Ijtimoiy antropologiya



Yüklə 1,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/105
tarix20.11.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#162393
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   105
Ijtimoiy antropologiya

4.
 
XX asr boshlarida madaniyat rivojlanishidagi yangi 
yo‘nalishlar 
 
Madaniy jarayonning o’ziga xosligi shundaki, madaniyat hodisasi har doim 
shakl va mazmun, borliq va munosabat, narsaning mavjudligi va uning ramziy 
mazmuni uyg’unligiga ega bo’ladi. Moddiy madaniyat va ma’naviy – 
madaniyatning asosiy ikki sohasi bo’lib, bir-biri bilan o’zaro aloqada, o’zaro 
ta’sirda va bir-birini taqazo qilgan holda rivojlanadi. Moddiy madaniyat har 
doim ma’lum bir ma’naviy madaniyatning timsoli hisoblanadi, o’z navbatda 
ma’naviy madaniyat ham qaysidir narsa, belgi, ta’sir, ramzlarda moddiy 
uyg’unlikda mujassam bo’ladi.
Moddiy madaniyatning ma’naviyatdan tarixan ayriligi faqat insoniyat 
taraqqiyotining boshlang’ich davrlarigagina xosdir. Jamiyatda ma’naviy faoliyat 
maxsus sohaga aylangach axloqiy mezonlar, din, san’at, huquq, siyosat, fan 
shakllanib, ma’lum doiradagi kishilar bu soha bilan shug’ullana boshladi.
Uzoq vaqtlar fanda madaniyat deganda faqat ma’naviy madaniyat ko’zda 
tutildi. Negaki, borliqni haqiqat, yaxshilik, go’zallik belgilaydi deb 
hisoblashgan. Shuning uchun, birinchi o’rinda ilmiy tadqiqotlarning asosi fan 
axloq, nafosat bo’lib keldi. Natijada, jamiyatning moddiy hayoti, uning 
iqtisodiyotini o’rganishga e’tibor berilmadi. Moddiy madaniyat tadqiqot uchun 
qiziqarsiz, hisoblangan. 
Industrial jamiyatning vujudga kelishi, uning texnikaviy taraqqiyoti 
texnologiyalarni tezda almashishi madaniyatshunoslarni insoniyatning barcha 
moddiy madaniyatini o’rganishga majbur qildi.
Kishilarning amaliy qayta o’zgartiruvchilik faoliyati, ularni ijtimoiy ishlab 
chiqarish va takroriy ishlab chiqarish bilan bog’liqligi moddiy madaniyatning 
o’ziga xos sohalarga bo’linishi madaniyatshunoslikda muayyan tadqiqotlarga 
zaruriyat tug’dirdi.
Moddiy madaniyatning 
birinchi katta sohasi
bu mehnat qurollari ishlab 
chiqarishning barcha vositalari, turar joylar, aloqa vositalari, texnika qurilmalari. 
Xullas, sun’iy sharoitda yaratilgan narsalarning barchasi, shuningdek moddiy 
madaniyatning bu qismi ishlab chiqarish texnika madaniyati yoki jamiyat 
hayotining moddiy texnika asosi deb ataladi. Ishlab chiqaruvchi texnika 
madaniyatining maxsus qismini ishlab chiqarish texnologiyalari, mehnat 
faoliyatida ishtirok etuvchilarning ijodiy ko’lami, ularning texnik bilimi, ishlab 
chiqarish madaniyati, jismoniy ruhiy imkoniyatlari tashkil qiladi. 
Moddiy madaniyatning 
ikkinchi sohasi
ijtimoiy hayot va uning barcha 
tarmoqlarining me’yoriy haqiqatini ta’minlovchi ko’plab ijtimoiy institutlar, 
tashkilot va muassasalar faoliyati bilan bog’liq. Bu turli hokimiyat tuzilmalari va 
unga munosib boshqaruv shakllari, ijtimoiy tashkilotlar, ta’lim, yosh avlodni 
tarbiyalash va ta’lim berish, sog’liqni saqlash va dam olish, bo’sh vaqt va 
ko’ngil ochish muassasalari tizimi kabi barcha ijtimoiy institutlar amalda 
jamiyat madaniyatini saqlaydi, o’zgartiradi va qayta shakllantiradi.
Moddiy madaniyatning 

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin