Inson borlig‘i va uning mohiyati. Inson antroposotsiogenez jarayonining mahsuli. Insonda tabiiylik va ijtimoiylik. Inson hayotining mazmuni va ma’nosi. Borliqning tarkibiy qismi, o'ziga xos shakli bo'Igan inson hamma zamonlarda ham o'zini bilishga intilib keldi. Shu sababli turli fanlarda, falsafada ham inson muammosiga bag'ishlangan turli nazariyalar, konsepsiyalar, gipotezalar yaratiladi. Lekin, zamonlar o'tishi bilan, inson deb nomlanuvchi mavjudotning ruhiyati va mohiyatida hali bilinmagan, yechilishi zarur bo'Igan muammolar, jumboqlar ko'payib boraveradi.
Antik falsafa namoyandalari, xususan qadimgi Hind va Xitoy faylasuflari, inson ikki yirik qudrat — tana bilan jonning birligidan iborat, jon tanani tark etadi, ruh esa o'lmaydi, deb tushuntirishgan bo'lsalar, qadimgi Eron va Turon faylasuflari bu muammoni inson borlig'ida olam borlig'i o'z ifodasini topadi, olam borlig'i esa to'rt asosiy unsurdan — tuproq, suv, olov, havodan tashkil topgan, olam borlig‘ining eng murakkab shakllaridan biri bo‘lgan inson tabiati ham, shubhasiz, o‘sha to‘rt unsur bilan bog‘liq bo‘ladi, deb tushuntirishga harakat qildilar
Qadimgi Yunon falsafasi ta’sirida vujudga kelgan Eron va Turon falsafasining namoyandalari inson kosmosning bo‘lagi, allaqanday o‘ziga xos xususiyatlami o‘zida mujassamlashtirgan mikrokosmosdir deb tushuntirishgan edi. Qadimgi Yunon faylasuflari inson bilan olamdagi boshqa tirik mavjudotlar o‘rtasida jiddiy farq borligiga shubha qilmasdilar. Ular inson — „aqlli ijtimoiy maxluq “ ekanligini hartomonlama isbotlashga urindilar. Shunday qilib, antik zamon faylasuflari insonning olamdagi tirik mavjudotlar toji, cho‘qqisi ekanligini ta’kidlab, uning mohiyatini o‘rganish masalasini birinchi o‘ringa qo‘ydilar
O‘rta asr faylasuflari insonning eng muhim xususiyati —uning ,J(udoga о ‘xshashligidir“, deb tushuntirdilar, Xudoni esa koinotdan tashqarida deb bildilar, Xudo butun koinotning, jumladan, insonning Yaratuvchisidir, degan fikrni o'rtaga qo‘ydilar. Musulmon faylasuflari ham, xristian faylasuflari ham, o‘rta asr sharoitida Xudoda mavjud bo‘lgan jamiki yaxshi fazilatlami, hislatlami, xosiyatlarni, karomatlarni o‘rganishga intildilar, Xudoga xos barkamollikni insondan izladilar. Olloh vasliga yetishni orzu qilgan, ruhiy-ma’naviy barkamol inson qiyofasini tasvirlashga urindilar. Islom dinidagi Ollohning nomi sifatida ko‘rsatilgan atamalar ilohiylashtirilgan insoniy fazilatlar ekani ham buni isbotlaydi.
Hozirgi zamon ijtimoiy taraqqiyoti, ayniqsa fan va texnika ravnaqi insonning jismoniy va ma’naviy qiyofasiga, ruhiyati ya kasbiy malakasiga ta’siri ham uni bir butun, yaxlit o‘rganishni talab qilmoqda. Afsuski, hozirgi zamon fani to'plagan inson to‘g‘- risidagi ma’lumotlar jahon sivilizatsiyasining bugungi talablariga javob bermaydi. Insonshunos olimlarning guvohlik berishicha, bugungacha to‘plangan barcha bilimlaming 95—98 foizi notirik tabiat muammolariga bag‘ishlangan. Inson tabiatini ifodalovchi ma’lumotlar to'plangan jami, ilmlarning ikki foizidan ham kamrog‘ini tashkil etadi. Bunday keskin farqning vujudga kelishiga jahon dinlari ham sabab bo‘ldi. Chunki, ayrim jahon dinlari uzoq vaqt nafaqat insonning ruhiyati va ma’naviyatini mustaqil, ilmiy asosda o‘rganishga, hatto uning tashqi qiyofasini, suratini chizishga ham qarshilik ko‘rsatdi.
Faylasuflar inson muammosini asrlar davomida o‘rganib, Jnson — aqlli m avjudot“, Inson — о‘zini-o‘zi anglovchi mavjudot“, Inson — ma’naviy va erkin mavjudot“degan xulosalarga keldilar. Lekin, shuni alohida ta’kidlash zarnrki, insonga xos aqlfarosat, o‘zini-o‘zi anglash, ma’naviy erkinlik birdaniga shakllangan emas. Odamning paydo bo'lishi uzoq yillar davom etgan tadrijiy jarayondir. Odamzodning paydo boiishi (antropogenez) va ma’lum bir jamiyatga birlashish (sotsiogenez) jarayoni, olimlarni guvohlik berishicha, taxminan 3—3,5 million yil davom etgan. Shuning uchun ham antropogenez va sotsiogenez yagona bir jarayonning ajralmas ikki tomonidir.
Antropogenez jarayonida mehnat asosiy rol o‘ynaydi. Mehnat tufayli inson o‘zi yashayotgan tabiiy muhitni o'zgartiradi, moddiy va ma’naviy boyliklar yaratadi; hatto o‘zini ham o‘zgartiradi. Inson organizmdagi sof fiziologik funksiyalar — qo‘l va oyoqlarning, bosh va barmoqlar, tog‘aylar, paylar, suyak va muskullarning taraqqiy etishi ham bevosita mehnat bilan bog'liq bo‘lgan. Bundan tashqari, mehnat insonni nafaqat jismoniy, balki ma’naviy, madaniy taraqqiyoti uchun ham asosiy shart-sharoit vazifasini bajardi. Mehnat tufayli inson tabiatga faol ta’sir etdi, mehnat qurollari yasash va ularni takomillashtirish miintazam davom etdi.
Mehnat qurollarini yaratish — inson ijtimoiy faoliyatining o‘q tomiridir. Ma’lumotlarga qaraganda, inson mehnat qurollari yaratishni boshlaganiga bir, bir yarim million yil bo‘lgan. Inson dastlabki mehnat qurollarini ov qilish, boshqacha aytganimizda, turli maxluqotlami o'ldirish uchun kashf etgan. Keyinroq mehnat qurollaridan dehqonchilikda, chorvachilikda, hunarmandchilikda keng foydalanildi. Bu esa taraqqiyot tobora tezlashib borishiga imkon berdi. Inson mehnat qilishni takomillashtirib, asta-sekin olam ichiga kirib boraveradi. Yuqoridagi mulohazalardan shunday xulosaga kelish mumkinki, mehnat — antropogenez va sotsiogenez jarayonlarining markaziy omilidir.
Inson deb nomlanuvchi biosotsial mavjudot o'z hayotining cheklanganligini tushunib olishi bilan olamdagi boshqa tirik mavjudotlardan tubdan farq qiladi. Boshqaeha aytganimizda, olamdagi tirik mavjudotlar ichida faqat inson o‘z umrining chegarasi, muddati borligini tushunib yetadi. Inson bugunmi, ertami o'zining o'lishini, ya’ni o'limning muqarrarligini tushunib yetgani uchun ham uning oldini olish, o‘z hayotini uzaytirish, mazmunliroq bo'lishiga intiladi. U hamisha yangi-yangi orzu-istaklar ummonida yashaydi va o'zining barcha orzu-umidlarini to'liq ushalmasligini ham tushunib yetadi.
Xo‘sh, olamdagi tirik mavjudotlar ichida o‘z umrining qisqaligini tushunib yetgan о‘sha odam bolasida nega yaxshilik bilan yomonlik, to‘g‘rilik bilan yolg‘onchilik, adolatpeshalik bilan adolatsizlik kabi xususiyatlar bo‘ladi?
Inson o'zining ma’naviy qiyofasidagi ushbu ziddiyatlarni bartaraf etish uchun asrlar osha kurashdi. Bunday muammolar yechimini ba’zan dindan, ba’zan fandan qidirdi, ya’ni inson hayotga va o'limga hamisha o'zining munosabatini bildiradi.
Inson hayotining mazmuni, faqat bir o‘zining orzu-umidlari, istaklarini ro‘yobga chiqarish, ehtiyojlarini qondirish u faqat o‘zi uchun, o‘zining manfaati uchun yashashi kerak, degan ma’noni bildirmaydi. Chinakam inson darajasiga ko‘tarilgan biosotsial mavjudot hamisha el-yurt, millat manfaati haqida ham bosh qotiradi. El-yurt, millat manfaati haqida o'ylamaydigan, erta-yu kech o‘z manfaati haqida o'ylaydigan kimsalami mashhur rus yozuvchisi Lev Tolstoy “shaxsning hayvonlashuvi” deb atagan edi.
O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan hozirgi sharoitda ma’naviy omillarga e’tibor berilmasa, faqat o‘z qomini o‘ylaydigan, diyonat, aql-farosat, iymon, insof nidosiga quloq solmaydigan “hayvonlashgan shaxslar” soni ko‘payib ketishi mumkin. Bunday kimsalar o‘z manfiiatlari yo‘lida har qanday pastkashliklarni amalga oshirish dan qaytmasligi, o‘z manfaatlari uchun og‘ir jinoyatlar yo‘liga kirib borishi turgan gap. Shuning uchun ham insonparvar, demokratik jamiyat qurish uchun ommaviy harakat avj olib ketgan bir paytda, mamlakatimizda jinoyatchilikka qarshi, ayniqsa, uyushgan jinoyatchilikka qarshi harakatlarning yuzaga kelishi, inson tabiatida noinsoniy xususiyatlar qoldig‘iga qarshi kurash kuchayayotganining alomatidir.
Inson hayotining mazmuni va ma’nosi, ayniqsa, uning oMishi yoki o'imasligi muammosi hamisha falsafaiy oqimlar diqqat markazida bo‘ldi. Ilm-texnika yutuqlari inson turmush tarzining barcha jabhalariga jadallik bilan kirib borayotgan hozirgi zamonda gerontologiya2 fani muammolariga tayanib, aniq aytish mumkinki, bugun inson hayotini sennazmun qilish, uning umrini uzaytirish borasida radikal o‘zgarishlar sodir bo'layotir, odamlar ongi har kuni, har soatda yangi-yangi ma’lumotlar bilan boyib bormoqda. Insonning fazilatlari va xislatlari, u yashayotgan jamiyat a’zolarining, butun insoniyatning orzu-umidlari, his-tuyg‘ulari bir-biri bilan bevosita bog‘liq bo'ladi.
Inson o‘limi masalasi ham hozirgi zamon faylasuflari orasida turli tortishuvlarga, munozaralarga sabab bo‘layotgan muammolardan biridir. Ayniqsa, Jnson o'lish huquqiga egami?“, degan muammo ilmiy jamoatchilik orasida turli bahslashuvlaiga sabab bo'layotir. Insonni o‘z ixtiyori bilan hayotdan ketishi (,,o‘zini o‘zi oMdirish“) masalasida ham turlicha fikr-mulohazalar mavjud. Chunonchi, diniy dunyoqarash insonni o‘z ixtiyori asosida hayot bilan xayrlashuvini qattiq qoralaydi. Islom dini qoidalariga muvofiq o‘z-o‘zini o'ldirgan kishiga, hatto janoza o'qitilmaydi. Xristian dini talablariga ko‘ra bunday kishilarning jasadini mozorga ko‘mish taqiqlanadi. Fan-texnika jadallik bilan rivojlanayotgan hozirgi sharoitda inson o'limi tibbiy tomondan qattiq nazorat ostiga olinishi ushbu muammoning dolzarbligini yanada oshirib yubordi. Chunki, hozirgi evtanaziya (yunoncha so‘z — og‘riqsiz ma’nosini bildiradi), ya’ni og‘riqsiz o‘lim masalasida ham turli bahslashuvlar, munozaralar ko‘payib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: |