Ijtimoiy gumanitar fanlar


Ijtimoiy munosabatlar, ularning turlari va shakllari. Jamiyat hayotining asosiy sohalari va ularni boshqarish



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə40/96
tarix03.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#172218
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   96
Guliston davlat pedagogika instituti-fayllar.org

Ijtimoiy munosabatlar, ularning turlari va shakllari. Jamiyat hayotining asosiy sohalari va ularni boshqarish. Ijtimoiy faoliyat deyilganda, jamiyatni tashkil qiluvchi kishilaming moddiy va ma’naviy ne’matlarni, ularning o‘zlarini yuzaga keltirish, jamiyat a’zolarini tarbiyalash, o‘qitish, jismonan va ruhan kamolotga yetkazish, jamiyatning moddiy va ma’naviy hayotini takror hosil qilish, takomillashtirish va rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy xatti-harakatlari tushuniladi. Ijtimoiy faoliyatlarsiz jamiyatning moddiy va ma’naviy hayoti, ulardagi rang-barang tomonlar vajihatlarni tasawur qilib bo'lmaydi. Jamiyatdagi ijtimoiy faoliyatlar tarkibini iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, ilmiy, badiiy va hokazo yo'nalishlar tashkil qiladi. Ijtimoiy faoliyatlar jamiyat a’zolarining shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, ular manfaatlariga xizmat qilish maqsadida amalga oshiriladi.

Siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik, badiiy, ilmiy, mafkuraviy munosabatlar moddiy ijtimoiy munosabatlar asosida yuzaga keladigan ma’naviy-g'oyaviy munosabatlardir. Moddiy ishlab chiqarish, iqtisodiy munosabatlar majmuasi jamiyatning bazisini tashkil qiiadi. Siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, mafkuraviy munosabatlar esa jamiyatning ustqurmasi hisoblanadi, Umuman, ijtimoiy munosabatlarning turlari va shakllari juda ko'p va xilmaxildir. Ularni bir-biridan nisbatan mustaqil tarzda turli ijtimoiy fanlar o'rganadi. Shunday ijtimoiy munosabatlardan biri shaxsiy munosabatlardir. Shaxsiy munosabatlar jamiyatdagi ma’lum konkret shaxslar o'rtasida bo'ladigan o'zaro munosabatlardir. Shaxsiy munosabatlarning o'zlari ham turli-tuman va xilma-xildir.


Shuni aytish kerakki, jamiyat rivojlanishining har bir bosqichida eski jamiyat ijtimoiy munosabatlarining qoldiqlari va yangi, kelgusi jamiyat ijtimoiy munosabatlarining kurtaklari bo'ladi. Bu shuni ko'rsatadiki, hech bir davrda Faqat shu jamiyatning o'ziga xos ,,sof‘ jamiyat ham, unga xos ,,sof“ ijtimoiy munosabatlar ham bo'lmaydi. Jamiyat rivojlanishi jarayonida ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi bilan ijtimoiy munosabatlarning ham eskirganlari asta-sekin „o'lib" (yo'qolib), yangilari paydo bo'lib, o'zgarfb, rivojlanib boraveradi. Demak, xulosa qilib, ijtimoiy munosabatlarga shunday ta’rif berish mumkin: Jamiyat a’zolari tomonidan o'zaro birgalikda ongli ravishda amalga oshiriladigan ijtimoiy faoliyatlari ijtimoiy munosabatlar shakllarida sodir bo'ladi. Ijtimoiy munosabatlar deb jamiyatdagi iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, ilmiy, estetik, ma’naviy-ma’rifiy va mafkuraviy faoliyatlari jarayonida ijtimoiy guruhlar, etnik va ijtimoiy qatlamlar, sinflar, millatlar, xalqlar, davlatlar, mamlakatlar o'rtasida vujudga kelgan xilma-xil aloqalar va munosabatlarga aytiladi.
Bir butun jamiyat hayoti, undagi ijtimoiy faoliyatlarning amalga oshishiga ko'ra, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniyma ’naviy sohalcirga bo‘linadi.
Jamiyatning iqtisodiy sohasi qisqacha iqtisodiyot sohasi deb ataladi. Iqtisodiyot sohasi, keng ma’noda, jamiyatning moddiy ishlab chiqarishi bilan bog'liq barcha faoliyat turlari, ularga oid ishlab chiqarish, taqsimot, iste’mol va mulkiy munosabatlarning jamini o‘z ichiga oladi. Obrazli qilib aytganda, iqtisodiyot jamiyat hayotining ,,anatomiyasi“ni tashkil qiladi. Uning asosini insonning buyumlashgan mehnati tashkil etadi. Iqtisodiyot jamiyatning iqtisodiy tizimi sifatida: ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-kjtisodiy, boshqaruv-iqtisodiy munosabatlardan iborat bo‘ladi. Iqtisodiy munosabatlarning asosini esa mulkiy munosabatlar tashkil qiladi. Mulkiy munosabatlarning turli-tumanligi jamiyatda mulkning turli shakllarini vujudga keltirgan. Jamiyatning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichlarida o‘mi va vaqtiga ko‘ra turli xil mulk shakllari mavjud bo'lgan.
Jamiyat hayotining siyosiy sohasini jamiyatning siyosiy tizimi, uni tashkil qilgan strukturaviy elementlaming o'zaro munosabatlari tashkil etadi. Jamiyatning siyosiy tizimi deyilganda esa uning siyosiy hokimiyati, tashkilotlari va muassasalari, ularga xos siyosiy munosabatlar va faoliyatlar; siyosat, davlat, davlat hokimiyat organlari, sinflar, partiyalarning faoliyatlari va ular o'rtasidagi munosabatlarning jami tushuniladi. Siyosiy hokimiyat bo‘lishi uchun uni amalga oshiruvchi siyosiy kuchlar, guruhlar, partiyalar bo'lishi, hukmronlik va tobelik, bo'ysindiruvchi va bo'ysinuvchilik, majburiylik, ularni mustahkamlovchi qonunlar, huquqiy normalar bo‘lishi va jamiyat hayotida joriy etilishi kerak. Siyosiy hokimiyat o'z faoliyatini jamiyatda turli vositalar, usullar orqali amalga oshiradi. Siyosiy hokimiyatning asosiy shakli — davlat ,hokimiyatidir. Davlat siyosiy hokimiyatning shakli sifatida jamiyatda o‘z faoliyatini ma’lum siyosat va mafkura asosida olib boradi.
Siyosat — muayyan davlatning boshqa davlatlar, xalqlar, millatlar, siyosiy guruhlar, partiyalar bilan olib boriladigan siyosiy munosabatlari majmuyidir. Uning negizini davlat hokimiyati va undan foydalanish tashkil qiiadi. Siyosat jamiyatning barcha sohalariga faol ta’sir qiiadi. Jamiyatning ijtimoiy hayotida siyosat iqtisoddan ustuvor bo‘lmasligi kerak. Agar siyosat iqtisodiyotdan ustuvor bo'lsa, u jamiyatning iqtisodiy sohasini buhronga olib keladi.
Siyosatning obyekti butun jamiyat sohasi hisoblanadi. Jamiyatda siyosat o‘z ifodasini topmagan birorta ham ijtimoiy hodisa yoki voqea yo‘q. Jamiyat hayoti sohalari ichida iqtisodiyot va siyosat, ular o'rtasida aloqadorlik va munosabatlar g‘oyat muhim hisoblanadi.
Siyosatning subyekti esa, siyosiy hokimiyat, ya’ni davlat tashkilotlari va organlari, siyosiy partiyalar, guruhlar yoki alohida shaxslar bo‘lib, ular faoliyati markazida siyosiy hokimiyatga intilish yotadi.
Davlat — jamiyat hayotini huquq va qonunlarga asoslangan holda tashkil etishning siyosiy shaklidir. Davlat jamiyat hayoti, siyosiy sohasining muhim elementi sifatida o'z fuqarolarining haq va huquqlarini himoya qiladi, ularning mulklarini qo‘riqlaydi, mamlakat aholisining tinchligi va osoyishtaligini ta’minlaydi. Shu bilan birga, boshqa davlatlaming mamlakatni bosib olishlaridan saqlaydi. U boshqa davlatlar, xalqlar bilan o'zaro iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’naviy aloqalar, hamkorliklar kabi munosabatlarni amalga oshiradi. Davlatning asosiy funksiyasi — jamiyat hayoti sohalari o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solish va ularni boshqarishdan iboratdir.
Davlat va davlatchilik shakllarining rivojlanishi bilan siyosiy boshqaruvning murakkab tizimi maydonga keladi. Davlat hokimiyatining tuzilishi, shakllari xilma-xildir. Uning demokrtaiya, diktatura, monarxiya, aristokratiya, respublika va boshqa shakllari mavjud bo'lgan.
Jamiyat hayotining madaniy-ma’naviy sohasini jamiyatning madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati, ijtimoiy ongi, uning darajalari va shakllari; ilm-fan, ma’naviy ishlab chiqarish, intellektual mehnat va ma’naviy qadriyatlar tashkil qiladi. Ma’naviy ishlab chiqarish asosida jamiyat hayotining madaniy-ma’naviy sohasi yuzaga keladi. Jamiyatda ma’naviy ishlab chiqarish natijasida ijtimoiy ong darajalari va shakllari, ularga oid tasawurlar va tushunchalar, turli xil qarashlar va fikrlar, g'oyalar va nazariyalar, xullas, jamiyat ma’naviyati yaratiladi. Ular yordamida jamiyat a’zolari o'rtasida ma’naviy munosabatlar o'rnatiladi hamda qadriyat maqomiga ega bo'ladi.
Jamiyatni boshqarish subyekti yoki subyektlari: ijtimoiy hokimiyatga oid muassasalar, tashkilotlar, ishlab chiqarish jamoalari, ijtimoiy mulk egalari, alohida shaxslar bo'lishi mumkin.
Jamiyatni boshqarish obyekti esa, jamiyat hayoti sohalari, ularga xos korxona, tashkilot, muassasalar va nihoyat, bir butun jamiyat, uning yacheykalari, jamiyat hayotining turli tarmoqlari bo'lishi mumkin. Jamiyatni boshqarishning subyekti va obyekti o'zaro bog'liq, ular bir-birlariga ta’sir va aks ta’sir qilib turishadi. Lekin, jamiyatni boshqarish ko'p jihatdan subyektga bog'liqdir. Boshqarish subyekti boshqarish sohasiga oid chuqur bilim, tajriba, malakaga ega, ishbilarmon, tadbirkor, iste’dodli bo'Isa, samarali va puxta ishlangan qarorlar qabul qilib, ularning ijrosini sifatli amalga oshira olsa, boshqarish samarali bo'lib, jamiyat ravnaq topadi.



  1. Yüklə 0,79 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin