Taqrizlar portfoliosining namunaviy tarkibi:
bajarilgan ishlar sifati bo‘yicha taqrizlar;
qo‘shimcha ta’lim muassasasining ijodiy guruhlaridagi ishlari, ilmiy-amaliy
anjumanlardagi chiqishlari bo‘yicha taqrizlar.
talabaning o‘z faoliyati bo‘yicha xulosalari, baholari;
keyingi faoliyati yoki keyingi bosqichdagi o‘qishni qanday tashkil etish bo‘yicha
talabaning o‘z xulosalari;
amaliyotlar bo‘yicha tavsiya xatlar;
boshqa sohalar bo‘yicha taqriz va xulosalar.
Yuqorida taklif etilgan portfolio modellarini tahlil qilgan va chuqur o‘rgangan holda
murakkab portfolio, ya’ni barcha modellarni birgalikdagi shaklida yoki oddiy, ushbu
portfolioning bittasini yuritish mumkin.
Amalda portfolioning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin:
4.«Portfolio-kollektor».
Bu portfolio talaba muallif bo‘lmagan materiallardan iborat bo‘ladi.
Bunga o‘qituvchi tomonidan tavsiya etilgan adabiyotlar, qo‘llanma va ko‘rsatmalar, elektron
o‘quv adabiyotlari, o‘quv-vizual materiallar, maqolalar, lug‘atlar yoki talabaning o‘zi mustaqil
topgan adabiyotlar hamda boshqa o‘quv materiallari kiradi.
5.«Jarayon portfoliosi»
talaba tomonidan o‘quv, uslubiy, ilmiy-izlanish, ijodiy, axborot va
ijtimoiy loyihalarni bajarish jarayonida erishgan bilimi va malakalarini mustaqil qo‘llash
malakasini namoyish qiladi. Portfolio talabaning loyihalash jarayonidagi barcha bosqichlarni:
muammoni aniqlash, loyihani ishlab chiqish, loyiha bo‘yicha faoliyatni rejalashtirish va tashkil
etish, texnologik bosqich (loyihani amalga oshirish), yakuniy bosqich, taqdimot va loyihani
baholashni o‘z ichiga olishi kerak.
6.«Ko‘rsatkichlar portfoliosi»
talabaning biror bir soha bo‘yicha mahoratini va
ko‘rsatkichlarini jamlash hamda ko‘rsatish maqsadida yaratiladi. Unga talabaning o‘zi yoki
ustozi tomonidan tanlagan eng yaxshi ijodiy ishlaridan namunalar qo‘yiladi.
|