Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning xususiyatlari



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə11/15
tarix30.09.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#150967
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Xamidov A A KURS ISHI

Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning xususiyatlari.
Ma‘lumki, agrar sohadagi ishlab chiqarish ko’pincha yer bilan bog’liq bo’ladi. Yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish hamda o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi.
Qishloq xo’jaligidagi ishlab chiqarishining o’ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, bu yerda iqtisodiy qonunlar bilan tabiiy qonunlar bevosita bog’lanib ketadi, chunki agrar sohadagi ishlab chiqarish tirik mavjudotlar – yer, o’simlik, chorva mollari bilan bevosita bog’liqdir. Bu yerda yer - mehnat ashyosi (predmeti) va asosiy ishlab chiqarish vositasi, xo’jalik yuritish ob‘ekti bo’lib, u eskirmaydi, yeyilmaydi, unga munosabat yaxshi bo’lsa, uning unumdorligi yaxshi bo’ladi.
Uzoq yillar davomida tabiiy o’zgarishlar natijasida yerning ustki qatlamida o’simlik “oziqlanishi” mumkin bo’lgan turli moddalarning vujudga kelishi yerning tabiiy unumdorligi deyiladi.
Agrar tuproq unumdorligi kishilarning tabiatga ta‘siri natijasida, ya‘ni tuproq tarkibi va dehqonchilik usullarini yaxshilash sun‘iy yo’l bilan (masalan, yerni organik va kimyoviy o’g’itlash, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, ilmiy asoslangan sug’orish, irrigatsiya va melioratsiya kabi ishlab chiqarish usullarini joriy qilish hamda shu kabi yo’llar bilan) amalga oshirilsa, bu iqtisodiy unumdorlikni tashkil qiladi.
Qishloq xo’jaligida foydalanadigan barcha ishlab chiqarish vositalari xususiy, shaxsiy, jamoa mulk shaklida bo’lish mumkin. Hozirgi paytda qishloq ho’jaligida xo’jalik yuritishning asosiy ko’rinishlari fermer va dehqon shakllarida bo’lib, ulardan ishlab chiqarish jarayonlari turli iqlim va tuproq sharoitlaridan foydalanish asosida olib boriladi.
Qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan barcha ishlab chiqarish vositalar (traktorlar, mashinalar, transport vositalari, bino, inshootlar, ko’p yillik daraxtlar, mahsuldor chorva hamda ish hayvonlari) kapital tarkibini tashkil qiladi. Aylanma kapitalga quyidagilar kiradi: yosh va boquvdagi hayvonlar, yem-xashak, urug’lik fondlari, kimyoviy o’g’itlar, hizmat muddati bir yildan kam bo’lgan turli xil ishlab chiqarish vositalari – invertarlar, yoqilg’i va moylash materiallaridan iborat bo’ladi. Kapital doiraviy aylanib turadi, ya‘ni pul shaklidan ishlab chiqarish shakliga, undan tovar shakliga o’tib, yana pul shakliga qaytib keladi.



1-rasm.

Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish vaqti uzoq davom etadi va ish vaqti kunlar bilan belgilanadi. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish jarayoni mavsumliyligi bilan xususiyatlidir. Masalan, kombaynlar, turli ekish asboblaridan qisqa vaqtda foydalaniladi. Aholini nisbatan zichligi, qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarning cheklanganligini hisobga olib, yerga xususiy mulkchilik joriy qilinadi, unga davlat mulki saqlanib qoldi.


Yerga egalik jismoniy va huquqiy shaxslarning ma‘lum yer uchastkasiga tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi egalik huquqini tan olinishini bildiradi. Yerga egalik kishi deganda avvalo yerga bo’lgan mulkchilik va uni iqtisodiy jihatdan realizatsiya qilish ko’zda tutiladi. Yerga egalikni yeri bo’lgan mulkdor yoki davlat amalga oshiradi.
Islohotlarning ikkinchi bosqichida “Yer kodeksi”, “Qishloq xo’jalik kooperativi (shirkat xo’jaligi) to’g’risida”, “Fermer xo’jaligi to’g’risida”, “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”gi qonunlar va tegishli Hukumat qarorlari qabul qilinib, me’yoriy hujjatlar tasdiqlandi. Bunday huquqiy bazaning yaratilishi agrar islohotlarni chuqurlashtirishga zamin yaratdi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning xalqaro andozalar va xalqimiz mentalitetiga mos keladigan - shirkat, fermer va dehqon xo’jaliklaridan iborat modeli tanlandi.
Shirkat xo’jaliklarida ishlab chiqarish oila pudrati asosida tashkil etildi, pudratchilarning o’z mehnati natijasidan manfaatdorligini oshiradigan va mas’uliyatini ta’minlaydigan tizim yaratildi. Qishloq xo’jaligida tovar etishtiruvchilar faoliyatini erkinlashtirish bosqichma- bosqich olib borildi, xalqimiz uchun strategic ahamiyatga ega bo’lgan paxta va dondan boshqa barcha mahsulotlarga davlat buyurtmasi bekor qilindi. Yer munosabatlarida yangi tamoyillar joriy qilindi. Shirkat xo’jaliklarida ekin maydonlarini, bog’ va tokzorlarni oila pudratchilariga tanlov asosida uzoq muddatga ijaraga berish amalgam oshirila boshlandi. Yerni fermer xo’jaliklariga 50 yilgacha vа dehqon хо'jaliklariga umrbod foydalanishga berish tizimi yaratildi. Tarixan shunday bo’lib qolganki, ko’pgina mamlakatlarda jumladan, bizning mamlakatimizda ham qishloq xo’jaligidagi kapitalning uzviy tuzilishi sanoatdagidan pastdir. Shuning uchun qishloq xo’jaligida yaratilgan tovarlarning bozor qiymati ishlab chiqarishning ijtimoiy qiymatidagi qo’shimcha qiymat miqdori jamiyatda shakllangan o’rtacha foydadan ortiq bo’ladi. Qishloq xo’jalik tovarlarining bozor bahosi bilan ijtimoiy ishlab chiqarish bahosi o’rtasidagi bu tafovut absolyut renta manbayi bo’lib xizmat qiladi.
Monopol renta - alohida tabiiy iqlim sharoitiga ega bo’lgan, noyob qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtiriladigan yerlardan olinadigan renta. Bunday renta noyob mahsulotlar (choy, kofe, sitrus o’simliklar mevasi, maxsus qizil yog’och va boshq.) yetishtirilishidan paydo bo’ladi. Noyob mahsulotlarning taklifi oz bo’lsada, talabi katta. Ushbu mahsulotlarning taklifi o’zgaruvchan bo’lmaydi, chunki ular narxining o’zgarishi, ularni oz yoki ko’p ishlab chiqarishni ta'minlay olmaydi. Shu sababli kamyob mahsulotlar monopol narxda sotiladiki, bu narx ishlab chiqarishga ketgan xarajatlardan ancha yuqori turadi, natijada yer egalari monopol renta olishga muvaffiq bo’ladilar. Bunday renta sharoiti noyob yerlar uchun, boshqalariga qaraganda, yuqori ijara haqi belgilanishida ifoda etiladi.
Undirma sanoatda renta - foydali qazilma konlarining joylashishi va ularning boyligidagi farqlar natijasida vujudga keladi. Yer osti qatlamida foydali qazilma boyliklarning joylashganligi jihatidan ham, konning boyligi jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Xuddi qishloq xo’jaligiga o’xshab, o’rta, yaxshi va o’ta yaxshi konlarda ish yurituvchi korxonalar mavjud.
Qazilma boyliklarni yerdan ajratib bo’lmaydi, uning ustidagi boylik yer bilan birgalikda mulk hisoblanadi. Mulk egasi undan o’zigina foydalansa qo’shimcha foyda oladi. Konni ijaraga olgan sub'ekt mulk egasiga undan foydalanganligi uchun renta to’laydi. Undirma sanoatdagi renta tuproq hosildorligiga emas, balki yer qa'ridagi qazilma boyliklarning oz ko’pligi, sifati, qazib olish xarajatlariga bog’liq bo’ladi.
Renta miqdoriga ta’sir etuvchi omlillar:
Yerning unumdorligi.
Foydalanishda bo’lgan yerlarda yetishtiriladigan qishloq xo’jalik mahsulotlarining bozor narx.
Birgalikda foydalanadigan boshqa resurslarning narxlari va unumdaorligi.
Agrosanoat majmuasi qishloq хо'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, ulami tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va tayyor mahsulotni iste'molchilarga yetkazib berish bilan bog'liq tarmoqlar yig'indisidir.
Agrosanoat majmuasining asosiy vazifasi aholining oziq-ovqat mahsulotlari va xalq iste'moli tovarlariga bo'lgan ehtiyojlarini to'laroq va samaraliroq qondirishdan iborat. Mamlakatimiz agrosanoat majmuasi agrosanoat integratsiyasi va kooperatsiyasining mahsuli bo’lib, o'tgan asrning 70- yillaridan boshlab yagona tizim sifatida shakllana boshladi. Agrosanoat majmuasining pirovard mahsulotini yaratishda ishlab chiqarish va muomala sohasining turli bosqichlarida bevosita va bilvosita 70dan ortiq tarmoqlar ishtirok etadi. Agrosanoat majmuasi tarkibiga texnologik va iqtisodiy jihatdan o'zaro bog'liq va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdan oxirgi iste'molchiga yetkazib berishgacha bo'lgan jarayonda bevosita ishtirok etuvchi tarmoqlar kiradi. Ushbu jarayonda ishtirok etayotgan tarmoqlar o'rtasidagi nisbat agrosanoat majmuasining tarmoq tarkibini tashkil etadi. Agrosanoat majmuasi 4ta sohani o'z ichiga oladi. Birinchi soha sanoatning agrosanoat majmuasini ishlab chiqarish vositalari bilan ta'minlovchi, shuningdek, qishloq xo'jaligiga ishlab chiqarish va texnik xizmat ko'rsatuvchi tarmoqlaridan iborat. Bu sohaga agrosanoat majmuasi uchun mashina, traktor, kombayn, stanoklar, ishchi mashinalar, qishloq xo'jaligi texnikalari uchun ehtiyot qismlar, yoqilg'i - moylash materiallari yetkazib beruvchi, mineral o'g'it va ximikatlar, qishloq хо'jaligi zararkunandalariga qarshi vositalar ishlab Chunki iqtisodiy jihatdan erkin bo'lgan fuqaro, haqiqiy mulkdorgina o'z mol-mulkini samarali tasarruf etishdan, o'z boyligini ko'paytirishdan manfaatdor bo'libgina qolmay, balki butun mamlakatni, boyitishga ham qodir bо'lаdi."
Fermer хо'jaliklarini tashkil etish tanlov asosida, oshkoralikni ta'minlagan holda amalga oshirilmoqda. Fermer xo'jaliklari mamlakatimiz sharoitida ham xo'jalik yuritishning eng samarali shakli ekanligini qisqa muddat ichida isbotlay oldi.
Buni 2006 yilning boshida tugatilgan shirkat хо'jaligi negizida tashkil etilgan 125,7 ming fermer хо'jaliklarining ilk natijalari yaqqol ko'rsatib turibdi. Ularning soni o'tgan yilga nisbatan 21,7 mingga ko'paygan. Fermer хо'jaliklarning qishloq хо'jaligi yalpi mahsulotidagi ulushi 18,6%dan 24,5%ga oshdi.
Yangidan tashkil etilgan fermer хо'jaliklarida birinchi yilning o'zidayoq paxtaning hosildorligi 6,4 sentnerga, donning hosildorligi 5,3 sentnerga oshdi. Rentabellik darajasi paxtada -12,8 foizdan 18,9 foizga, donchilikda - 1,9 foizdan 19,8 foizga yetdi. Fermerlarda mahsulot birligiga ketadigan moddiy resurslar sarfi sezilarli darajada kamaydi. Moddiy xarajatlar har gektariga mineral o'g'it bo'yicha 46 kilogramm, yonilg'i-moylash materiallari bo'yicha
67 kilogrammga kam bo'ldi. Ularda mahsulot miqdorining ko'payishi asosan ekinlar hosildorligi va chorva mahsuldorligining oshishi evaziga yuz bermoqda.Kogon tuman misolida 2017-2023 yillar orasidagi tafout.



Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin