Ijtimoiy gumanitar fanlar



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə38/96
tarix03.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#172218
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   96
Guliston davlat pedagogika instituti-fayllar.org

Nazorat savollari:


  1. Mulohaza va uning turlari.


  2. Xulosa chiqarishning mohiyati va turlari


  3. Analogiya va uning turlari


  4. Isbotlash va rad etish qoidalari, ularni buzganda kelib chiqadigan mantiqiy xatolar.


  5. Bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari.


  6. Mantiq ilmining nazariy va amaliy ahamiyati.



5-mavzu: Jamiyat va inson falsafasi
Reja:
  1. “Jamiyat” tushunchasi. Jamiyatni diniy-naturalistik va falsafiy tushunish.


  2. Jamiyatning moddiy va ma’naviy hayoti, ularning birligi va o‘zaro bog‘liqligi. Jamiyat hayotining asosiy sohalari va ularni boshqarish


  3. Inson borlig‘i va uning mohiyati.


  4. Insonda tabiiylik va ijtimoiylik. Inson hayotining mazmuni va ma’nosi




Tayanch tushunchalar
Jamiyat, moddiy, ma’naviy, iqtisodiy, siyosat, davlat, demokratiya, inson, evtanaziya

  1. Jamiyat” tushunchasi. Jamiyatni diniy-naturalistik va falsafiy tushunish. „Jamiyat“ tushunchasi arabcha so‘z bo'lib, uning lug'aviy ma’nolari o'zbek tilida: „umumiylik", „birlik", „majmua", ..jamlangan" deganidir. Bu tushuncha kishilarning umumiy ijtimoiy faoliyatlari va munosabatlarining birligi, ularning muayyan maqsad asosida uyushgan usuli va shaklini ifodalaydi. Bu tushunchaning kundalik ongdagi va ilmiy, falsafiy adabiyotlarda qo'llaniladigan tor va keng ma’nolari mavjud. „Jamiyat" tushunchasi, tor ma’noda, ma’lum kishilarning biror maqsad yoki faoliyat asosida uyushgan birligini yoki insoniyat hayoti va taraqqiyotining muayyan aniq bosqichini ifodalaydi. Masalan, ,,O‘zbekiston xotin-qizlar jamiyati", „feodalizm jamiyati" kabi. „Jamiyat" tushunchasi, keng ma’noda, falsafiy jihatdan, insortiarning ongli faoliyati jarayonida o'zaro ijtimoiy munosabatlar Orqali Uyushgan birligini, uning o'ziga xos uyushish usuli va mavjudlik shaklini ifodalaydi. Bu tushuncha ilmiy va falsafiy adabiyotlarda „kishilik jamiyati" yoki „jamiyat" shaklida qo'llaniladi. U eng umumiy va mavhum tushunehalardan biridir.


Umuman, eng qadimgi davrlardan boshlab, jamiyat haqida mifologik, diniy, tabiiy-ilmiy va nihoyat, falsafiy qarashlar paydo bo‘la boshlagan. Buni biz bizgacha yetib kelgan qadimiy yozma yodgorliklardan, xususan, muqaddas diniy kitoblardan bilib olamiz. Chunonchi, O‘rta Osiyo xalqlari muqaddas kitobi ,,Avesto“ da jamiyat, uning mohiyati, mazmuni, jamiyat hodisalari haqida qimmatli qarashlar bayon qilingan. Bulardan tashqari, qadimgi Hindiston, Xitoy va Yunoniston tarixiga oid manbalarda ham adolatli jamiyatni qurish, boshqarish jamiyatning mohiyati va rivojlanishi haqida qarashlar o‘z ifodasini topgan. Xususan, qadimgi yunon faylasuflari Aflotun va Arastular takomil topgan, mo'tadil jamiyatni barpo qilish g'oyalarini ilgari surishgan. Bu mutafakkirlarning jamiyat haqidagi qarashlarini o‘rta asrlarda yashagari buyuk vatandoshlarimiz Forobiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqalar yanada rivojlantirganlar. Masalan, Forobiy o‘zining „Fozil odamlar shahri" asarida kishilar o‘zlarining insoniyliklari asosida birikib, jamiyatni tashkil qilishi va shu insoniyliklaridan kelib chiqib tinchtotuv yashashlari lozimligini ko'rsatgan edi.


Beruniy jamiyat kishilar tomonidan o‘z ehtiyojlarini tushunib, o'zlariga o‘xshash kishilar bilan o‘zaro jhartnoma “ asosida birga yashashdan iboratligini, ular birgalikda faoliyat ko‘rsatishlari, mehnat qilishlari zarurligini aytgan. Ibn Sino jamiyat — kishilaming o‘zaro kelishuvlari, birbirlariga yordamlashish asosida tashkil topishi, uning a’zolari esa adolatli qonunlar asosida yashashlari lozimligini yozgan edi.
Nihoyat, jamiyatni bir butun holda olib о‘rganish, uning mohiyatini tushuntirishga qaratilgan turli xil falsafiy nazariyalar vujudga kela boshlaydi. Bu nazariyalaming biri nemis mumtoz falsafasining buyuk vakili F.V. Xegel nazariyasidir. Xegel jamiyat mohiyatini va uning taraqqiy etishini o'zining „mutlaq g'oya“si bilan bog'lab, „Mutlaq g'oya" o‘z-o‘zidan rivojlanib, awal u tabiatga aylanadi, so‘ng tabiat qiyofasida rivojlanib borib, jamiyat paydo bo'ladi. Jamiyatda „mutlaq g‘oya“, ,mutlaq ruh "qiyofasini oladi. „Mutlaq ruh" jamiyatni harakatga keltiruvchi va uni boshqaruvchi kuchdir, deydi. Xegelning fikricha, ,mutlaq g’oya “ insondan oldin mavjud bo'lib, jamiyatdagi barcha hodisa va voqealar, jarayonlar shu „mutlaq g‘oya“ning begonalashuvidan boshqa narsa emasdir.
Nemis mumtoz falsafasining so'nggi vakili L. Feyyerbax esa jamiyat mohiyatini din bilan bog'lab, jamiyatning taraqqiyotini dinning taraqqiyotidan keltirib ehiqarib izohladi. Uning qarashicha, jamiyatni rivojlantirish uchun dinni takomillashtirish, yangi din yaratish lozimdir. XIX asming o'rtalariga kelganda, jamiyat to'g'risidagi barcha mavjud nazariyalarni o'rganish va tahlil qilish asosida K. Marks va F. Engelslar o'zlarining jamiyatni dialektik-ma^esialistik tushunish haqidagi nazariya — tarixiy materializmni yaratdilar. Bu nazariyaga ko'ra, jamiyat o'z-o'zidan rivojlanuvchi ijtimoiy tartibot, jonli organizm bo'lib, uni kishilarning ijtimoiy-tarixiy faoliyatlari yaratadi. Shu bilan birga kishilarning o'zlari ham jamiyatning mahsullaridir. Kishilar bir-birlari bilan o'zaro muayyan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy, madaniy va ma’naviy munosabatlarda bo'lishib, moddiy va ma’naviy boyliklar ishlab chiqaradilar. Ular o'zlarining bu ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyatlari tufayli biologik tur — odamlar (to'dasi)dan insonlarga aylanganva kishilik jamiyati kelib chiqqan.



  1. Yüklə 0,79 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin