bunda har bir guruh a’zolari to’g’ri ma’lumotlar uchun- “qizil kartochka”, noto’g’ri ma’lumotlar uchun-“sariq kartochka”larini ko’tarishadi. Natijalarni aniqlab borish uchun har bir guruhga nazoratchilar biriktiriladi
“Kim hakam” o’yini
Yozuv taxtasi
Savollar
3.
Yangi mavzuning bayoni
20 daqiqa
Bu bosqichda har bir guruhdan bir nafar o’quvchi yangi mavzu va yangi mavzuni o’tilgan mavzular bilan bog’lash maqsadida doskada taqdimot qilishadi.
O’qituvchi tomonidan yangi mavzu bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlar berib o’tiladi
“Taqdimot-tadqiqot” usuli.
Slaydlar namoyishi
Proyeksion qo’llanma
4.
Mustahkamlash
(Qo’llash)
35daqiqa
Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida
“Piramida” o’yini olib boriladi. Bunda To’rtala guruhga alohida mavzular beriladi, guruh a’zolari berilgan mavzu bo’yicha barcha ma’lumotlarni maxsus kartochkalarga yozichadi va piramida tasvirlangan ko’rgazmaga yopishtirib chiqadilar. Natijalar tekshiriladi noto’g’ri va takrorlangan ma’lumotlar olib tashlanadi va qolgan natijalar hisoblanadi.Eng ko’p ma’lumot yozgan guruhlar taqdirlanadi.
“Matn tuzib ko’r, aqling bo’lar zo’r”.O’quvchilar monitordan uzatilgan rasm asosida berilgan muddatda matn tuzishadi.Tuzilgan matnda undov, modal,taqlid so’zlar ishlatilishi kerak.Mazmunli va alohida olingan so’zlardan ko’p ishlatgan matn egalari g’olib bo’lishadi. ( 10 daqiqa)
“Senkveyn ” usuli.
Bunda har bir guruh o’zining nomiga senkveyn tuzadi. Senkveyn tuzish shartlari quyidagilardan iborat:1-qator. Mavzu bir so’z bilan ifodalanadi (odatda ot tanlanadi) 2-qator. Mavzu ikkita sifat bilan izohlanadi( ikkita sifat tanlanadi)
3-qator. Mavzu doirasidagi xatti-harakatni uchta so’z bilan ifodalanadi(uchta fe’l yoki ravishdosh yoziladi)4-qator. Mavzuga nisbatan munosabatni anglatuvchi va to’rtta so’zdan iborat bo’lgan fikr yoziladi (to’rtta so’zdan iborat jumla yoziladi)
5-qator.Mavzu mohiyatini takrorlaydigan, ma’nosi unga yaqin bo’lgan bitta so’z yoziladi(odatda mavzuga sinonim so’z yoziladi).