Bola yoshligidan oyin, mehnat va oqish faoliyatlarini tengdoshlari bilan
birgalikda tashkil etish asosida ijtimoiy muhitga moslasha boradi. Ijtimoiy muhit
bolaga borliqni anglash uchungina emas, balki ozligini anglash uchun ham
imkoniyat yaratadi. Bolaning doimiy ravishda jamoa orasida bolishi, uning
jamoa
ta‟sirida
shakllanishi
unda
ijtimoiy
faollikni
yuzaga
keltiradi.
Sharq mutafakkirlari jamoaning shaxs kamolotini ta‟minlashdagi orni va
roliga alohida etibor berganlar. Xususan, Abu Ali ibn Sino ijtimoiy muhitning
shaxsni shakllantirishdagi rolini yuqori baholaydi. Tashqi muhit va odamlar
insonning borliq, unda kechayotgan ozgarishlar, jarayonlar mohiyatini
anglashgagina emas, balki uning xulqida yaxshi va yomon sifatlarning
shakllanishiga ham sezilarli tasir etishi, shu bois bolalarni tarbiyalashda u
mansub
bolgan mikromuhit xususiyatini inobatga olishni takidlaydi. Bolani yomon
tasirlardan
saqlash
zarurligini
uqtiradi.
Shuningdek, alloma oqitish samaradorligini taminlashda bolalarga jamoa
asosida
bilimlarni
berishni
maqsadga
muvofiqligini
takidlaydi.
Abu Nasr Forobiyning uqtirishicha, inson blshqalar bilan munosabatda
bolish, ularning yordami va qollab-quvvatlashlarini his etish ehtiyojiga ega. Ana
shu ehtiyojni qondirish yo„lidagi amaliy harakatlar insonni kamolotga
yetaklaydi,
deb hisoblaydi. Abu Rayhon Beruniy esa shaxsning rivojlanishida ozaro
yordam,
hamkorlik, odamlarga nisbatan xayrihohlik uning ijtimoiy muhitdagi roli va
ornini
belgilab beradi.
Dostları ilə paylaş: