Muammo — ilmiy bilishning hali bilib olinmagan va hal qilinmagan, lekin bilinishi va hal qilinishi lozim bo‘Igan bilim shaklidir.
Nazariya — ilmiy bilishning eng yuqori shaklidir. Nazariya dcyilganda haqiqatligi amaliy yoki nazariy jihatdan isbotlangan, borliqning biror sohasiga oid g‘oyalar, qarashlar, qonunlar va prinsiplarning muayyan tizimi tushuniladi.
Nisbiy haqiqat — bizning borliqdagi predmet va hodisalar to‘g‘risidagi taxminan to‘g‘ri, lekin to‘liq bo‘lmagan, bilish jarayonimizda tuzatilib, to‘ldirilib borishi lozim bo ‘Igan bilimlarimizdir.
Noosfera — lug'aviy mazmuniga ko'ra, insonning tabiatga faol ta’sir etib, o'z aqli va faoliyati natijasida yaratgan yangi muhitdir.
Oddiy (kundalik) bilish — kishilarning kundalik hayotlarida borliqdagi predmet va hodisalarni bevosita o‘z sezgi a’zolari va tafakkurlari orqali bilishdir. U kishilarning kundalik hayotiy tajribalari, malakalari va amaliy ishlari orqali hosil bo‘lib, odatda ,,sog‘lom fikrlar“da o‘z ifodasini topgan bo‘ladi. Oddiy bilish hamma kishilarga xos bilishdir.
Odob — inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida burilish yasaydigan darajada muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi.
Ontologiya — olam, inson va jamiyatning ob’ektiv-universal mohiyati to’g’risidagi falsafiy ta’limotdir. Boshqacha aytganda, u borliq to’g’risidagi, insonning olamga bo’lgan munosabati haqidagii falsafiy bilim sohasidir.
Panteizm– (yunon. pan – barcha va theos – Xudo) – tabiat va Xudoning o‘zaro uyg‘un, ayniy ekanligini e’tirof etuvchi ta’limot.
Plyuralizm — (lotincha “plyural” ko'plik degani) — dunyoning asosida ko‘p narsalar yotadi*, deyuvchi ta’limot nuqtayi nazaricha, dunyoning asosini yakka bir narsa emas, balki ko‘p narsalar tashkil qiladi. Dunyodagi butun mavjudotlar yagona bir ibtidoga ega bo‘lmagan ko‘pdan-ko‘p, har xil asoslardan tashkil topgandir.