shahar hisoblanadigan madaniy jamiyat ichidagina qo‘lga kiritish mumkin. To‘liqsiz jamiyatlar
7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI.
JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI
105
insonni takomillashtirishga qobil emaslar»
2
. Forobiyning bu fikrlari
Platon va Aristotelning
jamiyatga oid qarashlaridan farq qiladi, chunki u jamiyatdagi o‘zgarishlarni inobatga olgan.
Jamiyatni to‘liq va to‘liqsizga ajratar ekan, Forobiy shahar to‘liq jamiyatning birinchi bosqichidir
deb e’tirof etadi. Platon va Aristotel esa to‘liq jamiyatni shahar bilan chegaralaganlar va shahar
insoniyat jamiyati
takomilining oxirgi darajasi, jamoaviy baxt saodatning bosh markazi deb
ta’kidlaganlar.
Forobiy esa, butun dunyodagi jamiyat haqida fikr yuritib,
uning xukmdori
qandaydir alohida olingan xalq, qavm yoki jamoa boshlig‘i emas, balki butun madaniy dunyodir
deb ta’kidlaydi va bu fikri bilan yunon faylasuflaridan ilgarilab ketadi.
Dostları ilə paylaş: