Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə200/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

10-MAVZU. 

MANTIQ 

ILMINING 

PREDMETI, 

ASOSIY QONUNLARI.


TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 

152


Bo‘lishning ikkita turi mavjud: asos bo‘lgan belgining o‘zgarishiga qarab bo‘lish va 
dixotomik bo‘lish. Birinchi turida predmetning birorta umumiy belgisi bo‘lish uchun
asos qilib olinib, uning o‘zgarishiga muvofiq holda predmetlarning ayrim guruhlari 
aniqlanadi. Masalan, burchakning o‘zgarishiga qarab «uchburchak» tushunchasi
uchta tur tushunchaga: «to‘g‘ri burchakli uchburchak», «o‘tmas burchakli 
uchburchak», «o‘tkir burchakli uchburchak»larga ajratiladi. Bo‘lish asosi qilib
bo‘linuvchi tushunchaning mazmunida fikr qilinadigan har qanday umumiy belgini 
olish mumkin. Masalan, «uchburchak» tushunchasini tomonlariga qarab «teng
tomonli uchburchak», «teng yonli uchburchak», «turli tomonli uchburchak» 
tushunchalariga ajratish mumkin.
Tushunchaning qaysi belgisini bo‘lish asosi qilib olish bo‘lishda hal qilinishi lozim 

bo‘lgan vazifaga bog‘liq. Lekin qanday vazifani hal qilishdan qat’i nazar, bo‘lish


o‘zining ob’ektiv asosiga ega bo‘lishi lozim, ya’ni bo‘lish asosi bo‘lgan belgi 
predmetning umumiy belgisi bo‘lishi shart.
Dixotomik bo‘lish bo‘linuvchi tushunchani o‘zaro zid bo‘lgan ikkita tur tushunchaga 

ajratishdan iborat. Masalan, barcha kishilarni «dindorlar» va «dindor emaslar»ga


ajratsak, dixotomik tarzda bo‘lgan bo‘lamiz. Dixotomik bo‘lish bir qator 
qulayliklarga ega. Xususan, bunda biz bo‘linuvchi tushunchaning barcha turlarini
ko‘rsatib o‘tirmasdan, o‘zimizga kerakligini ajratamiz, qolganlarini unga zid bo‘lgan 
tushunchaga birlashtiramiz. SHu bilan birga dixotomik bo‘lish ma’lum bir
kamchiliklarga ham ega. Masalan, inkor tushunchaning hajmi noaniq bo‘ladi. Undan 
tashqari, dixotomik bo‘lishdan faqat bir marta foydalangandagina kutilgan
maqsadga erishish mumkin. Agar, bo‘lish a’zolaridan biri, ayniqsa, inkor 
tushunchani o‘z navbatida bo‘linuvchi tushuncha deb qabul qilib, bo‘lish amalini
davom ettirsak, xato natijalar kelib chiqishi mumkin. 
Bo‘lish amali to‘g‘ri borishi uchun ma’lum bir qoidalarga rioya qilish kerak. Ular 

bo‘lish qoidalari deb ataladi.


A.

Bo‘lish teng hajmli bo‘lishi, ya’ni bo‘lish a’zolari hajmlarining yig‘indisi 


bo‘linuvchi tushuncha hajmiga teng bo‘lishi kerak. Bu qoida buzilsa, bo‘lish
to‘liqsiz yoki ortiqcha bo‘lib qoladi. Birinchi xil xatoda ba’zi bo‘lish a’zolari 
ko‘rsatilmay qoladi. Masalan, «fe’l zamonlari» tushunchasini «o‘tgan zamon fe’li»
va «hozirgi zamon fe’li» tushunchalariga ajratsak, ana shunday xato ro‘y beradi. 
CHunki «kelasi zamon fe’li» tushunchasi qolib ketgan. Ikkinchi xil xatoda esa
ortiqcha bo‘lish a’zosi ko‘rsatilgan bo‘ladi. Masalan, «bilish» tushunchasini «hissiy 
bilish», «tafakkur», «nazariy bilish»ga ajratib bo‘lmaydi. CHunki «nazariy bilish»
bu erda ortiqchadir. 
B.
Bo‘lish bir asos bo‘yicha amalga oshirilishi lozim. Boshqacha aytganda, asos
qilib olingan belgi bo‘lish davomida boshqa belgi bilan almashtirilmasligi zarur. 
Masalan, «Qonun» tushunchasini «Tabiat qonuni», «Jamiyat qonuni», «Bilish
qonuni», «Statistik qonun», «Dinamik qonun» tushunchalariga bo‘lsak, xato qilgan 
bo‘lamiz. CHunki bu erda bo‘lish asosi bir emas, ikkita. Birinchi uchta bo‘lish a’zosi





Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin