to’rtinchi soha – odamlar hayoti va faoliyatining umumiy sharoitlarini ta‘minlaydigan infrato’zilma (yo’l-transport xo’jaligi, aloqa, moddiy texnika xizmati, mahsulotni saqlash tizimi, ombor va tara xo’jaligi)dan iborat.
Ishlab chiqarish infratuzilmasi bevosita ishlab chiqarishga xizmat qiladigan tarmoqlarni, ijtimoiy infratuzilma odamlar turmush faoliyatining umumiy sharoitlarini ta‘minlaydigan sohalrni (uy-joy, madaniy maishiy xizmat, savdo, umumiy ovqatlanish va boshqalarni) o’z ichiga oladi. Masalan, qishloq xo’jaligida yerni unumdorligi bilan bog’liq bo’lgan ishlarga 75 mlrd so’mdan ortiq mablag’ o’zlashtirildi. Bu mablag’ni ko’p qismi kollektor-drenaj tarmoqlarini qayta tiklash va tozalash, pudratchi va suv xo’jaligi tashkilotlarini lizing asosida zamonaviy texnika bilan ta‘minlashga ishlatildi.
Prezidentimiz ta‘kidlaganidek: “Qishloqni yangilash va qayta qurish chora-tadbirlari tizimida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish juda katta ahamiyatga ega”. Shu sababli respublikada qishloq ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish hamda qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta‘minlash Dasturini amalga oshirish bo’yicha 2009 yilda bir qator ishlar amalga oshirildi va davom ettirilmoqda.
O'zbekistonda agrar islohotlar vа ularni chuqurlashtirishning asosiy yo'nalishlari Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.Karimov so'zlagan nutqida iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasining ustuvor yo'nalishlariga to'xtalib, "Qishloq xo'jaligida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish vа uning barqaror rivojlanishini ta'minlash bundan buyon ham g'oyat muhim masala bo'lib qoladi,"2 - deb ta'kidladi vа mavjud muammolarning yechimini topishni ХХI asr boshidagi dolzarb masala qilib qo'ydi.
O'zbekistonda agrar islohotlarning negizi yerga bo'lgan mulkchilik masalasidir. Respublika Konstitutsiyasida yer xususiy mulk qilib sotilishi mumkin emasligi, balki uni uzoq muddatli ijaraga shartlari bilan topshirish mumkinligi ta'kidlangan.
XULOSA Mustaqillik yillarida viloyatimizda qishloq xo`jaligi sohasiga bozor tamoyillarini joriy qilish va mulkchilik shakllarini to`liq o`zgartirish bilan tub islohotlar o`tkazildi, natijada xo`jalik yuritishning yangi shakllari paydo bo`lib, ular qishloq xo`jaligi iqtisodiyotining rivojlanishida o`z aksini topdi.
Paxta monokulturasidan chekinish, oziq-ovqat mahsulotlari, birinchi navbatda don mahsulotlari bilan o`zini-o`zi ta`minlash hamda oziq-ovqat mustaqilligiga erishish, qishloq xo`jaligini rivojlantirish strategiyasining asosiy tamoyillari bo`lib hisoblanadi.
Yuqoridagi ma’lumotlardan xulosa qilib aytganda, qishloq xo’jaliklaridan to’lig’icha kengroq foydalanib agrobiznesni rivojlantirish mumkinligi ko’rsatilib o’tildi. Barcha sohalarda bo’lgani kabi bugungi kunda qishloq xo’jaligida agrobiznesni rivojlantirishda raqamli tehnologiyalarni yo’lga qo’yilib borilmoqda.
Albatta, yuqorida sanab o‘tilgan maqsad va vazifalar ro‘yxati yetarlicha keng qamrovli ko‘rinishi mumkin. Biroq ularning yechimlari to‘la hayotiy bo‘lib, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilishni tezlashtirish hamda raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek mamlakat iqtisodiyotidagi agrobiznesning tarkibiy o‘zgarishlar uchun o‘ta muhim.
Ayni vaqtda ishlab chiqilayotgan 2019-2030 yillarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish milliy strategiyasi mazkur sohada Jahon banki guruhi hamda boshqa xalqaro hamkorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishga tayyor bo‘lgan islohotlarni amalga oshirish uchun asosiy hujjatga aylanishi lozim. Uning qabul qilinishi va keyinchalik hukumat tomonidan amalga oshirilishi yuqorida tilga olingan vazifalarni mamlakatni rivojlantirish va O‘zbekiston xalqi farovonligini oshirish uchun iqtisodiy imkoniyatlarga aylantirishga zamin yaratadi. Agrobiznesni rivojlantirishda innovatsion usullarini joriy etish orqali qishloq xo’jalik korxonalarini shartsharoitlarini o’rganish, usullarini joriy etish biz kabi mutaxassislarning muhim vazifasi hisoblanadi.
Fermerlar o‘zlarining yerga bo‘lgan huquqi daxlsiz ekaniga to‘liq ishonmas ekan, ular mehnat samaradorligini oshirish hamda mahalliy hokimiyat foydalanishga taqdim etilgan yerlar hosildorligini yaxshilashga sarmoya kiritmaydi. Fermer xo‘jaliklari faoliyatini nazorat qilishning ushbu eskirgan tizimi ularning rivojlanishlari uchun halokatli darajada zararli bo‘lib, fermerlarning mahalliy hokimiyatlardanfoydalanish uchun olgan yerlarga sarmoya kiritishga bo‘lgan rag’batini so‘ndiradi. Bugungi kunda davlat tomonidan mahsuldorlikka qarshi xizmat qilayotgan mazkur amaliyotdan vozkechish zarur. Mamlakatimiz bug’doy va paxta uchun davlat narxining pastligi hisobiga fermerlarni soliqqa tortishni bekor qilish orqali davlat xarajatlarining samaradorligini tezda oshirishi mumkin. O‘zbekiston asosiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ichki narxlari xalqaro darajadan past bo‘lgan dunyodagi kam sonli mamlakatlardan biri sanaladi.
Mazkur davlatga uzoq muddatli istiqbolga ega tarmoqni rivojlantirishga qaratilgan byudjet harajatlarini kamaytirish uchun qisqa va o‘rta muddatli istiqbolga ega qishloq xo‘jaligini davlat Bizning fikrimizcha quyidagi takliflar amaliyotga tadbiq etilsa, agrobiznesni rivojlantirish orqali qishloq xo’jaligini ham rivojlantiramiz. tomonidan moliyalashtirish hajmini oshirish kerak. Bunda asosiy e’tiborni byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish va ulardan foydalanish samaradorligiga qaratish zarur.
Agar dehqon xo‘jaliklarining ehtiyojlariga e’tibor qaratilmasa, qishloq xo‘jaligi eksporti faqat kichik fermerlar va agrotashkilot guruhlari uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi va mazkur fermerlar guruhining inklyuziv iqtisodiy rivojlanishi uchun ajoyib imkoniyat qo‘ldan boy beriladi. Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va oziq-ovqat mustaqilligini ta`minlash bo`yicha qishloq xo`jaligini strategik rivojlantirish doirasida o`tkazilgan kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida, so`nggi yillarda sohada yuqori sur`atlargaerishildi.
Viloyatda ekin maydonlari tarkibiy tuzilmasini oziq-ovqat ekinlari maydonlarini kengaytirish hisobiga bosqichma-bosqich maqbullashtirish bo`yicha aniq maqsadli yo`naltirilgan chora-tadbirlar ko`rilmoqda, shuningdek dehqon va fermer xo`jaliklarida chorva mollari va parrandalar bosh sonini ko`paytirishni rag`batlantirish bo`yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tahlillar natijalari, fermer xo`jaliklarida asosan paxtachilik, donchilik, meva-sabzavotchilik va dehqonchilikning boshqa yo`nalishlari, dehqon xo`jaliklarida esa chorvachilikning yuqori sur`atlarda rivojlanayotganligidan dalolat bermoqda. Viloyat aholisini dehqonchilik mahsulotlari bilan ta`minlash asosan fermer xo`jaliklari tomonidan, chorvachilik mahsulotlari bilan ta`minlash esa dehqon xo`jaliklari tomonidan amalga oshirilayotganligi kuzatilmoqda.
Agrosanoat majmuasining uchinchi sohasi qishloq хо'jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi, qayta ishlovchi va tayyor mahsulotlarni iste'molchiga yetkazib beruvchi tarmoqlar va korxonalarni o'z ichiga qamrab oladi. Paxta, go'sht va sut zavodlari, meva sharbatlari chiqaruvchi zavodlar, yog'-moy kombinatlari, jun, kanop, pillani qayta ishlash korxonalari, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yoki ularni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarni saqlaydigan korxonalar, ularni sotish bilan shug'ullanuvchi korxonalar shu sohaning tarkibiy qismlari hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023.
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. Ta’lim to‘g‘risida. 2020 yil 23 sentyabr O‘RQ-637-son.
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. Innovatsion faoliyat to‘g‘risida. Toshkent sh., 2020 yil 24 iyul, O‘RQ-630-son.
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida. Toshkent sh.,2019 yil 29 oktyabr,O‘RQ-576-son
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida. Toshkent sh.,2016 yil 13aprel, O‘RQ-404-son.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. Toshkent sh., 2020 yil 5 oktyabr, PF-6079-son.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida. Toshkent sh., 2022 yil 28 yanvar, PF-60-son.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi. 2020 yil 24 yanvar. //Xalq so‘zi, 2020 yil 25 yanvar. 19-son.
Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017.
Mirziyoev Sh.M.Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017.
Mirziyoev Sh.M. erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017.
Gulyamov S.S., Ayupov R., Abdullaev A.M. Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari. –T.: TMI, 2019.
Gulyamov S.S. Aql kapitalini rivojlantirish uchinchi renesansning eng ustuvor vazifalaridan sanaladi//Xalq so‘zi, 2022 yil 5 aprel, № 70 (8132).
O‘lmasov A., Vahobov A Iqtisodiyot Nazariyasi-T:TMI, 2019