Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


Agrobiznes faoliyatining maqsadi



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə4/15
tarix30.09.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#150967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Xamidov A A KURS ISHI

Agrobiznes faoliyatining maqsadi – iste‘mol bozorini yetarli miqdorda sifatli qishloq xo’jalik mahsulotlari, sanoatni esa xom ashyo bilan uzluksiz ta‘minlash orqali foyda ko’rishdan iborat.
Agrobiznesning asosiy shakli va bo’g’ini fermer va dehqon xo’jaliklaridir. Chunki bu xo’jaliklar bevosita qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Fermer va dehqon xo’jaliklar o’z yerida yoki ijaraga olingan yerd ish yuritib, unda mulk egasi va ishlab chiqaruvchi fermerning o’zi va oila a‘zolari hisoblanib, ayrim hollarda yollanma mehnatdan foydalanishlari ham mumkin. Fermer xo’jaligining afzalligi shundan iboratki, unda mulk va mehnat bevosita qo’shiladi, bu esa ishlab chiqarishni yuqori samaradorligini ta‘minlaydi va ular bozor kon‘yuktura (holati)siga tez moslashaoladilar. Unda iqtisodiy manfaat va pirovard natija uchun mas‘uliyat bitta faoliyatning ikki tomonini tashkil qiladi. Qishloq xo’jaligini fermerlashtirish agrar islohotlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Qishloq xo’jaligida zarar ko’rib ishlash natijasida og’ir ahvolga tushib qolgan davlat xo’jaliklarining tarkibi fermer xo’jaliklaridan iborat shirkatlar uyushmasiga aylntirish, mavjud davlat va jamoa xo’jaliklari tarkibida ular resurslari hisobidan fermer xo’jaliklari tashkil etish hamda dehqonlarning mol-mulklari negizida dehqon xo’jaliklarini tarkib toptirish yo’li bilan hozirgi uyushgan va mulkka ega bo’lgan fermer va dehqon xo’jaliklari rivojlantirilmoqda. Fermer xo’jaliklarining barcha tashkiliy shakllarining umumiy tomoni shundaki, ular ijaraga olingan davlat yerida faoliyat ko’rsatadi.
Fermer va dehqon xo’jaliklarini tashkil qilish, rivojlantirish va ular faoliyatini tartibga solish O’zbekiston Respublikasining “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi (1998), “Dehqon xo’jaligi to’hrisida”gi (1998), “Qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) to’g’risidagi” (1998) Qonunlarga hamda qishloq xo’jaligi islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilagn boshqa huquqiy bitimlarga va hukumat qarorlariga asoslanadi. Bu qonuniy hujjatlarda fermerlarga ajratilgan yerlarni meros qilib qoldirish sharti bilan uzoq muddatli (50 yil) ijaraga olish huquqi mustahkamlab qo’yildi.
Fermer xo’jaliklarini rivojlantirishni rag’batlantirish uchun ham huquqiy, ham tashkiliy shart-sharoitlar yaratildi. Buning natijasida 2007 yilda respublikada fermer xo’jaliklarini soni 185492ta bo’lgan bo’lsa, 2009 yilda 220, 1taga yetdi. Qashqadaryo viloyatda 33447tani tashkil qildi. Fermer xo’jaliklarini qishloq xo’jalik foydalanishidagi yerlar maydoni 4881,9 ming gektardan ko’proqni tashkil qilib, bir xo’jalik ixtiyoridagi yer maydoni 26,3 gektarga, har bir kishiga 3,49 gektarni tashkil etadi.
O’zbekistonda xo’jalik toifalari bo’yicha yalpi qishloq xo’jalik mahsulotlarining ishlab chiqarilishini chizmada tasvirlash mumkin.
Respublikada fermer xo’jaliklari samarali ishlash uchun zarur xizmat ko’rsatuvchi infratuzilma – agrofirmalar, mashina-traktor parklari, ta‘mirlash ustaxonalari, tayyorlov punktlari, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalar tizimi, aholiga xizmat qiluvchi ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta‘minlash va boshqa maqsadida ham infratuzilmalarga e‘tibor berilmoqda. Birgina 2007 yili qishloq joylarda 1,6 ming kilometrdan ortiq suv quvurlari va 710 kilometr gaz tarmoqlari foydalanishga topshirildi. Aholini ichimlik suvi bilan ta‘minlash 84 foizga. Shu jumladan qishloq joylarida 77 foizga yetdi, tabiiy gaz bilan ta‘minlanish 82 foiz, qishloqlarda 77 foizgacha ko’paydi.3[4]
Agrobiznes ham qishloqlardagi tarkibiy o’zgarishlardan biridir.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin