Ijtimoiy antropologiya


Insoniyat hayotida tsivilizatsiya va madaniyat o’zaro bog’liq holda



Yüklə 1,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/105
tarix20.11.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#162393
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   105
Ijtimoiy antropologiya

Insoniyat hayotida tsivilizatsiya va madaniyat o’zaro bog’liq holda
rivojlanib kelmoqda. Gap shundaki, odam paydo bo’lgandan beri, ongli o’zini 
o’rab turgan olam oldida, tabiatning dahshatli hodisalari, qahraton sovuq, 
jazirama issiq oldida ojiz, himoyasiz, yalong’och bir mavjudod edi. Biroq odam 
barcha tirik mavjudodlardan o’z ongliligi bilan ajralib turardi, hammasidan 
ustun edi. Inson ongliligi tufayli uchun yashash uchun kurashdi, o’zini o’rab 
turgan tabiatga ishlov berib, asta-sekin o’zi zarur qulayliklar yaratib bordi. Bu 


qulayliklar yaratilishi usuli, mazmun-mohiyatiga ko’ra tsivilizatsiya yoki 
madaniyat atamalari bilan tushuntiriladi. 
 
Insoniyat tomonidan yaratilgan ov va mehnat qurollari, olovdan 
foydalanishni o’zlashtirish, chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik, kiyim-
bosh, uy-joy, yirik suv inshootlari, binolar, mashinalar, texnika taraqqiyoti, 
transport, aloqa, maishiy xizmat vositalari kabilar tsivilizxatsiya tushunchasiga 
kiradi.Demak, tsivilizatsiya deganda insonlar o’zlari uchun yaratgan jismoniy 
qulayliklar, moddiy ehtiyojlarini qondiruvchi moddiy-texnik vositalar 
tushuniladi. 
Madaniyat esa yashash uchun kurashning ruhiy, ma’naviy usulidir. 
Masalan, odam yirtqich hayvonlardan himoyalanish usulini, ya’ni tsivilizatsiya 
yo’lini topishi mumkin. Lekin inson o’limdan o’zini saqlay olmaydi, o’lim haq. 
Demak, odam o’zini o’zartirishi, o’lim vasvasi bilan doimo dahshat ostida 
bo’lmasligi, unga ko’nikishi zarur bo’ladi. Bu sohada madaniyat harakatga 
keladi. Madaniyat insonlarga ruhiy, ma’naviy qulayliklar yaratadi, shaxsni, 
uning tabiat haqidagi tafakkurini o’zgartiradi, insonda ichki barqarorlikni 
shakllantiradi. Ma’naviyat orqali inson o’lim dahshatini engadi, kezi kelganda 
Vatani, xalqi uchun o’limga ham tik boradi. Ibtidoiy jamiyatdagi sehrgarlik, 
jodugarlik, afsungarlik, hozirgi zamon dinlari, xalq qo’shiqlari, adabiyot, san’at 
axloq-odob va boshqalar-bularning hammasi madaniyat sohasiga kiradi. Agar 
tsivilizatsiya insonning moddiy ehtiyojlarini qondirsa, madaniyat uning 
ma’naviy ehtiyojlarini qondiradi. 
Tsivilizatsiya so’zi lotincha grajdanlik, davlatchilik so’zidan kelib chiqqan. 
Tsivilizatsiya so’zi lotincha grajdanlik, davlatchilik so’zidan kelib chiqqan. 
Tsivilizatsiya so’zi ma’rifatparvarlarning XVI-asrdan boshlab urushlarsiz hamda 
mutaasib ruhoniylar ta’siridan ozod jamiyat uchun kurashishlari jarayonida 
fanga kirib keldi. Tsivilizatsiya so’zi jamiyat taraqqiyotining darajasini 
belgilovchi tushunchadir. Tsivilizatsiya so’zi jamiyat taraqqiyotidagi uchta katta 
davrning (yovvoyilik, vahshiylik va tsivilizatsiya) oxirgisi bo’lib, u yozuvning, 
davlatning, huquqiy tartib-qoidalarning kelib chiqishidan, ya’ni bundan 6 ming 
yillar muqaddam (Misrda) boshlangan. Tsivilizatsiya boshlanishi bilan turli xil 
dinlar, gumanistik va ahloqiy qadriyatlar keng tarqala boshlaydi. Tsivilizatsiya 
barcha mintaqalarda birdaniga boshlanmagan, turli mintaqalarda birin-ketin 
vujudga kelgan, albatta. 
Tsivilizatsiya madaniyat tushunchasi kabi insoniyat taraqqiyotining 
mahsuli. Qadimgi davrlarda Qadimgi Misr tsivilizatsiyasi, O’rta dengiz 
tsivilizatsiyasi, Hind tsivilizatsiyasi, Markaziy Osiyo tsivilizatsiyasi ayrim 
hududlarda, bir-biri bilan u qadar bog’lanmagan holda shakllangan bo’lsa, XVI-
XX asrlarda umumjahon tsivilizatsiyasi shaklida mujassamlashdi. Dunyoda 
ilg’or fan, texnika, texnologiya, axborot vositalari asosida ish yuritayotgan, 
ma’rifatparvar, demokratik jamiyat, huquqiy davlat qurgan mamlakatlar mavjud, 
ular haqiqiy tsivilizatsiya yo’liga kirib bormoqdalar. Jumladan, mustaqil 
O’zbekiston ham yuksak tsivilizatsiya demokratik jamiyat qurish yo’lidan 
bormoqda. 


Madaniyat va tsivilizatsiya o’rtasida mantiqiy birlik, umumiylik mavjud, 
negaki ularning har ikkalasi ham inson faoliyatining mahsulidir. Ham moddiy, 
ham ma’naviy taraqqiyotning boshida insonlarning ma’naviy tafakkuri, 
niyatlari, g’oyalari, qylari, loyoihalari, mo’ljallari turadi, so’ngra ular moddiy 
shaklda namoyon bo’ladi. Bunga nafaqat texnik inshootlarining, shuningdek 
badiiy asarlarining yaratilishi ham misol bo’la oladi. Masalan, Amir Temur 
haykalida, avvalo, yaratuvchining ma’naviy tafakkuri, loyihasi, mo’ljali, so’ngra 
ularning moddiy shaklga kirgan ajoyib moddiy monumentni ko’ramiz. 

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin