Ijtimoiy antropologiya



Yüklə 1,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/105
tarix20.11.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#162393
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   105
Ijtimoiy antropologiya

- «Gominizatsiya» - 
urug’doshchilik xususiyatlarini o’rganish. Madaniyat 
«aqilli odam» uchun xos bo’lgan nutq, narsalarni ramziy ifodalash (yoki 
mavhum tafakkur) xususiyatlarini har bir odam o’rganishiga imkon yaratadi.
- Sotsializatsiya – 
(umumlashtirish) – jamiyat hayoti uchun uning haqiqiy 
a’zosi sifatida zarur hisoblangan ma’lum miqdordagi shartlarni o’zgartirish. Bu 
funktsiya idrok, tafakkur, nutq, so’zlarni qo’llanilishi, ohangi, imo-ishora va 
shama, tipik hodisalarga munosabat tarzi, shuningdek, talab va qadriyat 
yo’nalishlari 
tizimini 
shakllantirish 
kabi 
andozaviy 
usullarning 
mustahkamlanishi bilan bog’liq. 
- Inkulturatsiya – 
avvalo o’z xalqining, keyin esa umuminsoniy madaniy 
merosga (aralashish) munosabatda bo’lish (Bu jarayonni muhokama qilishga 
alohida mavzu bag’ishlanadi). 
- Individualizatsiya -
madaniyat ma’lum shaxslar qobiliyati, iqtidori, 
xususiyatini o’ta rivojlantirishga mo’ljallangan. Shaxs madaniyati qolgan barcha 
madaniyatlar doirasida – (jamiyat, insoniyat) eng asosiy bo’g’in bo’lib, bu har 
bir aniq shaxs madaniyatining barkamollik darajasiga jamiyat yoki butun 
insoniyat madaniyati bog’liq bo’lishini bildiradi.
Har qanday jamiyat ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismi, boy bilim 
olami bo’lib, u insonni qaerda yashashi va harakat qilishini, umuman, dunyodagi 
va jamiyatdagi o’rnini belgilashga yordam beradi. Madaniy qadriyatlar inson 
uchun o’ta shaxsiy mazmun va mohiyat kasb etib, inson u orqali boshqa kishilar 
bilan, butun jamiyat bilan munosabat o’rnatadi. Qadriyatlar jamiyat manzur 
bo’luvchi axloq shakllarini yaratishda insonga yordam beradi. Taxsinga loyiq 
joyi shundaki, insonda boshqalarga nisbat munozarali emas, balki muloyim 
munosabat 
shakllanadi. 
Munozaralar 
tug’ilgan 
hollarda 
jamiyatni 
mustahkamlashga munosib bo’lgan bartaraf qilishning qulay usullari topiladi.
Jamiyat, avvalo tarixning muayyan bir taraqqiyoti bosqichida tabiatan 
ajralib chiqqan moddiy dunyoning tarkibiy qismi bo’lib, rivojlanuvchi kishilar 
hayotiy faoliyatlarining majmuidir. Shuningdek, jamiyat kishilik tarixining 
muayyan bosqichi yoki ijtimoiy tizimning aniq tipi. Ishlab chiqarish 
munosabatlarining majmui ijtimoiy munosabatlar deyiluvchi jamiyatni, ya’ni 
tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichidagi jamiyatni vujudga keltiradi.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin