Ijtimoiy antropologiya



Yüklə 1,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/105
tarix20.11.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#162393
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   105
Ijtimoiy antropologiya

Munozara uchun savollar. 
4.
Madaniyat so’zining ma’nosi? 
5.
Z.Freyd nazariyasini aytib bering? 
6.
Olov qachon kashf etilgan? 
Adabiyotlar. 
1.
Belik A.A. Kulturnaya(sotsialnaya)antropologiya. – M., 2009. 
2.
Orlova E.A. Vvedenie v sotsialnuyu i kulturnuyu antropologiyu. 
M.,1994
3.
Xolbekov A., Idirov U. Sotsiologiya. T., 1999. 
4.
Ionin L.G. Sotsiologiya kulturo’. M., Logos, 1996. 
5.
Sotsiologiya. Osnovo’ obhey teorii. – M., 1998. 
6.
Frolov S. Sotsiologiya. – M., 1999. 
Elektron resurslar. 
http:G’G’www.isea.ruG’russianG’structureG’acadG’philG’kursG’phil04.htm  
http:G’G’scvr.sarnode.ruG’eduG’distG’socio_workG’market.html  
http:G’G’www.cep.tomsk.ruG’sir1.html  
http:G’G’www.sinor.ruG’~rangerG’Socis.html  
http:G’G’www.nir.ruG’socioG’scipublG’socjour.htm
http:G’G’win.www.nir.ruG’socioG’scipublG’sjG’97-4.htm  
 
6-mavzu: Ijtimoiy antropologyada individning ijtimoiylashuvi va 
inkulturatsiyasi (2 soat) 
Reja: 
1.
 
Avlodlararo vorisiylikni ta’minlashda madaniyatning roli 
(tajribani uzatish, ramziy dunyo mazmunini belgilash va tashkil etish 
mexanizmlari). 
2.Madaniyatdagi inson obrazi tarbiya jarayonining dominantasi 
sifataa (Evropa madaniyati misolida). 
3.
 
 Etiket tizimlari. Shaxsning axloqiy ijtimoiylashuvi darajalariga 
oid Kolberg chizmasi. 
4.
 
Marginal shaxs, uning tavsifi, rivojlanish variantlari. 
Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bolib, psixologik jihatdan taraqqiy 
etgan, 
shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, 
muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bolgan jamiyatning a‟zosini 
ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bolishi uchun psixik jihatdan 
rivojlanishi, 
ozini yaxlit inson sifatida his etishi, oz xususiyatlari va sifatlari bilan 
boshqalardan 
farq 
qilmogi 
kerak. 
Bola ma‟lum yoshga qadar “individ” sanaladi. Individ (lotincha “individium” 
sozidan olingan bolib, «bolinmas», «alohida shaxs», «yagona» manolarini 
anglatadi) xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta oluvchi 
biologik 
mavjudotdir. 


Individuallik esa shaxsning oziga xos xususiyatlari bolib, uning namoyon 
bolishi tarbiya jarayonini amalga oshirishda bola shaxsini puxta organish, uning 
yashash sharoitlaridan yetarli darajada xabardor bolish va ularning hisobga 
olinishini 
taqozo 
etadi. 
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit 
sharoitlari va tarbiya kerak boladi. Ana shular tasirida odam inson sifatida 
rivojlanib 
boradi 
va 
shaxsga 
aylanadi. 
Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual osishida namoyon boladigan 
miqdor va sifat ozgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. 
Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan 
yangi holatlarga otish, yangilanish, yangining paydo bolishi, eskining yoqolib 
borishi, 
miqdor 
ozgarishining 
sifat 
ozgarishiga 
otishini 
ifodalaydi. 
Rivojlanishining manbai qarama-qarashliklarni ortasidagi kurashdan iboratdir. 
Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy 
talimotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. 
Demak, 
uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim 
ahamiyatga 
ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning
rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda tasir etadi, ularni 
birbiridan 
ajratib 
bolmaydi. 
Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan 
birga 
boshqa 
fojiali 
holatlar, 
kasalliklar 
ham 
tasir 
etadi. 
Inson butun umri davomida ozgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik 
jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq 
bolsa, u jamiyat azosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar 
tizimida oziga munosib orin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya tasiri ostida 
boradi. Shaxsning fazilatlarini togri korish va bexato baholash uchun uni turli 
munosabatlar 
jarayonida 
kuzatish 
lozim. 
Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini togri hal etish uchun uning xulqiga 
tasir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. 
Shaxs psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti 
harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi muayyan jamiyat azosi bolib, 
uning shakllanishi ijtimoiy munosabatlar jarayonida kechadi. Mazkur jarayonda 
qatnashish asosida u jamiyat tomonidan tan olingan manaviy-axloqiy, 
shuningdek, 
huquqiy meyorlar mohiyatini ozlashtiradi. Jamiyatning azosi sifatida uning 
ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotini ta‟minlovchi mehnat faoliyatini yolga qoyadi. 
Shuningdek, shaxsiy ehtiyojlari, manfaatlarini qondirish yolida ham atrofdagilar 
bilan 
munosabatga 
kirishadi. 
Shaxs ijtimoiy muhitdan uzilgan holda mavjud bola olmaydi. Buning misoli 
sifatida R.Kipling tomonidan yaratilgan asardagi Mauglini keltirish mumkin. 
Garchi, inson bolasi bolsada, ijtimoiy munosabatlar jarayonida ishtirok etish 
konikma va malakalari shakllanmaganligi bois odamlar hayotiga moslasha 
olmaydi. 


Bola yoshligidan oyin, mehnat va oqish faoliyatlarini tengdoshlari bilan 
birgalikda tashkil etish asosida ijtimoiy muhitga moslasha boradi. Ijtimoiy muhit 
bolaga borliqni anglash uchungina emas, balki ozligini anglash uchun ham 
imkoniyat yaratadi. Bolaning doimiy ravishda jamoa orasida bolishi, uning 
jamoa 
ta‟sirida 
shakllanishi 
unda 
ijtimoiy 
faollikni 
yuzaga 
keltiradi. 
Sharq mutafakkirlari jamoaning shaxs kamolotini ta‟minlashdagi orni va 
roliga alohida etibor berganlar. Xususan, Abu Ali ibn Sino ijtimoiy muhitning 
shaxsni shakllantirishdagi rolini yuqori baholaydi. Tashqi muhit va odamlar 
insonning borliq, unda kechayotgan ozgarishlar, jarayonlar mohiyatini 
anglashgagina emas, balki uning xulqida yaxshi va yomon sifatlarning 
shakllanishiga ham sezilarli tasir etishi, shu bois bolalarni tarbiyalashda u 
mansub 
bolgan mikromuhit xususiyatini inobatga olishni takidlaydi. Bolani yomon 
tasirlardan 
saqlash 
zarurligini 
uqtiradi. 
Shuningdek, alloma oqitish samaradorligini taminlashda bolalarga jamoa 
asosida 
bilimlarni 
berishni 
maqsadga 
muvofiqligini 
takidlaydi. 
Abu Nasr Forobiyning uqtirishicha, inson blshqalar bilan munosabatda 
bolish, ularning yordami va qollab-quvvatlashlarini his etish ehtiyojiga ega. Ana 
shu ehtiyojni qondirish yo„lidagi amaliy harakatlar insonni kamolotga 
yetaklaydi, 
deb hisoblaydi. Abu Rayhon Beruniy esa shaxsning rivojlanishida ozaro 
yordam, 
hamkorlik, odamlarga nisbatan xayrihohlik uning ijtimoiy muhitdagi roli va 
ornini 
belgilab beradi. 

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin