Ijtimoiy antropologiya



Yüklə 1,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/105
tarix20.11.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#162393
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   105
Ijtimoiy antropologiya

4.
 
Millatlararo munosabatlarning o‘z-o‘zini tartibga solish 
modellari: assimilyatsiya, «eritish qozoni», madaniy plyuralizm va «o‘zak 
periferiya»: amalga oshirish misollari.
 
Madaniyat va sivilizatsiya. Moddiy va ma’naviy madaniyat. Ma’naviy 
madaniyatning tarkibiy tuzilishi. “Madaniy hayot” va “Ijtimoiy hayot” 
tushunchalari. Sotsiomadaniyat, submadaniyat, sub’ektiv madaniyat, ekologik 
madaniyat va texnomadaniyat. Jahon xalqlarining madaniyatidagi o’ziga xoslik 
va umumiylik. Hozirgi sharoitda universal texnologiyalar, axborot tarqatishning 
globalllashuvi. XX asr boshlarida madaniyat rivojidagi yangi yo’nalishlar. 
Submadaniyat atamasi boʻlib, jamiyat madaniyatining keskin farqlanuvchi bir 
qismini anglatadi. Submadaniyat ichida oʻziga xos kiyinish, jargon, hatti-harakat 
va boshqa madaniy normalar boʻlishi mumkin. Submadaniyatlar milliy, 
demografik, professional, geografik va boshqa asoslarda shakllanishi 
mumkin. Bundan tashqari yoshlar orasidagi submadaniyatlar alohida ajratiladi. 
Fanda, odamlar o’rtasidagi muloqatda madaniyat so’zi bilan bir qatorda 
kultura so’zi ham ishlatiladi. Kultura so’zi lotincha “culture” so’zidan olingan 
bo’lib, “ishlov berish”, “ekib o’stirish” ma’nosini bildiradi. Rus faylasuflari N. 
Berdyaev va V. Rozinovlar “kultura” so’zining “kult” ya’ni diniy ibodat, 
sig’inish so’zidan kelib chiqqanligini qayd etganlar. 
Hozirgi paytda insoniyat faoliyatining ko’pgina sohalarida madaniyat yoki 
kultura so’zi qo’llaniladi. Qadimgi Rimda madaniyat deganda shaxsning 
tarbiyalanganligi, ma’rifatlilik darajasi tushinilgan. Keyinroq madaniyat 
deganda shaxsning qadr-qimmati, takomilligi tushinilgan. Nemis faylasufi F. 
Shiller kishilardagi insoniylik fazilatlarini, uning ichki dunyosi, ma’naviylik 
darajasini madaniyat deb tushuntirgan. Amerikalik madaniyatshunos olim 
Eduard Teylor (1832-1917) madaniyat atamasini ilm-fanga kiritdi. Teylor 
o’zining “Pervobo’tnaya kultura” asarida: “madaniyat keng ma’noda kishining 
jamiyat a’zosi sifatida o’zlashtirgan bilimi, e’tiqodi, san’ati, axloq-odobi, qonun-
qoidalari va boshqa bir qator qobiliyatlari va odatlari yig’indisidan tashkil 
topadi”, deb ta’kidlaydi. 
Faylasuf va madaniyatshunos V.M. Rozin iborasi bilan aytganda “qancha 
yirik madaniyatshunos bo’lsa shuncha nazariyalar, tushunchalar mavjud”. , 
Teylo zamonida madaniyatning 7 ta ta’rifi bo’lgan bo’lsa, 1950 yillarda uning 
soni 150 taga, hozirgi kunda esa madaniyatga berilgan tushunchalar soni 400 
taga etadi. Bu ta’riflar umumlashtirilsa madaniyat so’zining ma’no-mazmunini 
o’uyidagicha tushunish mumkin.: 
1. Madaniyat – uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida insoniyat tomonidan 
yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar, asori-atiqalar yig’indisi. 


2. Madaniyat – u yoki bu jamiyatga xos falsafiy qarashlar, ilm, fan, maorif, 
san’at, axloq, din, huquq, siyosat maishiy xizmat ko’rsatish darajasini aks 
ettiruvchi omillar, ijtimoiy taraqqiyot daoajasi. 
3. Madaniyat- insonlar hayotida, jamiyat rivojida shakllangan milliy, 
umuminsoniy qadriyatlar majmui. 
4. Madaniyat – har bir kishining tarbiyalanganligi insoniylik fazilatlari va 
ijodiy faoliyatining ifodasidir. 
Madanyatning qo’llanilishiga qarab shaxsiy, oilaviy, kasbiy, tabaqaviy, 
milliy madaniyat, jamiyat madaniyati, umuminsoniy madaniyat kabi shakllarga 
bo’lib o’rganish ham mumkin. Kundalik hayotda “muomala madaniyati”, 
“mehnat madaniyati”, “nutq madaniyat”, “ishlab chiqarish madaniyati” , 
“xizmat ko’rsatish madaniyati”, “dam olish madaniyati”, “huquqiy madaniyat” 
kabi tushunchalar ham qo’llaniladi. 
Madaniyat inson hayotida muhim vazifalarni bajaradi. Ular orasida 
quyidagilarni alohida ta’kidlab ko’rsatish mumkin. 
Madaniyat, avvalo, ijtimoiy vazifalarni, ya’ni shaxsni, odamni inson qilib 
shakllantirish va tarbiyalash vazifasini bajaradi. Madaniyat har bir shaxsning 
insoniyat yaratgan bilimlarni, ma’naviy qadriyatlarni, tartib-qoidalarni 
o’zlashtirib olish, tarbiyalash, jamiyatning to’la huquqli a’zosi sifatida faoliyat 
yuritish qobiliyatini shakllantirish vazifasini bajaradi. Insonning tabiat
hukmronligidan ajralib chiqishi madaniyatga xos ayrim elementtlarning 
shakllanishi bilan birga sodir bo’ladi. Aynan madaniyat orqali har bir shaxs 
jamiyatda to’plangan tajribalarni, an’analar va urf-odatlarni turmush tarzini 
o’zlashtiradi, ular keyingi avlodlarga etkaziladi. 
Madaniyat axborotlarni o’zlashtirish, bilish, tushunish vazifasini bajaradi. 
Madaniyat inson uchun dunyoni bilish, dunyo to’g’risida turli ma’lumotlar, 
axborotlar olish, ularni avlodan avlodga o’tib borishini ta’minlaydi. 
Madaniyat tartibga soluvchi vazifani ham bajaradi, ya’ni kishilar 
o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni belgilangan tartib-qoidalar, axloqiy-huquqiy 
normalar asosida tartibga solishga xizmat qiladi.
Madaniyat kishilar o’rtasida qzaro fikr almashuv bilan bog’liq bo’lgan, 
aloqa uchun xizmat qiladigan vazifani bajaradi. Bu borada til asosiy vosita rolini 
o’ynaydi. Gap shundaki, madaniyatning bir qator sohalari – fan, san’at, texnika 
va boshqalarning o’ziga xos tili bo’lib, ularni bilmasdan turib madaniyatni 
to’laligicha bilib bo’lmaydi. 
Madaniyat aksiologik vazifani ham bajaradi, ya’ni kishilar tomonidan 
moddiy, ma’naviy, estetik, axloqiy qadriyatlarni egallashga, yomondan yaxshini, 
bema’ni, xunuk narsalardan go’zallikni ajrata bilishga ko’maklashadi. 
Madaniyat ijodkorlikni rivojlantirish vazifasini ham bajaradi. Insonni 
mavjud madaniyatga tanqidiy-ijodiy qarash, isloh qilish, takomillashtirish, yangi 
bilimlar, qoidalar, qadriyatlar, tartib-qoidalar yaratishga undaydi. 
Madaniyat kishilardagi jismoniy va ruhiy toliqishni haydash, hordiq 
chiqarish, tiklanish, kayfiyatini ko’tarish yo’lidagi tadbirlar, o’yinlar tashkil 
etuvchi vazifalarni ham bajaradi. 


Madaniyat doimo taraqqiy etuvchi ko’p qirrali jarayon, uning tarkibiga 
kiruvchi elementlari o’zgarib turadi. Shu jihatdan tadqiqotchilar madaniyatni 
o’ziga xos belgilari, sifatida qarab bir necha turlarga bo’ladilar.Madaniyatga 
tsivilizatsion nuqtai nazardan yondoshuvchi nuqtai nazardan yondoshuvchi 
mutaxassislar insoniyat bir necha tsivilizatsiyalarni bosib o’tganligini 
ta’kidlaydi. 
Madaniyatni tili, dini, an’analari, qadriyatlari, iqtisodiyoti yaqinligini 
inobatga olib milliy, mintaqaviy, davriy jihatdan bir necha turlarga bo’lish keng 
tarqalgan. Milliy madaniyatda diniy, axloqiy, badiiy, moddiy, geografik 
yaqinlik, umumiylik nazarda tutiladi. Madaniyatni irqiy omilni nazarda tutgan 
holda bo’lish holatlari ham uchraydi. Frantsuz faylasufi J. Gobino jamiyat, 
madaniyat, din, til to’laligicha irqiy jihatlar bilan bog’liq, madaniyat mavjud 
tabiiy sharoit bilan bog’liq deb tushuntiradi va Evropa madaniyatini negroid 
madaniyatda eng yuqori, ustun darajada deb hisoblaydi. 
XX asrning ikkinchi yarmida ayrim mutaxassislar jamiyat va madaniyat 
sohasida yuz bergan o’zgarishlarni tushuntirish uchun kontkultura, subkultura 
tushunchalarini qo’llay boshladilar. Kontkultura deganda hukmron madaniyatga 
qarshi nazariyalar, qadriyatlar, falsafiy, badiiy qarashlar, ideallar tushuniladi. 
Subkultura deganda jamiyatdagi turli sinflar, tabaqalar, guruhlarga xos madaniy 
jihatlar hisobga olinadi. Shuningdek qashshoqlar, kambag’allar, o’rta tabaqalar, 
yuqori tabaqalar, jamiyatdagi elita qatlamlari madaniyati degan tushunchalar 
ham ishlatiladi. Masalan, ayrim tadqiqotchilar kambag’al tabaqalar madaniyati 
shaxsiy gigienadan tortib bilim darajasigacha bo’lgan sohalarda past saviyada 
namoyon bo’ladi, deb tushuntiradilar. Jamiyatni umumiy madaniyat asosida 
birlashtirishga intiluvchi ommaviy madaniyat mavjudligi haqida fikr 
bildiruvchilar ham bor. 
Yoshlar orasida modaga berilgan xotin-qizlar, ayrim muzikaga berilgan 
yoki alohida jargon bilan gaplashishni xush ko’radigan subkulturalar haqida 
ham fikr mavjud. Shahar madaniyati, qishloq madaniyati, kasb madaniyati, ular 
o’rtasidagi farqlar haqida ham gapiriladi. Bularning hammasi madaniyatning 
murakkab tarkibiy tizimdan iborat ekanligini ko’rsatadi. 
Madaniyatshunoslik fanida shaxs kamolati muhim masaladir. Shaxsning 
barkamol inson bo’lib etishishida tarixiy, ijtimoiy-madaniy muhitning ta’siri 
katta. Inson ma’lum ijtimoiy-madaniy muhitda dunyoga keladi, go’daklik 
chog’idayoq shaxs ijtimoiy- madaniy muhitni tayyor holda topadi. Mavjud 
ijtimoiy-madaniy muhit ta’sirida shaxs ijtimoiy shaxsga aylanadi. Shaxsning 
ijtimoiylashuvi madaniy-ijtimoiy muhit yaratgan va rioya qilinadigan 
qadriyatlarni, urf-odatlarni, ahloq-odobni, moddiy va ma’naviy boyliklarni, 
g’oyaviy andozalarni o’zlashtirish, qabul qilish orqali sodir bo’ladi, shaxs inson 
sifatida shakllanadi. Shu bilan birga shaxsda o’tkinchi ehtiyojlarni- yurist, 
iqtisodchi, injener, vrach, pedagog, san’atkor bo’lish, boy bo’lish, amaldor 
bo’lish, shon-shuhrat qozonish, turli unvonlar olish va boshqa ehtiyojlarni 
qondirish kabi istaklar ham paydo bo’ladi. Buning uchun ta’lim muassasalarida 
qunt bilan o’qib, dunyo va jamiyat, ularning taraqqiyot qonunlari to’g’risidagi 


umumiy bilimlarni egallash, maxsus kasbiy fanlarni o’rganish, izlanish, hayotiy 
tajriba orttirish, intellektual salohiyatga ega zarur bo’ladi. 
Madaniyat kishinig nafaqat ijtimoiylashuvini, shuninigdek jamiyat bilan 
integratsiyalashuvni ta’minlaydi. Madaniyat insonga barkamollikka erishishga, 
ijodiy kuchlarini namoyon etishga ko’maklashadi. Shaxsning madaniy darajasini 
baholashda uning aqli, tafakkuri, ongi, axloqi, xulq-atvori ham muhim o’rin 
tutadi. Madaniyat insoning yashirin, betakror individuval xususiyatlari, 
qobilyatlarini ro’yobga chiqarish, o’stirish va rivojlantirishga yordam beradi. 
Shaxsni barkamol qilib etishtirishda jamiyat madaniyatning bir qator 
tizimlari alohida ahamiyatga ega. Masalan:

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin