Ijtimoiy gumanitar fanlar


Jamiyatning moddiy va ma’naviy hayoti, ularning birligi va o‘zaro bog‘liqligi



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə39/96
tarix03.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#172218
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   96
Guliston davlat pedagogika instituti-fayllar.org

Jamiyatning moddiy va ma’naviy hayoti, ularning birligi va o‘zaro bog‘liqligi. Jamiyatni falsafiy jihatdan tahlil qilish uchun, avvalo, uning moddiy va ma’naviy hayoti nima ekanligini bilish zarur. Binobarin, bir butun jamiyat hayoti moddiy va ma’naviy jarayonlarning birligidan tashkil topgan bo‘ladi. Jamiyatning moddiy va ma’naviy. hayoti bir-biri bilan uzviy bog'liq bo‘lib, ular biri ikkinchisisiz mavjud bo‘la olmaydi. Xo‘sh, jamiyatning moddiy hayoti nima? Jamiyatning moddiy hayoti deyilganda: kishilaming yashashlari, shaxs sifatida kamol topishlari va inson sifatida faoliyat ko‘rsatishlari uchun zarur bo'lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joy, yoqilg‘i, kommunikatsiya vositalari, moddiy ne’matlar, moddiy shait-sharoitlaming jami tushuniladi. Jamiyatning moddiy hayoti iqtisodiy ishlab chiqarish asosida yuzaga keladi. Moddiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar o'rtasida, ularning mehnat predmetlari, mehnat qurohari, ishlab chiqarish vositalari bilan obyektiv ravishda ro‘y beradigan munosabatlari ham jamiyatning moddiy hayotiga kiradi.

Xo‘sh, jamiyatning ma’naviy hayoti nima? Jamiyatning ma’naviy hayoti deyilganda, odatda, jamiyatni tashkil etuvehi kishilarning ongi, tafakkuri, dunyoqarashlari, xotirasi, aqli va farosatlari, ma’naviy-ruhiy dunyolaridan tortib ilm-fan, ta’lim-tarbiya, san’at va adabiyot, axloq, din, siyosat va huquq, ilmiy va diniy tashkilotlar, muassasalar, maktablar, litseylar, kolledjlar, oliy o‘quv yurtlari, akademiyalar, muzeylar, teatrlar, ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar va tahririyatlarda xizmat qiladigan xodimlarning aqliy-ijodiy intellektual boyliklarining jami tushuniladi. Jamiyatning ma’naviy hayoti, bir jihatdan, jamiyat moddiy hayotining in’ikosi bo'lsa, boshqa jihatdan, u o'ziga xos qonuniyatlarga, xususiyatlarga, mohiyatga ega bo‘Igan nisbiy mustaqil hodisadir. Jamiyatning ma’naviy hayoti moddiy hayotsiz, moddiy hayoti esa ma’naviy hayotsiz mavjud bo‘la olmaydi. Ma’naviy hayotning ravnaq topishi yoki inqirozga yuz tutishi moddiy hayotning ravnaq topishi yoki inqirozga yuz tutishiga olib keladi va aksincha.





  1. Yüklə 0,79 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin