Ijtimoiy gumanitar fanlar



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə81/96
tarix03.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#172218
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   96
Guliston davlat pedagogika instituti-fayllar.org

Gnoseologiya — bilish falsafasi bo’lib, olamni anglash, bilish nazariyasi, bilishning shakli, usullari va imkoniyatlari to’g’risidagi ta’limotdir.
Go‘zallik - bu voqelik (tabiat, jamiyat, san’at) hodisasi bo‘lib, aniq hissiy ta’sir o‘tkazish orqali insonda jismoniy va ma’naviy kuchlar oqimining ko‘payishiga, shodlik, zavqlanish, to‘la ma’naviy qoniqish holati vujudga kelishiga imkon yaratadi.
Haqiqat — inson bilimlarida borliqning to‘g‘ri in’ikos etishi, predmet va hodisalar asli qanday bo4sa, ularni inson o‘z miyasida xuddi shunday in’ikos ettirgan bilimlardir. Haqiqat — borliqdagi predmet va hodisalar yoki belgi va xususiyatlarning o‘zi emas, balki ular haqidagi inson bilimlarining o ‘sha predmet va hodisalarga, ularning belgi va xususiyatlariga mos kelishidir.
Hissiy bilish - deyilganda, odatda, insonning his qilishi, sezgi a’zolari orqali predmet va hodisalarni, ularning tashqi tomonlarini, tashqi belgi va xususiyatlarini bevosita bilish tushuniladi. Insonning bu bilishi, deyarli hayvonlarga ham xos,lekin ular tub farqlarga ham ega.
Hodisa — shu narsa va jarayonlarni tashkil etuvchi tomonlar, xususiyatlar va bogianishlaming namoyon bo'lish shakli mohiyatning ifodalanishidir.
Hukm — mantiqiy bilishning shunday fikriy shakliki, unda borliqdagi muayyan predmet va hodisalar, ular o ‘rtasidagi bog'lanish va aloqadorliklar haqida tasdiq yoki inkor fikr ifodalanadi-yu, inson o ‘z tafakkurida bir yoki bir necha hukmlarni mantiqiy o‘zaro bog'lab, turli usullar asosida ularning eng muhim xususiyatlarini ajratib olib, biror tushuncha hosil qiladi. Mantiqiy bilishning navbatdagi shakli tushunchadir.
Ibn Sino (980-1037)– sharq axloqshunosligining buyuk namoyan­da­si. Mutafakkir axloqni amaliy falsafa doirasiga kiruvchi naza­riya sifatida tushungan. Ibn Sinoning axloqiy qarashlari uning «Axloq ilmiga doir risola», «Burch to‘g‘risida risola»,«Nafsni po­ki­za tutish to‘g‘risida risola», «Adolat haqidagi kitob» asarlarida bayon etilgan. Ibn Sino asarlarida adolat, shijoat, iffat, himmat, saxiylik, qano­at, sadoqat, hayo, kamtarlik kabi axloqiy fazilatlarga; shuningdek ular­ning muqobili bo‘lgan: o‘g‘rilik, aldamchilik, fisqu fasod, nafrat, rashk, adovat, bo‘hton, irodasizlik, takabburlik, nodonlik kabi axloqiy illatlarga ham ta’rif bergan. Mutafakkir inson taqdirini, baxtini uning qilmishlari belgilaydi degan g‘oyaniilgari surgan.
Idrok — horliqdagi predmet va hodisalarni yaxlit holda, bir butun ko‘rinishda, ularning hamma asosiy tashqi belgi va xususiyatlarini umumlashtirgan holda in’ikos ettiruvchi hissiy bilishning nisbatan yuqoriroq shaklidir. Idrok — predmet va hodisalarning bir butun yaxlit hissiy obrazdir.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin