tomonidan yaratilgan mustaqil madaniyatlar manbai ham
mavjud. Insonning ideal dunyosi – bu uzluksiz harakat shaklining benihoya
rang-barangligi, murakkab me’yor, munosabatlar darajasiga ega bo’lgan
obrazlar rivoji va vazifasi, tiplarning voqelik bilan aloqasidir.
Ma’naviy faoliyatning turli shakllari mavjud, biroq, ularning barchasi ilk
butunlik elementlari bo’lib qoladi. Fan, din, falsafa, san’at, axloq, huquq,
siyosat, mafkura, milliy o’zlik ma’naviy madaniyatning aniq shakllari
hisoblanadi. Alohida shakldagi ma’naviyatning xususiyati maxsus tuzilish va
ma’lum vazifalar majmuidan iborat, har birining o’ziga xosligida ifodalanadi.
Ma’naviy madaniyatning ayrim shakllari (fan, san’at) faoliyatning barcha turlari
qorishib ketadi. Madaniyatdagi hayratlanarli funktsional haqqoniylik shuki,
unda hech bir ortiqcha, shunchaki narsa yo’q, barcha madaniyat hodisasi o’zaro
foydali umumiy aloqadorlikda kechadi. Tadqiqotchilar madaniyatining turli
funktsiyalarini ko’rsatadilar. Jumladan:
Olamni o’zlashtirish va qayta o’zgartirish; bunda mavjud narsalarning
jismoniy talablarini, shuningdek ijoddagi hayotiy talablarni qondirish zarurati
bilan bog’liq.
Himoya-moslashuv vazifasi; jamiyat va atrof muhit o’rtasidagi
muvofiqlikni saqlash. Ushbu funktsiya uzoq vaqt qiyin tabiiy sharoitlarda barcha
yangi himoya vositalarini ishlab chiqishda va ko’niktirishda (olov, turar joy,
kiyim, dehqonchilik va hok.) odamning omon qolishini ta’minlaydi. Keyingi
vaqtlarda o’ta jiddiy bo’lib turgan muammo tabiatni himoya qiluvchi vositalarni
yaratish, bunda ekologik tafakkurning keng ko’lamda yoyilishini amalga
oshirish zarur.
Signifikativ funktsiya (belgilash, ro’yxatga olish mazmunida):-mazmun,
ma’no, nom, belgilar ko’lamini ishlab chiqish vositasida dunyoning qiyofasida,
voqelikni belgi tizimining yaratilishi. Sezgilar ham, tashqi idrok ham, na
shuurning bevosita kechinmalar holidagi yig’indisi ham yo’nalishni aniqlash
tizimini insonga ta’minlab bermaydi. Bu vazifani ma’lumotlarni o’zida
saqlamasdan, nazariy modellar va axborotlar bilimini to’plashni vujudga
keltirish uchun faqat material bo’lib xizmat qiluvchi mazmun beradi.