MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI
Talaba portfoliosini yaratish bo‘yicha tavsiyalar
337
Portfolio tarkibi quyidagi materiallardan iborat bo‘lishi mumkin:
Titul varaqa - «
portfolio»ni nomi, talaba f.i.sh., fanning nomi, «portfolio»ni yuritish
davri (semestr yoki o‘quv yili), boshlanish va tugash sanasi, o‘qituvchi f.i.sh.
«Portfolio» tarkibi:
fan bo‘yicha talabaning erishgan yutuqlari (shaxsiy faoliyat natijalari tahlili,
nimani o‘zlashtirish oson, nima qiyin kechyapdi, ushbu qiyinchiliklar mohiyati nimada va
b);
yozuvlar, ma’ruzalar, uy vazifalari (fanning turli bo‘limlari bo‘yicha kamida 8 ta
topshiriq beriladi, albatta bunda mustaqil fikrlash qobiliyati, fikrlarning originalligi
hisobga olinadi, talaba bitta muammo yoki topshiriq echimining turli xil yo‘llarini
ko‘rsatishi zarur;
nazorat va mustaqil ishlar (kamida 3 ta mavzu bo‘yicha 5-6 ta mustaqil
ish);
testlar;
axborot texnologiyalaridan foydalanish (axborot texnologiyalari foydalanilgan
kamida 2 ta misol, dasturiy material);
guruhiy loyihalar (talaba ishtirok etgan har bir loyiha batafsil yoziladi);
sizning sevimli ishingiz;
talaba faoliyati bo‘yicha baholar (o‘qituvchi va ekspertlar bahosi).
Portfolio bo‘yicha izohlar.
Taqdimotga tavsiya etilayotgan «Portfolio» materiallari
puxta o‘ylangan, «portfolio»da keltirilgan barcha materiallar bo‘yicha muallifning shaxsiy
fikrlari yoritilgan bo‘lishi zarur. U talabaning ushbu fan bo‘yicha olgan bilimlari, bo‘sh
tomonlari, kelajakdagi rejalarining to‘liq mazmunini ko‘rsatishi lozim.
|