Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə53/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

3-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI:


G‘ARB 


FALSAFASI 

45
Dastlab mana shu oqimga mansub bo‘lgan K. Marks (1818-1883) va F. Engels (18201895) 


keyinchalik materialistik jihat va ateistik tamoyillar ustuvor bo‘lgan, qaramaqarshiliklarning


kurashi tamoyili mutlaqlashtirilgan o‘z ta’limotini ishlab chiqdilar. Uning asosiy nazariyalarini 
hayotga tatbiq qilishga da’vat qildilar. Ularning ta’limoti marksizm falsafasi degan nom oldi.
Keyinchalik bu falsafa sotsialistik lager deb atalgan mamlakatlarda davlatning mafkuraviy 
doktrinasiga aylandi, «ilmiy kommunizm» g‘oyalari asosida insoniyat tarixining tabiiy jarayonini
proletariat diktaturasi deb atalgan davlat va hokimiyat yuritish usuli orqali zo‘rlik bilan o‘zgartirish 
ta’limotini ko‘pchilik ommaga, siyosiy partiyalarga, mafkuraga singdirishga harakat qildi.
Yangicha falsafiy tafakkurga asos solgan olimlar orasida ko‘pchilik nemis olimi Artur 
Shopengauer (1788 — 1860) qarashlarini tilga oladi. Shopengauer olamdagi barcha mavjud
narsalarni irodaning namoyon bo‘lishi, irodani esa ongsiz ko‘r-ko‘rona intilish tarzida tushunadi. 
Maxluqotlarning instinktlari, xatti-harakatlari — irodaning namoyon bo‘lishidir. Inson faoliyati
ham aqldan begona bo‘lgan irodaning natijasidir. Shuning uchun inson mohiyati irrotsional asosga 
ega. Aql esa tasodifiydir. Inson hayoti doimo aylanib turgan iroda g‘ildiragiga bog‘liqdir.
Shopengauer ta’limotini davom ettirgan nemis faylasufi Fridrix Nitsshe (1844-1900) 
fikricha, «borliqning eng chuqur mohiyati hokimiyatga erishish uchun bo‘lgan irodadir.» Nitsshe
inson borlig‘ida maxluqlik va xoliqlikni birlashib ketganini asoslab byerishga harakat qildi. Uning 
diyorimizda bundan ikki yarim ming yil muqaddam shakllangan zardushtiylik ta’limotini o‘rganib
yaratgan «Zardusht tavallosi» asarida kuchli shaxslarni tarbiyalash g‘oyasi ilgari surilgan. U o‘z 
ortidan irodasiz kishilar ommasini yetaklashga qodir bo‘lgan irodasi kuchli shaxslarni tarbiyalash
tarafdori bo‘lgan. Nitsshening sivilizatsiya va madaniyatning so‘nishi va barham topishi 
to‘g‘risidagi g‘oyasiga asoslanib, 1918 yilda G. Shpenglyer «YYevropaning so‘nishi» degan
asarini yozadi.
O‘tgan asr oxiri olimlari ijtimoiy inqiroz va ma’naviy turg‘unlikdan chiqishning yo‘lini
Farbda klassik falsafiy myerosga murojaat etishda va uni qayta tiklashda ko‘rdilar. Shu zaylda 
«Orqaga Kantga» shiori ostida neokantchilik, «Orqaga Hegelga» shiori ostida esa neohegelchilik
paydo bo‘ldi.
Neotomizm — XX asrdagi eng yirik diniy-falsafiy oqim bo‘lib, u o‘rta asrlardagi (XIII asr)
Foma Akvinskiyning ta’limotini qaytadan tikladi. U (neo — yangi, tomizm — «foma», 
transkripsiyada «toma» bo‘lib o‘zgargan) Foma Akvinskiyning yangi, zamonaviy ta’limoti
demakdir. Bu ta’limotga ko‘ra, ilm va e’tiqod o‘rtasida to‘la muvofiqlik, uyg‘unlik bor. Ular 
birbirini to‘ldirib turadi, har ikkisi ham xudo tomonidan byerilgan xaqiqat.
Neotomizm vakillari fikricha, ilm etmagan joyda e’tiqod qo‘llanishi kyerak. Lekin bu e’tiqod 
ko‘r-ko‘rona, shunchaki ishonch bo‘lmay, balki mantiqan tyeran anglangan e’tiqod bo‘lishi
kyerak. Xudoning mavjudligini falsafa turli mantiqiy usullar orqali isbot qilishi lozim. Shunday 
qilib, falsafaning vazifasi dinga xizmat qilishdan iboratdir.
Neotomistlar dunyoni, jamiyatni xudo yaratgan, jamiyat taraqqiyoti xudoning rejasi asosida 
boradi, deydilar. Diniy teologiya oqimi bo‘lganligidan neotomizm albatta, ilohiy qadriyatlarni
ustuvor qo‘yadi. Ammo u din va uning jamiyatdagi o‘rniga, o‘zining nomi kelib chiqishiga sabab 
bo‘lgan, Foma Akvinskiy zamonidan farqli yondoshadi. Fomadan keyingi davr Yevropada
xristianlikning sofligini saqlash g‘oyasi, asta-sekin mutlaqlashib, o‘rta asr aqidaparastligining 
ma’lum ko‘rinishlaridan biri-inkvizitsiyaga olib kelgan edi. Bu esa hurfikrlilik, ilm-fandagi
yangilikka qarshi kurashga aylanib ketgan edi. Lekin inson huquqlari, fikr yerkinligi demokratiya 
belgisiga aylangan XX asrda bunday o‘taketgan aqidaparstlikka o‘rin yo‘q. Neotomizm hozirgi





Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin