Ijtimoiy- gumanitar



Yüklə 1,15 Mb.
səhifə4/6
tarix28.02.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#85971
1   2   3   4   5   6
10-sinf Ona tili fanidan Alohida olingan so\'zlar mavzuda ochiq dars ishlanma

3-guruh:”Shijoat”.
Ajdodlar orzusi bugun ro’yobda, Shijoatli yoshlar bizning jamoada!


4-guruh: “Iqbol”.
Iqboli baland yoshlarmiz, Olg’a qadam tashlaymiz!

- Aziz o’quvchilarim! Men sizning bildirayotgan shijoatingizga, ishonchingizga xursand bo’ldim.Yurtboshimiz ishonchini oqlaydigan, yurtimiz kelajagi ravnaq uchun o’z hissasini qo’shadigan farzandlarsiz. Yurtoboshimiz ”Men sizlarga ishonaman” deganlaridek,bugun men ham sizlardan xursand bo’ldim. Darsimiz jarayonida siz o’z odob-axloqingiz, yuksak ma’naviyatingiz va yurt keljagiga mas’ulligingizni ko’rsata olasiz, deb o’ylayman.Mana bu tog’-“Bilim” choqqisiga chiqishingiz sizning g’alabangiz bo’ladi. (O’qituvchi doskada “Everset” cho’qqisini rasmi tushirilgan plakatga e’tiborni qaratadi)


Men ishonamanki, “Bilim” cho’qqisiga erishmoq uchun: Sizga “BIlimdonlik”, “Omad”, “ Shijoat-u Iqbol” doim yor bo’lsin! O’qituvchi o’quvchilarga “Everest” cho’qqisi misolida baholash tizimini tanishtirib o’tadi.
II. “Kim hakam” o’yini
O’tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida “Kim hakam” o’yini olib boriladi. Bunda o’quvchilardan diqqat, tezkorlik, hozirjavoblik talab etiladi, O’quvchi fikrini jamlashga harakat qiladi.O’qituvchi tomonidan ma’lumotlar tezkorlik bilan o’qiladi. Bunda har bir guruh a’zolari to’g’ri ma’lumotlar uchun- “qizil kartochka”, noto’g’ri ma’lumotlar uchun-“sariq kartochka”larini ko’tarishadi. Natijalarni aniqlab borish uchun har bir guruhga nazoratchilar biriktiriladi.

Ma’lumotlar:

1.So’z leksikologiya va morgologiyada o’rganiladi.(to’g’ri ma’lumot)


2.Grammatika-“harf yozish va o’qish san’ati” .(to’g’ri ma’lumot)
3.Bog’lovchilar qo’llanishiga ko’ra-teng va ergashtiruvchi bog’lovchilardir.(noto’g’ri ma’lumot)
4.Ot, olmosh, harakat nomi, sifatdosh, ravishdoshdan keyin kelib bir so’zni boshqasiga tobelantirib bog’laydigan so’zlar -ko’makchi deyiladi. (noto’g’ri ma’lumot)
5.Ko’makchi, bog’lovchi, yuklamada sof va vazifadosh turlari bor. .(to’g’ri ma’lumot)
6.Bilan, sari, uchun, kabi, haqida, uzra -sof ko’makchilardir. .(to’g’ri ma’lumot)
7.Salom, barakalla, xayr, ofarin-undov so’zlar.(to’g’ri ma’lumot)
8.Qurey-qurey- taqlid so’z.(noto’g’ri ma’lumot)
9.Son, olmosh, bog’lovchi, ko’makchi, yuklama -yasalmaydi, yasalish uchun asos bo’ladi. (noto’g’ri ma’lumot)
10.Aftidan, ehtimol, chamasi, shubhasiz- vazifadosh modal so’zlar. .(to’g’ri ma’lumot)
11.balki- vazifadosh bog’lovchi(bir o’rinda bog’lovchi, bir o’rinda modal so’z) .(to’g’ri ma’lumot)
11.kisht, beh-beh, qurey-qurey – his-hayajon undovlari(noto’g’ri ma’lumot)
12.Yordamchi so’zlarga ko’makchi, bog’lovchi, yuklama kiradi. .(to’g’ri ma’lumot)
13.Ko’makchi o’zidan oldingi va keyingi so’z bilan birgalikda bitta so’roqqa javob bo’ladi.(noto’g’ri ma’lumot)
14.Chunki, zero, zeroki, negaki – sabab bog’lovchilaridir. (to’g’ri ma’lumot)
15.Bilan, ham, u-yu, da, ammo , lekin-vazifadosh bog’lovchilardir. (noto’g’ri ma’lumot)
16.-mi, -chi, -a,-ya , -gina yuklamalari so’zga qo’shib yoziladi. (noto’g’ri ma’lumot)
17.faqat, faqatgina, -gina, -kina, -qina –ayiruv-chegaralov yuklamalari (to’g’ri ma’lumot)
18.-naq –kuchaytiruv-ta’kid yuklamasi (noto’g’ri ma’lumot)
19.g’ishtin, do’ppili, qishki- nisbiy sifatlardir. (to’g’ri ma’lumot)
20.nahotki, faqat, aslo, g’irt –yuklamalardir. (to’g’ri ma’lumot)

III. “Taqdimot-tadqiqot” usuli. Yangi mavzu bayoni.


Bu bosqichda har bir guruhdan bir nafar o’quvchi yangi mavzu va yangi mavzuni o’tilgan mavzular bilan bog’lash maqsadida doskada taqdimot qilishadi.
O’qituvchi tomonidan yangi mavzu bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlar berib o’tiladi.


Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin