Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Mustaqil ta’lim talabaning bajaradigan ilmiy izlanishi bo’lib, “Falsafa” fanini o’rganishda fanning
biror bir mavzusini to’laroq o’zlashtiradi va mavzu belgilangan shaklda bajariladi. Mustaqil ishni
bajarishdan maqsad, talabaning o’qishi davomida olgan bilimini mustahkamlash,
chuqurlashtirish va
umumlashtirishdan iboratdir.
Mustaqil ta’limni tashkil etishning mazmuni: talabalar mustaqil ishlari mavzulari kelgusida fanni
yuqori darajada o’zlashtirishlariga, dunyoqarashida, mustaqil fikrga ega bo’lishlarida,
tabiatga estetik
jihatdan munosabatda bo’lishida katta ahamiyatga ega.
Talabaning amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rishi, oraliq nazoratlarda, yakuniy nazoratda
va boshqa mustaqil shug’ulanishini o’z ichiga oladi.
Mavzuni yoritish jarayonida O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va Qarorlari,
Vazirlar Mahkamasi Qarorlarining asosiy mazmuni
talabalarga yetkazilishi, ularning mavzuga oid
qismlaridan ko’chirmalar tarqatma material sifatida o’rganilishi tavsiya etiladi.
Qonun hujjatlarni
o’rganishda axborot tizimlaridan foydalanish mumkin. Shuningdek, qo’shimcha ravishda internet saytlari
ma’lumotlaridan samarali foydalanish, O’zbekiston Respublikasida amalga
oshirilayotgan islohotlar
bo’yicha yangi ma’lumotlarni olib foydalanishlari lozim.
Mustaqil ta’limni tashkil etish orqali fan mazmunini boyitish va uning ma’lumotlarini yangilab
borishda axborot resurslaridan foydalanishni yo’lga qo’yish; fanning mazmunini yanada takomillashtirish
maqsadida tavsiya etilgan chet el adabiyotlari ma’lumotlaridan foydalanish va fanni chuqurroq o’rganish;
talabalar fanni mukammal o’zlashtirish maqsadida mazkur fanga oid ma’lumotlarni hal qilish yo’llarini
izlab topish va muammolarni maqolalar orqali yoritishlar ham kiradi.
Dostları ilə paylaş: