IV. “Piramida” o’yini Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida “Piramida” o’yini olib boriladi. Bunda To’rtala guruhga alohida mavzular beriladi, guruh a’zolari berilgan mavzu bo’yicha barcha ma’lumotlarni maxsus kartochkalarga yozishadi va piramida tasvirlangan ko’rgazmaga yopishtirib chiqadilar. Natijalar tekshiriladi noto’g’ri va takrorlangan ma’lumotlar olib tashlanadi va qolgan natijalar hisoblanadi.Eng ko’p ma’lumot yozgan guruhlar taqdirlanadi.Bunda o’quvchilar o’tilgan mavzuni egallaganlik va mavzu bo’yicha tushunchalarni o’zlashtirib olganlik darajasi aniqlash, o’z bilimlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish , o’zlarining bilim darajalarini baholay olish, yakka va guruhlarda ishlay olish , safdoshlarining fikriga hurmat bilan qarash , shuningdek o’z bilimlarini bir tizimga solishga o’rgatadi.
V. “Matn tuzib ko’r, aqling bo’lar zo’r”.O’quvchilar monitordan uzatilgan rasm asosida, berilgan muddatda matn tuzishadi.Tuzilgan matnda undov, modal, taqlid so’zlar ishlatilishi kerak.Mazmunli va undov, modal, taqlid so’zlardan ko’p ishlatgan matn egalari g’olib bo’lishadi. ( 10 daqiqa)
VI. “Sinkveyn ” usuli. Bunda har bir guruh o’zining nomiga senkveyn tuzadi. Sinkveyn tuzish shartlari quyidagilardan iborat:
1-qator. Mavzu bir so’z bilan ifodalanadi (odatda ot tanlanadi)
2-qator. Mavzu ikkita sifat bilan izohlanadi( ikkita sifat tanlanadi)
3-qator. Mavzu doirasidagi xatti-harakatni uchta so’z bilan ifodalanadi(uchta fe’l yoki ravishdosh yoziladi)
4-qator. Mavzuga nisbatan munosabatni anglatuvchi va to’rtta so’zdan iborat bo’lgan fikr yoziladi (to’rtta so’zdan iborat jumla yoziladi)
5-qator.Mavzu mohiyatini takrorlaydigan, ma’nosi unga yaqin bo’lgan bitta so’z yoziladi(odatda mavzuga sinonim so’z yoziladi).
Senkveyn tuzishda guruhdagi barcha o’quvchilarning jamoa bo’lib ishtirok etishi, shu guruh uchun g’oyalar o’zagi bo’lib xizmat qiladi, murakkab axboratni sintezlash uchukn vosita sifatida, o’quvchilar tushunchalarining yig’indisini baholash vositasi sifatida , ijodni taqdim etishning vositasi sifatida namoyon bo’ladi.