Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə7/15
tarix30.09.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#150967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Xamidov A A KURS ISHI

Agrobiznes - qishloq xo’jalik sohalaridagi tadbirkorlik faoliyati. Agrobiznesning asosiy shakli va birlamchi bo’g’ini fermer va dehqon xo’jaliklaridir

1.2. Agrobiznesning agro siyosatdagi o’rni
Davlatning agrar siyosati qishloq xo’jaligi va hududlarini barqaror rivojlantirishga qaratilgan davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi. Qishloq hududlarining barqaror rivojlanishi deganda ularning barqaror ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishi, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning o’sishi, qishloq xo’jaligi samaradorligining oshishi, qishloq aholisi to’liq bandligiga erishish va turmush darajasining oshishi, yerlardan oqilona foydalanish tushuniladi. Agrar siyosat o’zida qishloq aholisining moddiy, ijtimoiy, huquqiy va iqtisodiy shartsharoitlarini shakllantiradigan davlat faoliyatini qamrab oladi. Agrar bozor, investisiya, kredit, moliya, ilmiy texnikaviy va texnologik faoliyat, soliqlar va soliqqa tortish, ijtimoiy muhit, maqsadli va tarkibiy qayta shakllanish agrar siyosatning asosiy sohalaridir. Agrar siyosatning umumiy maqsadi muayyan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, hududiy, tarmoq, ekologik maqsadlar bilan tavsiflanadi. Davlat rivojlanishi bosqichlari va tabiiy-tarixiy sharoitlarga bog’liq ravishda aniq maqsadlar o’zaro nisbati o’zgaradi.
Agrar siyosat negizida agrar qonunchilik va agrar tarkib shakllanadi. Agrar qonunchilik - qishloq xo’jaligida va qishloq aholisi hayoti bilan bog’liq holda amalga oshayotgan jarayonlarga ta’sir o’tkazuvchi huquqiy me’yorlardir. Yerga egalik munosabatlari, kredit va soliqqa tortish, mehnat munosabatlari, mulkiy munosabatlar, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’moli yuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar, ijtimoiy ta’minot va boshqalar agrar qonunchilikning muhim sohalariga kiradi: Agrar tarkib - agrar qonunchilikka asoslangan, qishloq xo’jaligi rivojlanishi, aholining yashash va ishlash sharoiti xususiyatlari hisobga olingan, ishlab chiqarish omillariga bog’liq agrar sohaning iqtisodiy, texnik va ijtimoiy unsurlari yig’indisidir. U mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlarda ifodalanadi. Agrar siyosatning negizida agrar bozor yotadi. Agrar bozor agrar siyosatni ham ishlab chiqaruvchi, ham iste’molchi manfaatlariga mos amalga oshirilishiga yordam qiladi. Agrar siyosatning asosiy vazifasi - agrar sohadagi jarayon va qarashlarni aks ettiribgina qolmasdan, balki kishilarning shu sohadagi qarashlari, jarayonlari va qonunlari tizimidagi faoliyatini ochib berishdir. Uning vazifalariga quyidagilar kiradi:
• mamlakat aholisini iqtisodiy asoslangan baholardagi sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash;
• qishloq xo’jaligining umumiy daromad yaratish sohasidagi ishtirokini ta’minlash, agrar sektorni rivojlantirish;
• agrar tashqi savdo siyosatini olib borish, qishloq xo’jaligi infratuzilmasini yaratish;
• atrof-muhitni muhofaza qilish muammolarini hal qilish. Agrar siyosatning tamoyillarini ko’rib chiqib uning muhim oziq-ovqat, qishloq xo’jaligi, agrosanoat va tashqi savdo jihatlariga, shuningdek uni tavsiflovchi ko’rsatkichlariga e’tiborni qaratish lozim:
Oziq-ovqat jihati tamoyillar tahlilining muqaddimasi bo’lib, agrar siyosat maqsadi-oziqovqat xavfsizligining miqdoriy ifodasi sifatida xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda ichki bozorda oziq- ovqat mahsulotlariga talabning fiziologik va to’lovga qodir chegaralarini aniqlaydi, shuning uchun iste’molning fiziologik me’yorlari, iste’molning mavjud tarkibi, mamlakatni shu jumladan ichki ishlab chiqarish hisobiga oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishi ko’rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Qishloq xo’jaligi jihati oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning haqiqiy holatini tavsiflaydi, oziq-ovqat mahsulotlarini olishda agrar salohiyatni aniqlaydi. U qishloq xo’jaligi samaradorligi ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi: (yer hosildorligi, mehnat unumdorligi, chorva mollari mahsuldorligi, ozuqa qoplanganligi, ishlab chiqarish samaradorligi, mehnatga haq, qishloq xo’jaligia dotasiyalar, fond qaytimi va boshqa omillar). Agrosanoat jihati, bir tomondan, qishloq xo’jaligi moddiy-texnika bazasi tahlilini amalga oshirish, ikkinchi tomondan marketing sohasi samaradorligini baholashga imkon beradi. Baholash uchun muhim ko’rsatkichlar- sarfxarajtalarning yiriklashtirilgan tarkibi, turli maqsadlarda mahsulotni ishlatish. Tashqi savdo jihati jahon va ichki qishoq xo’jaligi bozorlari o’zaro bog’liqligini aks ettiradi. U turli mahsulotlar bo’yicha importga qaramlik, qishloq xo’jaligi va tayyor mahsulotni chetga chiqarish va olib kirish balansi, qishloq xo’jaligini erkinlashtirishdan kutilayotgan zararni baholash va boshqalar. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyingi dastlabki masala iqtisodiyotni tezroq barqarorlashtirish va shu jihatdan qishloq xo’jaligini rivojlantirish va samaradorligini oshirish, mamlakat aholisini qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan talabini to’laroq qondirish, mamlakatni oziq-ovqat bilan to’la ta’minlash, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan sanoat korxonalarini yetarli xomashyoga bo’lgan ehtiyojini to’laqonli qondirish, agrar resurslar salohiyatidan maqsadli foydalanishga erishish orqali davlatimizning iqtisodiy qudratini yanada o’stirish, mamlakat aholisini yashash farovonligini yaxshilash eng muhim masalalardan hisoblangan edi.
Agrar siyosatning turli mamlakatlarda rivojlanishi mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining darajasiga qarab har xil bo’lishini hisobga olish lozim. Qishloq ho’jaligining roli umumiy davlat iqtisodiyoti barqarorligiga kam ta’sir ko’rsatadi, lekin qishloq ho’jaligi mamlakat hayoti uchun, iqtisodiyoti uchun va aholisi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti uchun qishloq ho’jaligi juda kam ulushdagi qismni tashkil etsada, davlat bu tarmoqqa katta ahamiyat beradi, uni rivojlantirishga katta e’tibor qaratadi, samarali agrar siyosat olib borishga harakat qiladi. Shu jihatlarni e’tiborga olib, agrar siyosatning rivojlanish tarixini o’rganish va uning asosiy tamoyillarini mukammallashtirish dolzarb hisoblanadi. 2 O’zbekiston iqtisodiyotida agrar siyosatning rivojlanish tarixini shartli ravishda bir necha davrlarga bo’lish mumkin.
1. 1920 yillargacha bo’lgan davr. Bu davrda qishloq xo’jaligi tarqoq holda rivojlangan. Qishloq xo’jaligi asosan oziq-ovqat muammosini hal qilish va qisman xorijiy bozorlarga muhim tovarlarni ayirboshlash vositasi bo’lib xizmat qilgan. Yerga asosan ma’lum guruh egalik qilgan va ularning shaxsiy manfaatlari agrar siyosatning mohiyatini tashkil qilgan. Agrar siyosat soliqlar va to’lov vositalari orqali amalga oshirilgan.
2. 1920-1991 yillar. Mamlakat agrar siyosati asosan paxta yakkahokimligi siyosatiga qaratilgan, yerga egalik davlatning qo’lida, ishlab chiqarish va mulk munosabatlari umumiylikka asoslangan. Agrar siyosat davlat tomonidan, asosan sanoatning manfaatlariga asoslangan holda amalga oshirilgan.
3. 1991-1997 yillar. Barcha sohalarda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar mulkni davlat tasarrufidan chiqarishga qishloq xo’jaligida ham amalga oshirilishga harakat qilindi.
4. 1998 yildan keyingi davr. Bu davr mamlakat hukumatining qishloq xo’jaligiga keskin e’tibor qaratishi bilan boshlandi. Mamlakat qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni keskin chuqurlashtirish borasida qator qonun va me’yoriy hujjatlarning qabul qilinishi bu tarmoqqa e’tiborning kuchayishidan dalolat berdi. Mamlakat qishloq xo’jaligidagi mavjud iqtisodiy tushkunlikni yo’qotish va uni samarali rivojlantirishning qator dasturlari ishlab chiqildi va ular davriy ravishda takomillashtirilib amalga oshirilmoqda. Bu davrdagi agrar siyosatning asosiy xususiyatlariga yerga munosabatning keskin o’zgartirilishi, rivojlangan mamlakatlar tajribalari va mamlakat ichki xususiyatlari e’tiborga olinib amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, ishlab chiqarishni fan yutuqlari asosiga qurish, yangi texnologiyalardan foydalanish kabi bir qator xususiyatlar xosdir.
Bozor munosabatlari iqtisodiyotining hamma jabhalarini, jumladan, qishloq
Xo’jaligini ham o’z ichiga oladi. Mazkur tizimda agrar munosabatlar alohida o’rin tutadi. yer bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi. Bu mnosabatlarning ob’ekti yer bo’lsa, uning sub’ekti yer egalari, yerda xo’jalik yurituvchilar, nihoyat, yerga mehnat qiluvchi kishilar hisoblanadi. Agrar munosabatlar o’ta ko’hna, iqtisodiy munosabatlarning eng qadimiy shakli, chunki insonning iqtisodiy faoliyati yerni ishlashdan boshlangan.
Bozor tizimi agrar munosabatlarga yangicha mazmun beradi. Yerning tovarga aylanishi yerga xilma-xil mulkchilikningg paydo bo’lishi yerning tadbirkorlik ob’ekti bo’lishi, yerning garovga qo’yilishi nihoyat yer uchun pul shaklida renta undirilishi, agrobiznesning maxsus faoliyat turiga aylanishi bozor tizimi bilan bog’liq. Agrar munosabatlarning ob’ekti bo’lmish yer maxsus resurs bo’lganidanuning xususida ham o’zigagina xos bo’lgan iqtisodiy aloqalar kelib chiqadi. Yer ham har qanday ishlab chiqarishning umumiy sharti. Yerdan tashqarida ishlab chiqarishning bo’lishi mumkin emas. Insoniyat hali koinot makonida ishlab chiqarishni uyushtirgani yo’q. Yerda qishloq xo’jaligi yuritiladi, sanoat qurilish korxonalari joylashadi, yer ustidan va ostidan yo’llar o’tadi, yer qa’riga qazilma boyliklar joylashgan, yerda o’rmon xo’jaligi yuritiladi, turar - joy va madaniy - maishiy binolar qad ko’taradi. Shu sababli har qanday iqtisodiy faoliyat ma’lum darajada yer bilan bog’langan deb aytamiz.
-qishloq xo’jaligi uchun yer asosiy ishlab chiqarish omili vazifasini o’taydi,
Ma’lumki, qishloq xo’jaligidagi ishlab chiqarish ikki yoqlama harakt yerga ega:
birinchidan, iqtisodiy jarayon bo’lsa ya‟ni inson mehnati natijasida yuz bersa,
tabiiy biologik jarayon bo’lib, mahsulot etishtirish tabiiy ikkinchidan omillarga
masalan, o’simlik yoki hayvonlarda kechadigan biologik o’zgarishlarga, iqlim sharoitiga, ob - havoning qanday kelishiga, tuproqning tabiiy xossalariga bog’liq.
-qishloq xo’jaligi insonning tabiatiga bo’lgan munosabati bilan kishilarning
o’zaro munosabatlari yaxlitlikda borishini talab qiladi va iqtisodiyotning agrar sektorini tashkil etadi. Bu sohada asosiy resurs yer bo’lib, u hech bir tengi yo’q, tanho o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ammo yer eng cheklangan resurs, mehnat bilan yaratib bo’lmaydi. Ko’pgina resurslar bir-birining o’rnini bosa oladi.
Masalan: mehnat resursini mashina bilan almashtirish mumkin. Yerning o’rnini hech bir resurs bosa olmaydi, shu jihatdan u o’ta noyob va asosiy resurs hisoblanadi. Uning asosiyligi shundaki, yer boshqa resurslarga qo’shimcha sifatida amal qilmaydi.
Masalan: sanoatda stanoklarga qo’shimcha resurs sifatida kompyuter va uning programmalari qo’llaniladi. Yerning boshqa resurs bilan almashtirib bo’lmaydi, ammo uning muqobil ishlatish usullari g’oyat ko’p bo’ladi. Shu sababli yerga talab muttasil oshib boradi. Bu talab yer bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarishning kengayishi va yerning unumdorligiga qarab o’zgaradi.
Yer cheklangan, uni ishlab chiqarib bo’lmaydi, ammo foydalanadigan yerlarga investitiya sarflab ko’paytirish mumkin. Masalan: qo’riq yerlarni sug’orish va botqoq hamda zax yerlarni quritish orqali ekin maydoni tabiatan cheklangan bo’lsada, shu doiradan chiqmagan holda yaroqsiz yerlar hisobidan qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarni ko’paytirish mumkin. yer resursi cheklanganligidan yerning taklifi noelastik, ya‟ni o’zgarmaydigan bo’ladi. Bu bilan yer boshqa resursdan jiddiy farqlanadi. Ma‟lumki agar talab oshsa, bunga javoban taklif ham ko’payadi, lekin yer bu qoidadan istisno etiladi. chunki yer tabiat mevasi bo’lganidan uni mehnat bilan ko’paytirib bo’lmaydi. yer hammabop resurs unda dehqonchilik qilish, undirma sanoat yurgizib qurilish qilish mumkin. Undan har xil maqsadda va har xil yo’l bilan foydalanish mumkin. yer tabiat mahsul bo’lganidan uning sifati jiddiy tabaqalashadi, yer uchastkalari turli tabiiy iqlim mintaqalarida joylashgan, tuproqning tarkibi har xil bo’ladi. Shu sababdan yerlarning tabiiy hosildorligi keskin farqlanadi. O’ta yaxshi, o’rtacha. yomon va nihoyat o’ta yomon yerlar mavjud. qishloq xo’jaligida yerning sifati mehnat unumdorligining muhim omili hisoblanadi. Bu sohadagi unumdorlik, binobarin, ishlab chiqarish samaradorligi, tuproqning tarkibi. Yerning iqlim sharoiti va nihoyat, yer uchastkalardagi geografiy joylashuviga bog’liq. Yer qa‟ridagi qazilma boyliklar zahirasi, ularning geologik sharoiti, sifati ham bir-biridan farqlanadi. Yer tanqisligi resurslarning boshqa sohalaridan qishloq xo’jaligiga yoki undirma sanoatga o’tishini cheklaydi, qo’shimcha resurslarning kirib kelishiga halaqit beradi. Yer unumdorlik quvvatining tabiiy sharoitga bog’liqligi qishloq xo’jaligidagi ishlab chiqarish imkoniyatlarini chegaralab qo’yadi. Nazariyada tuproq unumdorligining pasayishi qonuni degan qonun olg’a suriladi. Unga binoan yerdagi hosildorlikning o’sish me‟yori mavjud, hosildorlik cheksiz o’sa olmaydi. Agar hosildorlik o’sish me‟yori cheklanmaganda edi, sarfni oshirib borgan holda, olingan hosilga yer yuzidagi aholini boqish mumkin bo’lar edi.Ammso bunday imkon yo’q. Gap shundaki, yerni 100 marta haydash, keragidan o’n marta ko’p o’g’it berish yoki 5 marta ko’p urug’ ekish bilan hosildorlik o’sib qolmaydi. Aytilgan resurslar ma‟lum me‟yorda sarflansa, hosil ma‟lum me‟yorda ortishi mumkin. Yer hosildorligini o’stirish imkoni cheklanganligi sababi yangi yerlar ochiladi, ekin maydoni kengaytiralida. Hosildorlikni oshira borish doirasida yerning sifati yaxshilanadi, ya‟ni yerning tabiiy kuchiga kuch qo’shiladi.
Yerga 2 xil monopoliya mavjud bo’ladi. Birinchidan, yer qadr-qiymati
baland resurs sifatida mulk monopoliyasida turadi. џ‟ni egasi yo’q yer bo’lmaydi.
Yer cheklangan miqdorda bo’lganidan uni mulk sifatida ko’paytirib ham
bo’lmaydi. Bunday hodisa yerga mablag’ sarflashni uning egasiga bog’liq qilib qo’yadi. Yer egasining mulkdor sifatida manfaati bor. џya‟ni u o’z yeridan naf ko’rish kerak. Shu sababli yer ishlatish uchun tekinga berilmaydi, egasiga undan foydalanish haqini to’lash zarur. Ikkinchidan, yer xo’jalik yuritish ob‟ekti sifatida egallab olinadi, ya‟ni turli xil xo’jaliklar tashkil topadi, yaroqli yer bo’sh turmaydi.
Xullas yaroqli yerlar doim band bo’ladi. Yer resursi sifatida egalari qo’lida bo’lar ekan, ular boshqa resurs egalari singari uy xo’jaliklari o’rtasida munosabat yer xususida ham bo’ladi. Yer mulk bo’lganidan mulkdorning roziligisiz uni ishlatib bo’lmaydi, undan foydalanish uchun uni egasiga haq to’lash kerak. Yer o’z egasining mulki bo’lib. qolgani holda vaqtinchalik boshqa mulk sohibi, xususan tadbirkor tomonidan ishlatilishi mumkin.
O’zbekiston iqtisodiyotining agrar sektorini rivojlantirish bozor munosabatlariga o’tishning asosiy hal qiluvchi bo’g’inidir. O’zbekistonda aholining 65% qishloq joylarda yashaydi. Yalpi ichki mahsulotni 1/4 qismi valyuta tushumining 55%idan ko’prog’ini qishloq xo’jaligi bYeradi. qishloq xo’jaligi respublika aholisini oziq-ovqat, meva-sabzavotlar, g’alla, go’sht va boshqa qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan ta’minlanadi.
D.Rikardo yer rentasini tahlil qilib katta yutuqlarga yerishdi. U renta nazariyasini qiymatning mehnat nazariyasiga asoslab tekshirdi. Rentaning manbai, mulkiy munosabatlar sharo-itida yerga qilinadigan mehnatdir deb hisoblaydi.
Yerning resurs cheklanganligi, unumdorligi, va joylashuvi turlicha bo’lgan yerlarni ishlanishi tufayli qishloq xo’jalik mahsulotlarining qiymati yomon yer uchastkalaridagi mehnat sarflari bilan aniqlanadi. Bunday yerlar sohibkorga o’rtacha foyda bYeradi va renta bYermaydi. Nisabatan yaxshi yerlarda foyda o’rtacha normadan yuqori bo’ladi, ana shu ortiqcha foyda renta sifatida yer egasi tomonidan olinadi. Rikardo bu bilan diffyerential renta hosil bo’lishini ko’rsatib berdi. D.Rikardo xususiy mulkchilik sharoitida yomon yerlar ma‟lum miqdorda renta keltirish mumkinligini inkor etdi, ya‟ni absolyut yer rentasi mavjudligini ko’rmaydi. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarning amal qilishi iqtisodiyotning barcha sohalari, tarmoqlari va bo’g’inlari uchun umumiy bo’lsada, lekin ulardagi tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitga bog’liq holda o’ziga xos xususiyatlar ham kasb etadi. Ayniqsa, bu o’ziga xos xususiyat agrar sohada yaqqol namoyon bo’ladi. Chunki bu yerda takror ishlab chiqarish ko’p jihatdan tirik organizm (hayvon, o’simlik va boshqalar) bilan ham bog’liq. Shuning uchun bu bobda iqtisodiyotning umumiy tomonlari bilan birgalikda uning agrar sohada namoyon bo’ladigan o’ziga xos xususiyatlarini ko’rib chiqiladi.
Ushbu mavzuda avval agrar munosabatlarning mazmunini tahlil qilib, keyin E’tibor yer rentasiga qaratiladi. yer rentasining vujudga kelishi va taqsimlanishi muammosiga turlicha qarashlarni bayon qilib, ularning qisqacha tavsifi beriladi. Agrosanoat integratsiyasi va agrosanoat majmuasining mazmuni, ularning tarkibi va vazifalariga to’xtalib o’tilib, mavzu so’ngida agrobiznes va uning turlari bayon etiladi.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin