Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


Agrobiznesning bozor tizimidagi xususiyatlari



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə8/15
tarix30.09.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#150967
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Xamidov A A KURS ISHI

1.3. Agrobiznesning bozor tizimidagi xususiyatlari
Bozor sharoitida qishloq хо'jalik mahsulotlarini yetishtiruvchi barcha bo'g'inlar bozor talabi doirasidagi tovarlarni iste'molchiga taklif etish orqali o'z xarajatlarini qoplashi vа daromad ko'rishi lozim. Bunda agrosanoat integratsiyasi hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Agrosanoat integratsiyasida qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtiruvchi хо'jaliklar birlashgan bo’lib, ularning ish1ab chiqarish faoliyati samaradorligi integratsiya doirasidagi bo'g'inlar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarga bog'liq. Qishloq xo'jaligi vа unga tutash tarmoqlarning uzviy birikishi jarayoni agrosanoat integratsiyasida namoyon bo'ladi. Natijada turli tarmoqlarning o'zaro hamkorligi oqibati sifatida agrosanoat majmuasi yuzaga keladi.
Fermer va dehqon хо'jaliklarini tashkil qilish, rivojlantirish va ular faoliyatini tartibga solish Q'zbekiston Respublikasining "Fermer xo'jaligi to'g'risida"gi, "Dehqon xo'jaligi to'g'risida"gi, "Qishloq xo'jaligi kooperativi (shirkat xo'jaligi) to'g'risida"gi Qonunlariga (yangi tahriri, 2004 yil 26 avgust) hamda qishloq хо'jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan boshqa huquqiy bitimlarga va hukumat qarorlariga asoslanadi.
Qishloq xo'jaligida o'tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida mulkchilikning ijara shakllarini, shartnomaviy munosabatlarga asoslangan хо'jalik yuritish tizimini rivojlantirish, qishloq хо'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari manfaatlari ustuvorligini ta'minlash va xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar faoliyatini аnа shu maqsadga qaratish, turli tashkiliy-huquqiy shakldagi хо'jalik yuritish sub'ektlari saqlab qolingan holda fermer xo'jaliklarini rivojlantirish muhim yo'nalish etib belgilandi.
"Fermer хо'jaliklari qishloq хо'jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning asosi sifatida faoliyat ko'rsatishlari lozim. chiqaruvchi, chorvachilik uchun omixta уеm ishlab chiqaruvchi korxonalar, qishloq xo'jaligi ekinlari va chorva mollari uchun dori-darmon ishlab chiqaruvchi ixtisoslashgan korxonalar va boshqalar kiradi.
Malumki, iqtisodiyotning boshqa sohalar kabi qishloq xo’jaligi bilin bog’liq ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida muayyan iqtisodiy munosabatlar kelib chiqadi va yer bilan bo’liq bo’lgan iqtisodiy munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi. “Iqtisodiyot nazryasi” fani yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlar agrar munosabatlar deb o’rganiladi. Insonning iqtisodiy faoliyati dastlabki davrdanoq, bevosita yerni ishlashdan boshlanganligi bois agrar munosabatlar ham iqtisodiy munosabatlarning eng qadimgi shakli hisoblanadi. Bozor munosabatlarining iqtisodiyotning barcha jabhalariga qanchalik darajada o‘z ta’sirini ko‘rsatishidan qat’i nazar, agrar munosabatlar bu tizimda o‘zining muhim o‘rniga va salmoqli salohiyatiga ega bo‘lib qolmoqda.
Agrar munosabatlarning obyekti va subyektlari mavjud bo‘lib, ular o‘ziga xos xususiyatga egadir. Agrar munosabatlarning obyekti yer, subyektlari esa yer egalari, yerda xo‘jalik yurituvchilar yoki yerda iqtisodiy faoliyat ko‘rsatuvchilar hisoblanadi.
Yer tovar hisoblanadi
Yerga turli mulkchilik shaklining mavjudligi
Yerning tadbirkorlik obyekti bo‘lishi
Yerning garovga qo‘yilishi
Yer uchun pul shaklida renta undirilishi
Agrobiznes ham maxsus faoliyat turi ekanligi Bozor tizimi agrar munosabatlarining mohiyat-mazmunini ochib beruvchi sabablar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida agrar munosabatlar yerga bo‘lgan turli mulkchilikning shakllanishi, yerning tadbirkorlik obyekti bo‘lganidan garovga qo‘yilishi, yer uchun pul shaklida rentaning turli ko‘rinishlarda undirilishi hamda uning agrobiznesning maxsus faoliyat turiga aylanishi kabi shart-sharoitlar bozor iqtisodiyotida agrar munosabatlarning o‘ziga xos mazmun-mohiyatga ega ekanligini bildiradi.
Qishloq xoʻjaligida takror ishlab chiqarishning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, bu yerda ishlab chiqarish jarayoni bevosita tirik mavjudotlar – yer, oʻsimlik, chorva mollari bilan bogʻliq boʻladi va tabiiy qonunlar iqtisodiy qonunlar bilan bogʻlanib ketadi. Bunda yer mehnat quroli va mehnat predmeti sifatida qatnashadi. Yerning boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqi shundaki, undan foydalanish jarayonida u yeyilmaydi, eskirmaydi. Aksincha, agar undan toʻgʻri foydalanilsa, uning unumdorligi oshib boradi.
Yerning hosil berish qobiliyatiga tuproq unumdorligi deyiladi. U tabiiy yoki iqtisodiy boʻlishi mumkin. Uzoq yillar davomida kishilarning hech qanday aralashuvisiz, tabiiy oʻzgarishlar natijasida yerning ustki qatlamida oʻsimlik “oziqlanishi” mumkin boʻlgan turli moddalarning vujudga kelishi yerning tabiiy unumdorligi deyiladi.
Agar tuproq unumdorligi kishilarning tabiatga taʼsiri natijasida, yaʼni tuproq tarkibi va dehqonchilik usullarini yaxshilash sunʼiy yoʻl bilan, (masalan, yerni organik va kimyoviy oʻgʻitlash, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, ilmiy asoslangan sugʻorish, irrigatsiya va melioratsiya kabi ishlab chiqarish usullarini joriy qilish hamda boshqa shu kabi yoʻllar bilan) amalga oshirilsa, bu iqtisodiy unumdorlikni tashkil qiladi..
Yerdan olinadigan hosil koʻproq mana shu yerning tuproq unumdorligini saqlash va uni oshirish, yaʼni insonning, aniqrogʻi ishchi kuchining, jonli mehnatning yerga faol taʼsiri bilan bogʻliq boʻladi. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari kabi qishloq xoʻjaligida ham ishlab chiqarish uning omillarining bevosita birikishi asosida sodir boʻladi. Bunda ishchi kuchi faol boʻlib, asosiy rolni oʻynaydi. Qishloq xoʻjalik korxonalarida yerdan boshqa barcha ishlab chiqarish vositalari xususiy, shaxsiy, jamoa mulk shaklida boʻlishi mumkin. Bundan ulardan barcha jamiyat aʼzolarining turmush darajasini yaxshilash yoʻlida foydalaniladi. Hozirgi paytda qishloq xoʻjaligida xoʻjalik yuritishning asosiy koʻrinishlari fermer va dehqon xoʻjaligi shakllarida boʻlib, ulardagi ishlab chiqarish jarayonlari turli iqlim va tuproq sharoitlarida olib boriladi.
Qishloq xoʻjalik korxonalarida ham asosiy kapital turli xil traktorlar, mashinalar, transport vositalari, bino, inshootlar, koʻp yillik daraxtlar, mahsuldor chorva hamda ish hayvonlari, shuningdek, xizmat muddati bir yildan ortiq boʻlgan turli xil asbob-uskunalardan tashkil topadi.Qishloq xoʻjaligida muhim ishlab chiqarish vositasi hisoblangan yer pul bilan bilan baholanmasligi, yaʼni qiymati oʻlchanmasligi tufayli, kapital qiymati tarkibida hisobga olinmaydi. Qishloq xoʻjaligida mavjud boʻlgan asosiy kapitalning ayrim turlari, masalan, koʻp yillik daraxtlar, mahsuldor chorva, ish hayvonlari, sugʻorish inshootlari va boshqalar sanoat tarmoqlarida boʻlmaydi.
Bundan tashqari, ishlab chiqarish vositalari hisoblangan binolar, sugʻorish inshootlari va boshqalar ishlab chiqarish natijasini oshirishga faol taʼsir oʻtkazadi, sanoat tarmogʻida esa ular birmuncha sustroq va bilvosita taʼsir oʻtkazadi. Shunga binoan qishloq xoʻjaligidan kapitalning tarkibida turli inshootlar, binolar, uzatma mexanizmlar va boshqalarning hissasi koʻproq. Qishloq xoʻjaligida takror ishlab chiqarishni amalga oshirishda asosiy kapital ham qatnashadi. Qishloq xoʻjaligi korxonalarida aylanma kapital quyidagilardan tashkil topadi: yosh va boquvdagi hayvonlar, yem-xashak, urugʻlik fondlari, kimyoviy oʻgʻitlar, xizmat muddati bir yildan kam boʻlgan turli xil ishlab chiqarish vositalari – inventarlar, yoqilgʻi va moylash materiallari hamda shu kabilar. Ishlab chiqarish jarayoni qishloq xoʻjaligida aylanma kapitalning koʻpgina qismi hali tugallanmagan ishlab chiqarish shaklida boʻladi. Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni sotish jarayonida kapital boshqa tarmoqlardagidek doiraviy aylanib turadi, yaʼni pul shaklidan ishlab chiqarish shakliga, undan Tovar shakliga oʻtib, yana pul shakliga qaytib keladi. Shuni ham taʼkidlash kerakki, qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning miqdori yerning hosildorligi, uning sifatiga bevosita bogʻliq boʻladi. Yerning tabiiy, biologik, iqtisodiy va texnikaviy sharoitlarini yaxshilash ham qishloq xoʻjaligida mavjud boʻlgan kapitalning doiraviy aylanishiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Shuning uchun bu omillardan toʻlaroq foydalanish har bir xoʻjalikning muhim vazifasidir. Tabiiy omillar qishloq xoʻjalik mahsulotining bevosita koʻpayishiga taʼsir etsa ham, mahsulotning qiymatini oshirmaydi, yaʼni qiymat yarata olmaydi. Ishlab chiqarish tabiiy sharoitlar bilan bogʻliq boʻlganligi uchun ham bu yerda ish davri va umumiy ishlab chiqarish vaqti oʻrtasidagi muddat sanoatga nisbatan birmuncha uzoqroq boʻladi. Masalan, qishloq xoʻjaligida turli ekinlarni ekib boʻlingandan to hosil yigʻishtirib olinguncha ishlab chiqarish vaqti davom etadi. Ish davri esa shu vaqt ichida qishloq xoʻjalik ekinlari mehnat taʼsirida boʻlgan kunlar hisoblanadi.Qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarish jarayoni mavsumiyligi bilan xususiyatlidir. Bu hol qishloq xoʻjaligida mavjud boʻlgan mehnat vositalaridan, yaʼni kombayn, turli ekish asboblari va shu kabilardan foydalanish vaqtiga bevosita taʼsir oʻtkazadi. Boshqacha qilib aytganda, bu mehnat vositalaridan yilning maʼlum muddatlaridagina foydalaniladi, qolgan vaqtda esa ular bekor turadi. Masalan, seyalkadan ekish davomida foydalanilsa, gʻalla oʻrish kombaynlari, paxta terish mashinalari esa yiliga 20-30 kun yigʻim-terim paytida ishlatiladi, xolos. Shuning uchun ham qishloq xoʻjaligida mehnatning kapital va energiya bilan qurollanish darajasi moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlariga nisbatan yuqori boʻlishini taqozo qiladi, lekin bu yerda asosiy va aylanma kapital harakati sustroq. Bulardan tashqari qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi va mehnat jarayonlarining mavsumiyligi sababli yil davomida aylanma mablagʻlarning sarfi bir meʼyorda boʻlmaydi. Qish va yoz mavsumlarida xarajat qilinadigan aylanma mablagʻlar tarkibida birmuncha tafovutlar mavjud. Masalan, qish mavsumida aylanma mablagʻlarning koʻpgina qismi (urugʻlik, yem-xashak, turli ozuqalar) ishlab chiqarish ehtiyot qismi shaklida turadi, yoz faslida esa tugallanmagan ishlab chiqarish, texnikaning butlash qismlari, neft mahsulotlari va shu kabilarning hissasi ortib boradi. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tashkil qilishda yuqorida sanab oʻtilgan xususiyatlarni hisobga olib, ishni tashkil qilish uning samaradorligini taʼminlashda muhim ahamiyatga egadir. Bizning mamlakatimizda aholining nisbatan zichligi va qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlarning cheklanganligini hisobga olib, yerga xususiy mulkchilik joriy qilinmadi, unga davlat mulki saqlanib qoldi. Lekin, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, oqilona agrar islohotlar amalga oshirilmoqda va bu jarayon chuqurlashtirilmoqda.
Oʻzbekistonda yer davlat mulki hamda umummilliy boylik boʻlganligi sababli yerga boʻlgan mulkchilik, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish masalalari alohida ajratib tahlil qilinishi lozim.
Yerga egalik jismoniy va huquqiy shaxslarning maʼlum yer uchastkasiga tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi egalik huquqini tan olishini bildiradi. Yerga egalik deganda avvalo yerga boʻlgan mulkchilik huquqi va uni iqtisodiy jihatdan realizatsiya qilish koʻzda tutiladi. Yerga egalikni yeri boʻlgan mulkdor (bizda davlat) amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksida taʼkidlanganidek “Yer uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy va muddatli egalik qilish hamda ulardan foydalanish uchun berilishi mumkin”.Yerdan foydalanish huquqi – bu oʻrnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi. Yerdan foydalanuvchi yer egasi boʻlishi shart emas. Real xoʻjalik hayotida yerga egalik qilish va yerdan foydalanishni koʻpincha har xil jismoniy va huquqiy shaxslar, xususan hozir bizda asosan dehqon va fermer xoʻjaliklari amalga oshiradi.
Xulosa qilib aytganda, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida ham toʻrt omil – yer, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va ishchi kuchi qatnashib, bunda yer muhim ishlab chiqarish vositasi sifatida ishtirok etadi. Ammo biz avval aytganimizdek, ishlab chikarish jarayonida hamma ishlab chiqarish vositalarini, jumladan, yerni harakatga keltirib, undan unumli foydalanadigan, uning iqtisodiy unumdorligini oshiradigan omil - inson omili, yaʼni tadbirkorlik qobiliyati va ishchi kuchidir.
Agrar munosabatlarni oʻrganishda ham ishchi kuchining, jonli mehnatning faol rol oʻynashini, uning hamma moddiy vositalarga jon ato etib, harakatga keltiruvchi rolini tushunmaslik goʻyo kapital foyda yoki foiz, yer esa renta yaratadi, degan koʻpgina xato fikr-mulohazalarga, yolgʻon tasavvurlarga olib keladi. Bu masalalarni toʻgʻri tushunishda renta munosabatlarini oʻrganish muhim rol oʻynaydi.
Agrosanoat majmuasining birinchi sohasiga kiruvchi tarmoqlar ishlab chiqarish jarayonini resurslar bilan ta'minlash, qishloq xo'jaligini sanoatlashtirish va qayta ishlash sanoatida texnika taraqqiyoti uchun asos yaratish, majmuaning barcha bo'g'inlarini samarali faoliyat ko'rsatishi uchun shart-sharoit barpo etishga imkon yaratadi. Qishloq хо'jaligi mahsulotlari va umuman pirovard mahsulot ishlab chiqarishning bir maromda kechishi, uzluksizligi va ommaviyligi ushbu tarmoqlar faoliyatiga bog'liq.
• Ikkinchi sohaga bevosita qishloq хо'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi korxonalar, birinchi navbatda, shirkat, fermer va dehqon хо'jaliklari kiradi. Bundan tashqari agrosanoat majmuasining ikkinchi sohasiga, pillachilik, asalarichilik, qisman o'rmonchilik (tabiiy oziq-ovqat va dorivor o'simliklar yetishtirish) hamda baliqchilik kiradi. Bu soha agrosanoat majmuasining asosini, yadrosini tashkil etadi.
Majmuaning boshqa sohasiga kiruvchi tarmoqlar asosan shu soha mahsulotlari asosida faoliyat yuritadilar yoki ushbu sohaga xizmat ko'rsatadilar.
• Tarmoq va korxonalar moddiy ishlab chiqarish faoliyatiga ta'sir etuvchi, uni tashkil etishda bilvosita ishtirok etuvchi shunday muassasalar mavjudki, ular mohiyatan infratuzilma tushunchasi va atamasi tarzida talqin etiladi hamda ishlab chiqarish shart - sharoitlarini yaratuvchi tarmoqlar majmuidan
iborat bo'ladi. Bular yo'l-transport xo'jaligi, aloqa, moddiy-texnika xizmati, mahsulot1arni saqlash tizimi, ombor va tara хо'jaligi va boshqalar. Infratuzilma tarmoqlarini rivojlantirmasdan turib, agrosanoat majmuasining barcha sohalarida samaradorlikni oshirishga erishib bo'lmaydi va uning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularga ajratilgan kapital quyilmalar nafaqat bevosita egasiga, balki ASMning boshqa sohalaridagi korxonalarning daromadlarini ko'paytirishga ham imkoniyat yaratib beradi.
Infratuzilma iqtisodiy-huquqiy, savdo-vositachilik, mоliya-kredit, tashqi-iqtisodiy va axborot xizmatlari ko'rsatishda ishtirok etib, qishloq хо'jaligi sub'ektlarining iqtisodiyotdagi barcha sub'ektlar bilan moddiy va moliyaviy resurslar harakatini bog'lovchi bo'g'in bo’lib xizmat qiladi.



Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin