Ijtimoiy gumanitar fanlar


Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə79/96
tarix03.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#172218
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   96
Guliston davlat pedagogika instituti-fayllar.org

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:


  1. Din madaniyat rivojiga qanday hissa qo‘shadi?


  2. Inson hayotida marosimlarning qanday ahamiyati bor?


  3. An’ana, odat va marosimlar o‘zaro bog‘liqmi? Fikringizni asoslang


  4. Inson ongi uchun kurashda axborotlarning o‘rni nimada?


  5. Nima deb o‘ylaysiz, inson axborot iste’moli madaniyatiga ega bo‘lishi shartmi?


  6. Kinofilmlarning inson hayotiga ta’siri qanday?


  7. Hozirgi zamonda dunyo diniy manzarasi o‘zgarishida asosan qanday omillar rol o‘ynamoqda?


  8. O‘zbekistonda qanday konfessiyalar faoliyat yuritadi?


  9. Axborot tahdidi deganda nimani tushunasiz?


  10. Axborotni to‘g‘ri qabul qilish uchun qanday amallar bajarish kerak?


  11. Telegram orqali «ishlaringiz yaxshi bo‘lishini xohlasangiz ushbu xabarni o‘nta odamga yuboring, aks holda...» degan xabar oldingiz. Bu xabar va topshiriqqa munosabatingiz qanday bo‘ladi?


MUSTAQIL TA’LIM MASHG‘ULOTLARI




Mustaqil ta’lim mavzulari


Soat hajmi

1

Falsafiy dunyoqarashning o’z-ozini anglashdagi roli

2

2

Insonning ma’naviy kamolotida falsafiy dunyoqarshning roli


2

3

Fan ilmiy dunyoqarsh shakli


2

4

Sharq va G’arb falsafasida inson masalasi


2

5

Falsafa qonun va kategoriyalarining ijtimoiy jarayonlar dialektikasidagi roli.


2

6

Global jarayonlar dialektikasi mavzusida taxliliy ma’ruza tayyorlash va uning takdimotini o’tkazish


2

7

J.Rumiyning “Quyoshda xam dog’ bor” deganda nimani nazarda tutadi (Ichindagi ichindadur asari asosida axloq tarbiyasiga oid esse tayyorlash)


2

8

Etikaning zamonaviy muammolari


2

9

Insoniyat tarixida tarbiya va ta’limning rivojlanish bosqichlari


2

10

Islom nurli ma’rifat dini mavzusida (esse tayyorlash)


2

11

Islomda inson huquqlari himoyasi, ijtimoiy tenglik adolat va tolerantlik


2

12

Islomda nikoh va oilaviy munosabatlar talqini, erkak va ayolning maqomi


2

13

Korrupsiya tushunchasining ma’nosi va shakllanish tarixi


2

14

Temur tuzuklarining zamonaviy boshqaruv tizimidagi ahamiyati mavzusida esse tayyorlash


2

15

Tasavvufning falsafiy jihatlari. (esse tayyorlash)


2

16

Terrorizm tushunchasi, shakllari, sabablari va unga qarshi kurash mexanizmlari


2

17

Falsafa tarixida inson mohiyatiga oid qarashlar tasnifi


2

18

Falsafa tarixida tsivilizatsiyaga turli yondashuvlar tasnifi (al Forobiy, Ibn Xaldun, N.Danilevskiy, O.Shpengler, A.Toynbi).


2

19

“Estetika” fanining obekti va falsafiy mohiyati


2

20

“Etika” fanining predmeti, mohiyati, uning asosiy belgilari va tuzilmasi


2

21

Yassaviy Xoja Axmadning “Devoni xikmat” asari bo’yicha esse tayyorlash


2

22

Dunyo xalqlari madaniyatidagi umumiylik va farqlar


2

23

Islom dini, uning asosiy oqimlari va yo’nalishlari


2

24

Al Forobiy “Fozil odamlar shaxri” asari haqida esse yozish


2

25

Nizomulmulk “Siѐsatnoma” asari haqida esse yozish,


2

26

Fitrat “Muxtasar islom tarixi” asari haqida esse yozish,


2

27

G’azzoliy “Kimyoi saodat” asari haqida esse yozish


2

28

M.Bexbudiynnig “Yoshlarga murojaat” va “Muxtaram yoshlarga murojaat” makolalarini taxlil etish va esse tayyorlash


2

29

O’zbekiston san’ati rivojlanish tarixi va xazirgi zamon mavzusida taqdimot tayyorlash


2

30

O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish amaliyoti: yutuq va kamchiliklar


2





Jami


60


GLOSSARIY
Aksiologiya — qadriyatshunoslik yoki qadriyatlar to’g’risidagi falsafiy ta’limot.
Analogiya (grek. – moslik, o‘xshashlik) bavosita xulosa chiqarishning bir turidir. Deduktiv xulosa chiqarishda fikr umumiylikdan juz’iylikka qarab, induksiyada juz’iylikdan umumiylikka qarab harakatlansa, analogiyada bir juz’iy holatdan boshqa juz’iy holatga qarab harakatlanadi.
Aporiya (yunon. aporia, aynan. – imkoniyatning yo‘qligi) – hal etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar.
Aposterior (lot. a posteriori – kelib chiqadigan) – tajriba orqali ega bo‘ladigan; tajribaga asoslangan.
Argumentlar – tezisning chinligini asoslash uchun keltirilgan hukmlar. Argumentlar sifatida faktlarni qayd qiluvchi hukmlar, ta’riflar, aksiomalar, teoremalar, qonunlar hamda boshqa empirik va nazariy umumlashmalar xizmat qiladi. Argument sifatida keltirilgan faktlar, albatta, o‘zaro bog‘langan va tezisning mohiyatiga aloqador bo‘lishi lozim.
Aristotel (Arastu) (mil.av.384-322) – qadimgi Yunonistonda o‘ziga xos falsafiy ta’limot yaratgan buyuk mutafakkir. U fan taraq­qiyotining o‘zigacha bo‘lgan barcha yutuqlarini umumlashtirib, fan­lar­ning tasnifini yaratgan. «Nikomax etikasi, «Axloqi kabir» va «Siyosat» asarlarida axloq haqidagi fikr­larni sistemalashtirib unga etika deb nom bergan. Arastu etika­sining asosida baxtga inti­lish g‘oyasi yotadi.
Atomizm – olamning asosini eng mayda bo‘linmas zarrachalar, «g‘ishtchalar» tashkil etishi haqidagi Demokrit asos solgan ta’limot.
Autentik (yunon. authentikos) – haqiqiy, asliga mos keladigan. Aforizm (yunon. aphroismos – qisqa hikmatli so‘z) – u yoki bu fikrni qisqa, aniq va ishonarli, tugallangan shaklda bayon etish. Bunday fikr­lar murakkab narsalarning mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi. Biroq, aforizm formal logik nuqtai nazardan tushuncha ta’­rifi bo‘la olmaydi.
Axloq - jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig‘indisi, insoniy kamolot darajasini belgilovchi ma’naviy hodisa.
Baptizm - Protestant ta’limotining eng ko‘p sonli davomchilari baptistlardir. Baptizm yunoncha “suvga cho‘ktirish”) XVII asr boshlarida vujudga kelgan bo‘lib, hozirgi kunda dunyoning 130 mamlakatida o‘z tarafdorlariga ega. Bu ta’limot tarafdorlari faqat o‘spirinlarnigina cho‘qintirishga olib boradilar. “Hech kim, jumladan, ota-onalar ham kishi uchun biror dinni tanlay olmaydi. Kishi dinni ongli ravishda o‘zi ixtiyor qilmog‘i zarur”, degan qoida baptistlar va zabur xristianlarining asosiy qoidasidir, ularda ibodat o‘ta soddalashtirilgan bo‘lib, diniy qo‘shiq, ibodat va mav’izadan iborat. Zabur xristianlari to‘rtta rusumni saqlab qolishgan: cho‘qintirish, o‘spirinlar uchun) tanovul, nikoh, qo‘l bilan silab qo‘yish. Bu xristianlar uchun but ehtirom ramzi emas.
Bashorat — insonning kelgusida tabiat va jamiyatda, nimalar sodir bo‘Iishi, qanday hodisa va voqealar yuz berishini bilishi bo‘lib,inson miyasining borliq voqea va hodisalar istiqbolini oldindan aks ettirish qobiliyati bilan bog‘liq jarayondir.
Bibliya - Bibliya Yaxudiylik va Xristianlik dinlari talimotiga ko‘ra u Xudo tomonidan nozil qilingan, asosiy diniy aqida va axloq qonunlarini o‘zida jamlagan muqaddas kitoblar majmuasidir.
Bibliya so‘zining grekchadan tarjimasi biblia - kitob, o‘ram ma’nolarini anglatadi. Hozirgi Bibliya katolik nashrlarida 72 ta kitobdan, protestant nashrlarida esa 66 kitobdan iborat.
Buddaviylik - qadimiy hind diniy - falsafiy ta’limotlari asosida vujudga kelgan, amaliyot va nazariyotdan iborat diniy sistemadir. Uning asosi “Hayot - bu azob, uqubatdir” va “najot yo‘li mavjud” degan g‘oyadir. Buddizm qonuniyatlariga ko‘ra inson o‘ziga moslashgan mavjudot bo‘lib, o‘zida tug‘iladi, o‘zini o‘zi halok qiladi yoki qutqaradi. Bu narsa Buddaning ilk da’vatida mujassamlashgan 4 haqiqatda o‘z ifodasini topgan.
Butun — o‘zaro dialektik aloqadorlikda boMgan qismlar, boiaklar, tomonlar, elementlar, komponentlarning uzviy birligidan iborat bo‘lgan alohida narsa, hodisa, jarayondir,
Cho‘qintirish - sirli hodisasi. Bunda dindor o‘z tanasini uch marta suvga botirishi Xudo-otani, O‘g‘ilni va Muqaddas ruhni chaqirish bilan ruhiy tug‘ilishni kasb etadi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin