Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


I BOB. AGROBIZNES TUSHUNCHASI VA UNING BOZOR IQTISODIYOTIDAGI AHAMIYATI



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə2/15
tarix30.09.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#150967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Xamidov A A KURS ISHI

I BOB. AGROBIZNES TUSHUNCHASI VA UNING BOZOR IQTISODIYOTIDAGI AHAMIYATI
1.1. Agrobiznes tushunchasi va uning turlari………………………..…… 6
1-jadval. ……………………………………………………..….………… 10
1.2. Agrobiznesning agro siyosatdagi o’rni ……..………………………. 12
1.3. Agrobiznesning bozor tizimidagi xususiyatlari ………...….………. 18


II BOB. O’ZBEKISTONDA AGROBIZNES SIYOSATI VA UNI RIVOJLANTIRSH YO’LLARI
2.1. Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning xususiyatlari …...………………………………….……. 24
1-rasm. . ……………………………………………………..….……..... 28
2-rasm. . ……………………………………………………..….……..... 31
3-rasm. . ……………………………………………………..….……..... 32
2.1. O’zbekiston Respublikasida agrobiznes rivojlanishining holati ….. 33
4-rasm. . ……………………………………………………..….……..... 35

Xulosa………..…...……………………………………………………. 39


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………..……. 41

KIRISH
Islohotlarning ilk bosqichida mamlakat qishloq xo’jaligi barqarorligini ta’minlash va rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tishning dastlabki asoslari yaratiladi. Bunda ustuvor yo’nalish qilib shaxsiy tomorqa xo’jaliklarini rivojlantirish belgilangan edi. Ular ixtiyoridagi yer maydonlari 1989 – 1995 yillarda ikki barobarga ko’paydi.
Natijada aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashda va qishloq xo’jaligini rivojlantirishda barqarorlikka erishildi. Tarmoqda mulkni davlat tasarrufidan chiqarishga va xususiylashtirishga muhim ahamiyat berildi. Jumladan, 1066 ta davlat xo’jaliklari (sovxozlar) tugatilib, ular negizida jamoa xo’jaliklari tashkil etildi. Chorvachilik fermalari, bog’ va tokzorlar, kichik yer maydonlari hamda issiqxonalar xususiylashtirildi.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini yanada qo‘llab-quvvatlash, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligini ta’minlash, pirovard natijada yer egalarining daromadlarini ko‘paytirishga bo’lgan munosabatlarini tubdan o‘zgartirish maqsadida.
Hozirgi davrda mamlakatimizda olib borilayotgan chuqur ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, amalga oshirilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar mamlakatimizning har bir hududida o’zining ijobiy samarasini berayotgani bejiz emas. Agrar sektorining o’ziga xos xususiyatlari va u bilan bog’liq bo’lgan muammolarni tahlil qilib, keyin e'tibor yer rentasiga qaratiladi. Agrosanoat integratsiyasi va agrosanoat majmuasining mazmuni, ularning tarkibi va vazifalarida ham to’xtalib o’tiladi. Tahlilning oxirida agrobiznes va uning turlari, O’zbekistonda agrar islohotlar va ularni chuqurlashtirishning asosiy yo’nalishlari bayon etiladi. Takrorlash va o’zini tekshirib ko’rish uchun asosiy tushunchalar, testlar va masalalar ham berilgan. Bozor munosabatlari iqtisodiyotning hamma jahalarining, jumladan qishloq xo’jaligini ham o’z ichiga oladi. Bu tizimda agrar munosabatlar alohida o’rin tutadi. Yer bilan bog’lik bo’lgan iqtisodiy munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi. Bu munosabatlarning obyekti yer bo’lsa, uning subyektlari yer egallari, yerda xo’jalik yurituvchilar, yerga mehnat qiluvchi kishilar hisoblanadi.
Agrar munosabatlar munosabatlarning eng qadimiy shakli, chunki insonning iqtisodiy faoliyati yerni ishlashdan boshlangan. Bozor tizimi agrar munosabatlarga yangicha mazmun beradi. Yerning tovarga aylanishi, yerga xilma-xil mulkchilikning paydo bo’lishi yerning garovga qo’yilishi nihoyat yer uchun pul shaklida renta undirilishi, agrobiznesning maxsus faoliyat turiga aylanishi bozor tizimi bilan bog’lik.
Malumki, iqtisodiyotning boshqa sohalar kabi qishloq xo’jaligi bilin bog’liq ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida muayyan iqtisodiy munosabatlar kelib chiqadi va yer bilan bo’liq bo’lgan iqtisodiy munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi. “Iqtisodiyot nazryasi” fani yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlar agrar munosabatlar deb o’rganiladi. Insonning iqtisodiy faoliyati dastlabki davrdanoq, bevosita yerni ishlashdan boshlanganligi bois agrar munosabatlar ham iqtisodiy munosabatlarning eng qadimgi shakli hisoblanadi. Bozor munosabatlarining iqtisodiyotning barcha jabhalariga qanchalik darajada o‘z ta’sirini ko‘rsatishidan qat’i nazar, agrar munosabatlar bu tizimda o‘zining muhim o‘rniga va salmoqli salohiyatiga ega bo‘lib qolmoqda.
Agrobiznes ham maxsus faoliyat turi ekanligi Bozor tizimi agrar munosabatlarining mohiyat-mazmunini ochib beruvchi sabablar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida agrar munosabatlar yerga bo‘lgan turli mulkchilikning shakllanishi, yerning tadbirkorlik obyekti bo‘lganidan garovga qo‘yilishi, yer uchun pul shaklida rentaning turli ko‘rinishlarda undirilishi hamda uning agrobiznesning maxsus faoliyat turiga aylanishi kabi shart-sharoitlar bozor iqtisodiyotida agrar munosabatlarning o‘ziga xos mazmun-mohiyatga ega ekanligini bildiradi. Qishloq xoʻjaligida takror ishlab chiqarishning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, bu yerda ishlab chiqarish jarayoni bevosita tirik mavjudotlar – yer, oʻsimlik, chorva mollari bilan bogʻliq boʻladi va tabiiy qonunlar iqtisodiy qonunlar bilan bogʻlanib ketadi. Bunda yer mehnat quroli va mehnat predmeti sifatida qatnashadi. Yerning boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqi shundaki, undan foydalanish jarayonida u yeyilmaydi, eskirmaydi. Aksincha, agar undan toʻgʻri foydalanilsa, uning unumdorligi oshib boradi. Yerning hosil berish qobiliyatiga tuproq unumdorligi deyiladi. U tabiiy yoki iqtisodiy boʻlishi mumkin. Uzoq yillar davomida kishilarning hech qanday aralashuvisiz, tabiiy oʻzgarishlar natijasida yerning ustki qatlamida oʻsimlik “oziqlanishi” mumkin boʻlgan turli moddalarning vujudga kelishi yerning tabiiy unumdorligi deyiladi. Agar tuproq unumdorligi kishilarning tabiatga taʼsiri natijasida, yaʼni tuproq tarkibi va dehqonchilik usullarini yaxshilash sunʼiy yoʻl bilan, (masalan, yerni organik va kimyoviy oʻgʻitlash, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, ilmiy asoslangan sugʻorish, irrigatsiya va melioratsiya kabi ishlab chiqarish usullarini joriy qilish hamda boshqa shu kabi yoʻllar bilan) amalga oshirilsa, bu iqtisodiy unumdorlikni tashkil qiladi.



Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin